Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 9 mesaj ] 
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 10.01.09, 21:45 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
XOJA ALI ROMITANIY
(Alloh sirrini muqaddas qilsin)

Tug‘ilishi: Buxoro (Romitan), h. 588/m. 1191
Vafoti: Xorazm, h. 721/m. 1321


Shamoili: O’rta bo‘yli, yuz va boshqa a’zolari juda ko‘rkam edi. Faqirlik sulukini tanlagandi. Mato to‘qish bilan shug‘ullanardi. Zohirda xalq bilan, botinda Haq bilan edi. Yuksak ma’naviy maqomga sohib bo‘lib, favqulodda karomatlari zohir edi. Xoja Mahmud Fag‘naviy hazratlarining xizmatini ixlos bilan qilgan eng sadoqatli, ulug‘ xalifalaridan edi.

Tasavvvuf ahli orasida «Azizon» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Ali Romitaniy Romitanda bir necha yil xalqni irshod etadi, keyin Bovard (Abivard)ga ko‘chib boradi, u yerda ham muridlar yetishtiradi. Nihoyat, Xorazmga ko‘chib borib, u yerda muqim qoladi.

«Rashahot ayn ul-hayot» va «Hazarot ul-quds» asarlarida yozilishicha, Xoja Ali Romitaniy Xorazmda yashash uchun hukmdordan yozma ruxsatnoma oladi. U har kuni mardikor bozoriga borar, bir-ikki ishchini uyiga olib kelib, ularga din va tasavvufdan saboq berar, kech kirganda haqqini berib, ketkazar edi. Lekin Xoja Ali Romitaniyning suhbatini bir marta eshitgan odam yana kelaverar edi. Shu asnoda tez fursatda muridlari ko‘payib ketdi. Bu holatdan xavfsiragan ba’zi kimsalar podshohga xabar yetkazadilar. Podshoh Ali Romitaniydan shaharni tark etishini talab qiladi, lekin Xoja Ali Romitaniy qo‘lidagi yozma ruxsatnomani ko‘rsatgach, qolishi uchun izn berishdan o‘zga chorasi qolmaydi. Podshoh va Xoja Ali Romitaniy orasida do‘stona munosabat paydo bo‘ladi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 10.01.09, 21:47 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Muhammad Xorazmiy Arzangiyning «Sharhi Risolai Azizon» asarida naql qilinishicha, Xoja Ali Romitaniy kechki paytlar mato bozoriga borib, hech kim sotib olmay qolib ketgan ipaklarni sotib olarkan. O’zi uyning bir chekkasida toat-ibodatini qilar, olib kelgan ipaklari esa o‘z-o‘zidan to‘qilib, mato holiga kelar, bu ishni g‘ayb eranlari, musulmon jinlar yoki farishtalar bajarishar ekan. Xoja Ali Romitaniy bu matolarni sotib, foydasini uchga taqsimlar: ilm ahliga, kambag‘allarga va o‘z oilasiga xarjlar ekan.

Zamonasining mashhur shayxlaridan Badriddin Hamadoniy Xoja Ali Romitaniydan: «Allohni ko‘p zikr qilinglar...» (Ahzob surasi, 41-oyat) oyati karimasida nazarda tutilgan zikr zikri jahriymi yo zikri xafiymi?» — deb so‘raganida, Xoja Ali Romitaniy hazratlari: «Mubtadiy (tariqatga yangi kirgan solik)ga ko‘ra jahriy, muntahiy (sulukni nihoyasiga yetkazayotgan murid)ga ko‘ra xafiydir»,—deb javob beradilar.

«Zikri jahriyga dalilingiz nima?» — degan savolga: «Oxirgi nafasingizda tavhid zikrini talqin qilingiz» hadisidir, — deya javob berganlar. Bu talqin, tabiiyki, jahriy bo‘ladi va darvesh har nafasini oxirgi nafas deb biladi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 10.01.09, 21:47 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Xoja Ali Romitaniy hazratlari buyuradilar: «Agar Mansuri Halloj zamonida Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy hazratlari yoki uning muridlaridan biri bo‘lganda edi, uni «Vahdati vujud» maqomidan o‘tkazib, «anal haq»lik da’vosidan xalos qilgan bo‘lardilar...»

Xoja Ali Romitaniy hazratlari adib va shoir ham edi. Hikmatlarga to‘la forscha she’rlar bitgan. «Tarixi nazmu nasr» asari muallifi Said Nafisiyning qayd etishicha, Xoja Ali Romitaniyning «Mahbub ul-orifin» nomli asari bor. Unda muridlarga tavsiya qilingan o‘nta asos qoidalar tushuntirilgan. Bu asarda va boshqa ayrim manbalarda («Rasoili sittai zaruriya», Ali Safiyning «Rashahot ayn ul-hayot», Rizoqulixonning «Riyoz ul-orifin» va «Majma ul-fusaho» kabi asarlarda) Xoja Ali Romitaniyning she’rlari keltirilgan.

Xoja Ali Romitaniyning ba’zi fikr-qarashlarini uning farzandi Xoja Ibrohim bir necha sahifalik kichik risolaga jam qilgan. Bu risolaga Muhammad Xorazmiy Arzangiy sharhlar bitib (taxminan XV asrda) «Sharhi Risolai Azizon» yoki «Manoqibi Xoja Ali Azizoni Romitaniy» nomi bilan yaxlit bir asarni tartibga keltirgan. «Fihristi nusxaho» asarida «Risolai Xojai Azizon» nomli kichik bir risola Xoja Ali Romitaniyga nisbat etiladi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 10.01.09, 21:49 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Xoja Ali Romitaniyning so‘zlaridan parchalar:

1. Xizmatni minnat bil, minnatni xizmat bilma.

2. Banda Haqqa oshiq bo‘lsa, Xizr alayhissalom u bandaga oshiq bo‘ladi, unga yordam qiladi.

3. Inson doimo xayrli ishlar qilishi, lekin «qilmadim» deb hisoblashi kerak.

4. Tilning doimiy zikr bilan mashg‘ul bo‘lishi «zikri kasir», ya’ni Haq buyurgan «ko‘p zikr aytish»dir, nazari rahmatdir. Xafiy zikr qiluvchi mashhur bo‘lsa, demak, u jahriy zikr qilibdi...

5. Ikki narsaga ehtiyot bo‘ling: ovqatlanayotganda va so‘zlashayotganda.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 10.01.09, 21:51 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
6. Birodaring haqiga begunoh til bilan duo qil, rad bo‘lmaydi. Ya’ni sening tiling uning haqiga gunoh qilmagan, uning tili sening haqqingga gunoh qilmagan bo‘ladi... birodarning birodarga xolis duosi shu tarzda bo‘lishi kerak.

7. Toliblar biror Haq do‘stining ko‘nglidan joy olish orqali kamol topadilar. Ma’naviy kamolatga erishishning eng qisqa yo‘li shudir.

8. Muhabbatning sharti ergashishdir. «Hazrati payg‘ambarning ummatiman», degan kishi avvalambor ul zotga tobe’ bo‘lishi kerak.

9. Haq taolo bilan suhbat qiling, agar u bilan suhbatlasha olmasangiz, u bilan suhbatlashganlar bilan suhbat quring.

10. Dunyo va oxirat ikki opa-singilga o‘xshaydi. Bir kishi bir vaqtda opa-singil bilan nikoh qura olmaydi. Dunyo va oxirat sevgisi ham bir qalbda jo bo‘lolmaydi. Holbuki, ikkovi ham maxluqdir. Shunday ekan, yaratuvchi bilan yaratilmishga bo‘lgan sevgi bir joyda jamlanmaydi

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 10.01.09, 21:53 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
11. «(Har bir) xush so‘z Unga yuksalur» (Fotir surasi, 10-oyat) oyatining hukmiga ko‘ra, zikr qushining qanot yozib uchishi uchun ikki qanoti bo‘lishi kerak. Bular - huzur va ixlos...

12. Banda Alloh bo‘la olmaydi, lekin Allohning sifatlari bilan sifatlanadi, xolos.
Xoja Ali Romitaniydan «Imon nima?» (yoki «Tasavvuf nima?») deb so‘rashganida, ul zot: «Ajratmoq va birlashtirmoq» (ya’ni, ko‘ngilni dunyo sevgisidan ajratib olmoq va Haqqa qaratmoq), deb javob beribdi.

Xoja Ali Romitaniyning o‘g‘li Xoja Ibrohim otasidan so‘raydi: «Mansur Halloj «anal-haq (men Haqman)», — dedi, uni qatl etdilar, Boyazid Bastomiy «Xirqam ichida Allohdan boshqa hech narsa yo‘q», — dedi, unga hech nima demadilar, buning hikmati nimada?» Xoja Ali Romitaniy: «Mansur manlikni ilgari surdi va so‘zini «men» deya boshladi, shu bois musibatga yo‘liqdi. Boyazid esa yo‘qlik - hechlikni ilgari surdi, so‘zini «yo‘q» bilan boshladi, omon qoldi», — deya javob bergan ekanlar.

Kubraviy shayxlaridan Alouddavla Simnoniy bilan xat yozishgan, yassaviya shayxi Sayyid ota bilan uchrashgan Ali Romitaniy hazratlari 130 yil umr ko‘rgan. Muhammad ismli besh kishini kamolga yetkazganlar. Ularning har biri ilm va fazilatda olim, komil, valiy zot edilar: Xoja Muhammad Ibrohim (o‘z o‘g‘li, vafoti m. 1391 y.), Xoja Muhammad Kulohdo‘z Xorazmiy, Xoja Muhammad Halloj Balxiy, Xoja Muhammad Bovardiy Xorazmiy, Xoja Muhammad Bobo Sammosiy. Xoja Ali Romitaniyning mazkur xalifalari undan keyin Xorazm, Buxoro va Balx hududlarida xojagon tariqati targ‘ibini davom ettirdilar.

«Murg‘i haqiqat shahpari» deb sifatlangan bu ulug‘ zot o‘zidan keyin xojagon-naqshbandiyada shayxlik ijozatini Muhammad Bobo Sammosiyga topshirganlar.

Xoja Ali Romitaniyning haqiqiy qabri Xorazmdagi Toshhovuzning Ko‘hna Urganchida. Romitandagi maqbarasi esa qadamjodir. Sarhalqa silsilani o‘zlaridan keyin xalifalari Muhammad Bobo Sammosiy davom ettirganlar.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 12.01.09, 10:07 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
AbdulAziz yazdı:
HOCA ALİ RAMİTENÎ
(Allah sirrini muqaddas qilsin)

Doğumu: Buhara (Ramitan), h. 588/m. 1191
Vefatı: Harezm, h. 721/m. 1321


Shamoili: O’rta bo‘yli, yuz va boshqa a’zolari juda ko‘rkam edi. Faqirlik sulukini tanlagandi. Mato to‘qish bilan shug‘ullanardi. Zohirda xalq bilan, botinda Haq bilan edi. Yuksak ma’naviy maqomga sohib bo‘lib, favqulodda karomatlari zohir edi. Xoja Mahmud Fag‘naviy hazratlarining xizmatini ixlos bilan qilgan eng sadoqatli, ulug‘ xalifalaridan edi.

Tasavvvuf ahli orasida «Azizon» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Ali Romitaniy Romitanda bir necha yil xalqni irshod etadi, keyin Bovard (Abivard)ga ko‘chib boradi, u yerda ham muridlar yetishtiradi. Nihoyat, Xorazmga ko‘chib borib, u yerda muqim qoladi.

«Rashahot ayn ul-hayot» va «Hazarot ul-quds» asarlarida yozilishicha, Xoja Ali Romitaniy Xorazmda yashash uchun hukmdordan yozma ruxsatnoma oladi. U har kuni mardikor bozoriga borar, bir-ikki ishchini uyiga olib kelib, ularga din va tasavvufdan saboq berar, kech kirganda haqqini berib, ketkazar edi. Lekin Xoja Ali Romitaniyning suhbatini bir marta eshitgan odam yana kelaverar edi. Shu asnoda tez fursatda muridlari ko‘payib ketdi. Bu holatdan xavfsiragan ba’zi kimsalar podshohga xabar yetkazadilar. Podshoh Ali Romitaniydan shaharni tark etishini talab qiladi, lekin Xoja Ali Romitaniy qo‘lidagi yozma ruxsatnomani ko‘rsatgach, qolishi uchun izn berishdan o‘zga chorasi qolmaydi. Podshoh va Xoja Ali Romitaniy orasida do‘stona munosabat paydo bo‘ladi.



«Reşahat ayn ul-hayat» ve «Hazerat ul-quds» eserlerinde yazıldığı gibi, Hoca Ali Ramitenî Harezmde yaşayış için hükümdardan yazma ruhsatname alıyor. O her gün merdikar (amele) pazarına varır, bir-iki işçiyi evine alıp gelip, onlara din ve tasavvufdan ders verir, gece olunca haqqını verib, ketkazar (gönderir) idi. Lakin Hoca Ali Ramitenî'nin sohbetini bir kere işiten adam yine geliverir idi. Şu esnada tez fırsatda müridleri çoğalıp gitti. Bu haletden çekinen bazı kimseler padişaha haber ulaştırdılar. Padişah Ali Ramitenî'den şehri terk etmesini talep etti, lakin Hoca Ali Ramitenî elindeki yazma ruhsatnameyi gösterince, kalması için izin verişden özge çaresi kalmıyor. Padişah ve Hoca Ali Ramitenî arasında dostane münasebet peyda oldu.

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hoca Ali Ramitani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 13.01.09, 06:56 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Mardikor - gundelikci
Ketkazmoq - gidermek

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 9 mesaj ] 

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 1 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye