Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 10 mesaj ] 
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Abdulhalık Gücduvani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 22:54 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
- HACEGÂN NAQSHBANDIYYA MEŞAYIHLARI -

XOJA ABDULXOLIQ G’IJDUVONIY
(Allah sirrini muqaddas qilsin)

Tug‘ilgan joyi: Buxoro (G’ijduvon), milodiy 1103 yil.
Vafoti: Buxoro (G’ijduvon), hijriy 616-617/milodiy 1218-20 yil.


Shamoili: Bo‘yi uzun, boshi katta, oq yuzli, chehrasi chiroyli, chatma qosh, ko‘krak va yelkalari keng edi. Ma’naviy otasi va ustozi Xizr alayhissalom bo‘lib, naqshbandiya silsilasi sarhalqasining komil murshididir. Kunyasi: Imomi Molik naslidan bo‘lgan malatyalik Abduljamil o‘g‘li Abdulxoliqdir. Padari buzrukvori Abduljamil hazratlari Xizr alayhissalom bilan birodarlik qilgan solih va orif zot edi. Xizr alayhissalom unga: «Alloh senga solih bir o‘g‘il ato qiladi. Uning ismini «Abdulxoliq» qo‘y!» — deb buyurganlar.

Abdulxoliq hanuz ona qornidaligidayoq otasi Abduljamil Turkiyaning Malatya shahridan qarindoshi bilan birgalikda Movarounnahrga, ya’ni Buxoroi sharifga hijrat qilgan va G’ijduvonda joylashib qolgan.

Abdulxoliq besh yoshga to‘lganda Buxoroi sharifning buyuk olimlaridan ustod Sadriddin hazratlaridan Qur’oni karim o‘rganayotganda, bir kuni «Parvardigoringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz! Zotan, U haddan oshuvchi kimsalarni (ya’ni el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik qiluvchilarni) sevmas» (A’rof surasi, 55-oyat) oyatini o‘qidi. Shunda Abdulxoliq ustoziga: «Botiniy haqiqat va xufya zikr qanday bo‘ladi? Agar inson oshkora zikr va duo qilsa-yu, oraga riyo aralashsa, haqiqiy ma’noda zikr va duo qilinmagan bo‘ladi va agar qalb bilan, ya’ni maxfiy zikr va duo qilsa hadisi sharifga ko‘ra, shayton qonda aylanib yurganidan zikr va duoga xalaqit beradi», — debdi. Ustozi bu savoldan hayratga tushib: «O’g‘lim, bu ilmi laduniydir. Alloh taolo xohlasa, seni ahlullohdan bir zotga ro‘para qiladi. U senga xufya va jahriy zikrni o‘rgatadi, shu tariqa muroding hosil bo‘ladi» — deydi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 22:55 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Abdulxoliqning yosh aqlini shunday fikrlar band qilib yurganida bir kuni Xizr alayhissalomga yo‘liqadi. Ul zot unga jahriya va xufya zikr yo‘llari va usullarini o‘rgatadi hamda xufya zikrga ijozat berib, «vuqufi adadiy»ni talqin etadi. Naqshbandiyada «vuqufi adadiy» bilan xufya zikri shu talqindan keyin boshlanadi. Xizr alayhissalom Abdulxoliq G’ijduvoniyni ma’naviy farzandlikka qabul qilib, unga «nafy isbot» zikrini o‘rgatadi. Bu zikr nafas olmasdan boshni hovuzga tiqib, 7-21 martagacha qalbdan «La ilaha illalloh» deyish bilan boshlanadi. Xufya zikr solikni haqiqiy muroqaba maqomiga yetkazadi.

Jahriy zikrda til bilan xolisona qilingan zikrning ma’nosidan qalban doimiy tafakkur qilish orqali fayz olinadi.

«Koni fayz» sifati bilan tilga olinadigan Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlari Yusuf Hamadoniy (Alloh sirrini muqaddas qilsin)ning xalifasi, u kishidan shayxlik ijozati, irshod olganlar.

Abdulxoliq hanuz yigirma yoshda ekan: «Xizr alayhissalom meni Movarounnahrga Xoja Yusuf Hamadoniy hazratlari huzuriga yubordi, u kishidan yuksak darajada ta’lim oldim», — deganlar.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 22:56 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Xoja hazratlaridan bir darvesh: «Nafs xohlaganini bajaraymi yoki xohlamaganinimi?» — deb so‘rabdi. Xoja Abdulxoliq: «Bu jihatda insonning aqli xato qilishi mumkin. Haqning buyurgani qilinishi, man’ etgani qilinmasligi kerak. Bandalik ham, darveshlik ham shudir», — deb javob berganlar.

Darvesh: «Solik (tariqatga kirgan kishi)ning yo‘liga shayton g‘ov bo‘ladimi?» — deb so‘raganida, Abdulxoliq: «Nafsini haqiqiy ma’noda ojiz qilish darajasiga yetmagan solik, g‘azabga kelganda shayton uning yo‘liga g‘ov bo‘ladi, ishini alg‘ov-dalg‘ov qiladi. Nafsini tamoman zaiflashtirgan solikda g‘azab bo‘lmaydi, faqat «g‘ayrat» va «g‘azab» tushunchalarini bir-biridan farqlash kerak. G’ayrat Alloh va Rasuliga ergashishda sabotli bo‘lish, ularning muxoliflariga qarshi kurashish, munosabat bildirishdir. Bunday g‘ayrat o‘z o‘rnida ko‘rsatilsa, shayton qochadi», — deganlar.

Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlari Xizr alayhissalom bilan do‘st bo‘lish natijasida tariqati oliyai naqshbandiyaga hujjat, dastur va usul o‘laroq bir qancha qoidalarni sayru sulukka kiritganlar. Keyinroq Shoh Naqshband (Alloh sirrini muqaddas qilsin) hazratlari ham bu ulug‘ tariqatga uchta qoida-dastur ilova qilib, ularni o‘n bittaga yetkaz-ganlar. Har bir solik ma’naviy fayz olish uchun bularga amal qilishi lozim:

1. Hush dar dam: Har bir nafas olish va chiqarishda ogoh bo‘lish.
2. Nazar bar qadam: Qadamlarini nazorat qilib yurishi, noo‘rin qarashlardan ehtiyot bo‘lish va o‘zini saqlash.
3. Safar dar vatan: Har qadamda asl maqsadga — Haq tomonga yurish.
4. Xilvat dar anjuman: Xalq ichida Haq ila yolg‘iz bo‘lish.
5. Yodkard: Nafas chiqarmasdan (nafasni yutib) qalb va til bilan tavhid zikrini jamlab aytish.
6. Bozgasht: Matlub va maqsudning faqat Alloh rizosi uchun ekanligini bilish.
7. Nigohdosht: Qalbni xavotirdan saqlash.
8. Yoddosht: Har nafasda Alloh bilan bo‘lish.
9. Vuqufi zamoniy: Har bir lahzasini hisob-kitob qilish va qadrlash.
10. Vuqufi adadiy: Zikrda sanoqqa rioya qilish.
11. Vuqufi qalbiy: Qalbni «Alloh» zikri, fikri va amri bilan band qilish.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 22:57 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Xoja Muhammad Porso hazratlari «Fasl ul-xitob» («Tavhidga kirish») nomli asarida Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlaridan shunday bahs qiladi: «Xojai Jahon mutloq suratda shayxi komil, muhaqqaq suratda qutbi zamon, matlai anvor, manbai asror, haqoyiq va maoniyning mukoshifi Hazrati Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy (Al-loh sirrini muqaddas qilsin)dirki, uning usuli bu tariqatda hujjat va butun tariqatlararo maqbuldir. U har on sidqu safo yo‘lida bo‘lgan. Hazrati Mustafo (s.a.v.)ning sunnatidan ajralmagan, bid’at va hoyu havasdan har lahza muxolafatda bo‘lib saqlangan, pok siyrati begonalardan yashirin qolgan...»

Naql qilinadiki, ashuro kunlaridan birida talabalari unga xizmat qilish uchun yig‘ilgan edilar. Hazrati Xoja ma’rifatdan bahs etardilar, nogahon ustida xirqa, yelkasiga joynamoz tashlagan zohidsifat bir yigit kelib, bir burchakka o‘tirdi. Hazrati Xoja unga qaramadilar. Bir soat o‘tgach, yigit oyoqqa turib dediki: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Mo‘‘minning farosatidan saqlaning, chunki u Allohning nuri bilan boqadi», — deb buyurganlar. Buning siri nima?» hazragi Xoja aytdilarki: «Bu hadisning siri, belingdagi zunnoringni kesib, iymon keltirishingdir». Haligi yigit: «Alloh asrasin, bizda zunnor nima qiladi?» — dedi. Shunda Hazrati Xoja bir darveshga uni taftish qilishga buyurdi. Darvesh turib, yigitning ustidan xirqasini yechadi. Ostida zunnori ko‘rinadi. Bu g‘ayridin yigit, darhol zunnorini qirqdi va iymon keltirdi. Hazrati Xoja buyurdiki: Ey birodarlarim, keling biz ham bu yangi mo‘‘min kabi zunnorlarimizni kesib, iymon keltiraylik. U zohiriy zunnorini qanday kesgan bo‘lsa, biz ham botiniy zunnorlarimizni kesaylikki, bu zunnor kishining o‘z ibodatiga mag‘rurlanishidir. Shu yo‘limizga g‘ov bo‘layapti».

Hazrati Xoja amrlaridan keyin muridlar o‘z kibrlaridan ogoh bo‘ldilar va hazrati Xojaga tashakkur aytib, oyoqlariga yiqildilar, tavba qildilar.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 22:58 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Naql qilinadiki, bir darvesh hazrati Xojaga shunday dedi: «Agar Alloh taolo menga jannat bilan jahannamdan birini tanlash ixtiyorini bersa, men jahannamni tanlayman. Chunki, umrim davomida nafsim istagini bajardim. Hozirgi holatda jannatni xohlasam, bu ham nafsim xohishidir. Demak, Alloh taolo menga jahannamni ravo ko‘rayapti». Hazrati Xoja bu so‘zni rad qilib, shunday dedilar: «Bandaning joy tayinlashda ixtiyori bormi? U bizga qaerni ravo ko‘rsa boramiz, qaerda «bo‘l» desa, u yerda bo‘lamiz. Bandalik budir, sen aytganing kabi emasdir».

Naql qilinadiki, hazrati Xoja huzuriga uzoq yo‘ldan bir mehmon kelibdi. Shu asnoda chiroyli yosh yigit ham kelib, Xoja hazratlaridan duo istabdi. Xoja hazratlari haqiga duo qilgach, u yosh yigit birdaniga g‘oyib bo‘libdi. U mehmon hazrati Xojaga: «Bu yosh yigit kim bo‘ladi?» — deb savol qilganda, aytibdilarki: «Bu osmonning to‘rtinchi qavatida turadigan farishta bo‘lgan. Bir aybi tufayli Alloh taolo uni maqomidan yiroqlashtirib, bu olamga yubordi. Bu farishta boshqa farishtalardan gunohining kechirilishi va o‘z maqomiga qaytarilishi uchun nima qilishi kerakligini so‘raganida, ular faqirdan duo so‘rashini tavsiya etibdilar. Biz duo qiddik, Haq taolo duomizni qabul qildi, uni o‘z maqomiga qaytardi», — dedilar. U mehmon dediki: «Ey Xojamiz, Alloh bizni oxirgi nafasda iymondan ayirmasligi va jonimizni shaytonning tuzog‘iga tushirmasligi uchun haqimga duo qiling». Xoja hazratlari iltifot qildilarki: «Farz namozlaridan keyin qilingan har qanday duoning qabul bo‘lishiga Alloh taolo va’da bergan. Shuning uchun farzlarni ado qilgandan keyin bizni xayr duolaringizda unutmang, biz ham sizlarni farzlarni ado qilganimizdan so‘ng duolarimizda eslaylik. Umid qilamizki, Mavlomiz bizning haqqimiz-da sizning duongizni, sizning haqqingizda bizning duomizni qabul qiladi».

Xoja Abdulxoliq valiylikda shunday martabaga erishadilarki, bir namoz vaqtida Ka’batullohga borib qaytardilar. U hazrati pirning obro‘-martabalari O’rta Osiyo hududidan tashqarida ham ma’lum edi. Shom diyorida ul zotning xonaqoh barpo etib, muridlar tarbiyasi bilan shug‘ullanganliklari rivoyat qilinadi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 22:59 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Alisher Navoiy hazratlari «Nasoyim ul-muhabbat»da Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlarining ahvolini shunday ta’riflaydi:

«Alarning (G’ijduvoniyning — tarj.) ravishi tariqatda hujjatdur. Barcha foruqning maqbulidurlar. Hamisha sidqu safo yo‘lida va Mustafo sallallohi alayhi vasallam shar’u sunnati mutobaatida va bid’atu havo muxolafatida qadam urubdurlar va pok ravishlarin agyor ko‘zidin yashurubdurlar...»

Ya’ni, Abdulxoliq G’ijduvoniyning tutgan yo‘llari tariqatda hujjat-dalil va namuna hisoblanib, Haq bilan nohaqni ajratuvchi, adolatli kishilar nazdida maqbul va mo‘‘tabardir. Ul zot hamisha sadoqat va safo-yorug‘lik yo‘lida yurib, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning shariati va sunnatiga bo‘yin sunar, turli bid’at, xurofotlarga qarshi kurashib, o‘zlarining pokiza hayot tarzlarini boshqalardan pinhon tutardilar.

Rivoyat qilinishicha, Abdulxolih G’ijduvoniyning muridlaridan biri bir muddat pirining suhbatlaridan uzoqlashibdi. U har kuni tushida bir guruh kishilar kelib: «Sen endi kamolotga erishding, yur, seni jannatga olib boraylik», — deb uni tuyaga mindirib, ziynatli taxtlar qurilgan, lazzatli taomlar pishib turgan va so‘lim irmoqlar oqib turgan go‘zal makonga olib borishganini ko‘radi. Bir kun Xoja Abdulxoliq hazratlari farosat nuri bilan bu holatni mushohada etadilar va muridning oldiga borib, holini so‘raydilar. Murid boshidan o‘tganlarni hikoya qilib beradi. Xoja Abdulxoliq hazratlari: «Yana bir marta o‘sha joyga borsang, uch marta «La havla va la quvvata...» deb ayt va ko‘zingni och», — deya tavsiya qildilar. Murid o‘sha kecha tushida ustozi o‘rgatganidek qildi. Ko‘zini ochganida ne ko‘z bilan ko‘rsinki, o‘zini o‘limtik hayvon suyaklari orasida ko‘rdi. Bu tush shayton tuzog‘i ekanini tushunib yetdi va bundan keyin ustozining suhbatlarini aslo tark etmadi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 23:00 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy izdoshlaridan Xoja Ali Romitaniy hazratlarining quyidagi so‘zlari ham Xojai Jahonning ma’naviy nufuzi nechog‘li yuksak bo‘lganini ko‘rsatadi: «Agar yer yuzida Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy farzandlaridan biri bo‘lganda edi, Mansur Halloj hargiz dor ostiga bormagan bo‘lardi».

Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat ahli edi. So‘zlari hujjat va dalildir, ulug‘ zotlarni tarbiyalab yetishtirgandir. Jumladan, Xoja Ahmad Siddiq, Xoja Avliyoi Kabir, Xoja Orif Revgariy, Xoja Naqshband hazratlari Bahouddin va boshqa ko‘plab kishilar u zotdan ma’naviy fayz olib kelganlar. Silsilada omonatni — shayxlik ijozatini xalifalari Xoja Orif Revgariyga topshirganlar.

Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlari tariqat piri, muridlar tarbiyachisi bo‘lish bilan bir qatorda, «Vasoyo» («Vasiyatnoma», «Odobi tariqat», «Haqoyiq ul-iymon», «Daqoyiq ul-irfon» degan nomlar bilan ham ataladi), «Maqomoti Yusuf Hamadoniy», «Az guftori Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy» kabi asarlar muallifi hamdir.

«Vasoyo» — Xoja Abdulxoliqning xalifasi Avliyoyi Kabir (Avliyoyi Kalon) uchun aytgan tavsiyalaridan iborat forscha asar bo‘lib, unda taqvodor bo‘lish, johil so‘fiylardan uzoq yurish, shariat va sunnat yo‘lidan ayrilmaslik kabi mavzularga o‘rin berilgan. XVI asrda yashagan adib Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniy G’ijduvon qal’asi bilan bog‘liq ravishda bu asarga sharh bitgan ekan.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 23:00 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
«Maqomoti Yusuf Hamadoniy» — ustozi Shayx Yusuf Hamadoniyning so‘zlari, axloqi va ahvoli bayoniga bag‘ishlangan asar.

«Az guftori Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy»da Xoja Abdulxoliqning sayru suluk odobiga doir savollarga javoblari bayon etilgan.

Muallifi noma’lum «Maqomoti Abdulxoliq G’ijduvoniy» asarida esa Xoja Abdulxoliqning hayoti, manqabalari va ba’zi ruboiylariga o‘rin ajratilgan.

Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning quyidagi pandu nasihatlari va tavsiyalari o‘tmishda bo‘lganidek, bugun ham biz uchun har jihatdan qadrlidir:

«Ey farzand, fiqh va hadis ilmini o‘rgan, johil so‘fiylardan uzoq yur, moling fiqh kitoblari bo‘lsin, biror kishi seni maqtasa, g‘ururlanma, tanqid qilsa, ranjima. Insonlardan hech narsa so‘rama, tama’ qilma, futuvvat (saxovat) ahlidan bo‘l, Haq taolo senga nimaiki bergan bo‘lsa, xalqqa tarqat... Biron bir mansab-maqomga intilma, boyu badavlat va raisu amirlarning huzurlariga borma, ular bilan hamsuhbat bo‘lma... Raqsu samo’ga haddan ziyod berilma» (Vasiyatlaridan).

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacagan-Naksbandi seyhleri / Abdulhalik Gijduvani (ks)
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 23:01 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
«Namoz qilgan odamni shunday bnr xavf va qo‘rquv (yolvorish) bosadiki, unga o‘q otsalar ham parvo qilmaydi» (Savollarga javobdan).

«Bir kishida quyidagi beshta fazilatni ko‘rmasdan u bilan do‘stlik qilma: faqirlikni boylikdan afzal bilish, amalni ilmdan ustun ko‘rish, xorlikni izzatdan yuksak hisoblash, basirat va farosat egasi bo‘lish, o‘limga doim tayyor turish».

Manbalarda yozilishicha, bir kun Xoja Abdulxoliq hazratlariga qo‘shni uyda yashovchi ayolning eriga aytayotgan shunday so‘zlari eshitilibdi: «O’n sakkiz yildan beri siz bilan yashab kelaman. Och-yalang‘och tashlab qo‘yganingizda ham sabr qildim. Hayotning har qanday issiq-sovuqlariga chidakim. Nima olib kelgan bo‘lsangiz, undan ortig‘ini istamadim. Oru nomus, sharafu sha’ningizni asrab keldim. Boshqalar oldida sizdan shikoyat qilmadim. Barcha bu qiyinchiliklarga siz meniki bo‘lishingiz va men sizniki bo‘lishim uchun chidab keldim. Lekin, shuni bilingki, mabodo boshqa biriga mayl qilib, mendan o‘zgasini ixtiyor etsangiz, Xoja Abdulxoliq hazratlarining etagiga mahkam yopishib, ilohiy adolat tantana qilgunga qadar qo‘yib yubormayman».

Bu so‘zlarni eshitgan Xoja Abdulxoliq hazratlari debdilar: «Bu ayolning aytgan gaplari menga nihoyatda ta’sir qildi, ko‘zlarimdan yosh oqdi. Ey Abdulxoliq, bu ayol bir maxluq muhabbati bilan shuncha qiyinchilikka chidabdi. Bu so‘z darvishlarga saboq bo‘lsin va bunga Qur’ondan bir dalil topayin dedim, aqlimga shu oyat keldi: «Albatta, Alloh o‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi» (Niso surasi, 116-oyat).

Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlari 1218 (yoki 1179) yil G’ijduvonda vafot etganlar. Qabri shariflari hozir mazkur shaharda muqaddas ziyoratgohlardan hisoblanadi. Sarhalqa silsilani o‘zlaridan keyin Xoja Orif Revgariy hazratlari davom ettirdilar.

S.Seyfullah, N.Hasan yayinlayan.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Abdulhalık Gücduvani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 03.01.09, 23:02 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 03.01.09, 22:40
Mesajlar: 926
Alıntı:
Naql qilinadiki, bir darvesh hazrati HOCA'ga shunday dedi: «Agar Allah Teala menga cannat bilan cahannamdan birini tanlash ixtiyorini bersa, men cahannamni tanlayman. Chunki, umrim davomida nafsim istagini bacardim. Hozirgi holatda cannatni xohlasam, bu ham nafsim xohishidir. Demak, Allah teala menga cahannamni ravo ko‘rayapti».

Hazrati HOCA bu so‘zni red qilib, shunday dedilar: «Bandaning cay tayinlashda ixtiyori bar mi? U bizga qaerni reva ko‘rsa baramiz, qaerda «bo‘l» desa, u yerda bo‘lamiz. Bendelik budir, sen aytganing kebi imesdir».


Burada büyük bir bilmece saklı...

_________________
" Hayrlar Feth Olsun ; Şerler Def Olsun !.."


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 10 mesaj ] 

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 0 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
cron
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye