Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 21 mesaj ]  Sayfaya git 1, 2, 3  Sonraki
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Makamât-ı Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:14 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
HOCA ABDULHALIQ G’ICDUVANÎ

MAQOMOTI YUSUF
HAMADONIY



MUQADDIMA

Iloho, eng sara sifatlaring, ulug‘vor jaloling, payg‘ambarlaringning azamati, shahidlarning qoni va mumtoz bandalaringning nafasi-joni hurmati, Sendan ilmda kamolot, rizqda barakot, o‘lmasdan burun tavba qilish, o‘lar vaqtda kechirilish, o‘lgandan keyin rohat, jahannamdan najot, jannatga kirish va dunyoyu oxiratda ofiyat tilaymiz.

Ahadiyat saroyi bandalarining eng zaifi, Samadiyat martabasi ojizlarining eng kuchsizi Abdulxoliq ibn Abduljamil (Alloh uni soliklarning g‘oyalari va oriflarning maqomlariga erishtirsin, omin, rabb ul-olamin) deydiki: «Aldanish, nash’alanish, nafsoniy tuyg‘ular va shaytoniy vasvasalarning g‘olib kelish davri bo‘lgan yoshlik yillarida bu faqirning ko‘nglida bir onda «Fazlu marhamat Allohning qo‘lida bo‘lib, uni faqat O’zi xohlagan kishshshrga ato etadi» (Hadid surasi, 29-oyat) oyatining jazbasi va haqiqatni talab qilish (muridlik) istagi tug‘ildi. «Alloh sharafli ishlarni sevadi» jumlasining taqozosi va «Alloh bilan suhbat qur (agar Alloh bilan suhbat qurolmasang, U bilan suhbat qilganlar bilan suhbat qur» so‘zini idrok etish azmi meni bir qarorga keltirdi. G’aybning ilhom bag‘ishlovchisi bu bechoraning fikr sahifasiga hidoyat qalami bilan shuni naqsh etardi: bu (ilohiy) ikromu ulug‘ nasibaga va bu saodatga haqiqiy bir solikka ergashmasdan, shafqatli bir xojaning etagini tutmasdan erishish mumkin emas. «Kim bir narsani istasa va jiddu jahd qilsa, albatta, uni qo‘lga kiritadi» hadisining to‘g‘ri hukmi va «Alloh O’zining bu nuriga O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur» (Nur surasi, 35-oyat) oyatining ravshanligi bilan muridlik boshimni u valiylik sardori, hidoyat qubbasi va u hamadonlik murshid, shayxlar shayxi Shayx Yusuf Hamadoniyning (unga Allohning rahmati bo‘lsin) oyog‘iga qo‘ydim. Irodat ostonasining e’tikofchilari bilan va u haqiqat xonadonida sevgi dargohining mulozimlari bilan birga bu yo‘lga kirdim. Bir muddat bu to‘g‘ri yo‘lda u tariqat sayyohi va haqiqat dengizining g‘avvosi, payg‘ambarlarning xojasi (sallallohu alayhi vasallam)ning shariatiga ergashgan, g‘ayb sirlarining kashshofi (Abu) Yusuf ibn Ya’qub ibn Abdulvohid ibn Abdulbosit ibn Tamtom ibn Boqir ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit... payg‘ambar hazratlariga mutobaat yo‘lida niyat, tobelik va muhtojlik bilan qadam bosdim. Xizr alayhissalomshshg havola va tavsiyasi bilan u avliyolar sultoni bu ojiz zaifni va kuchsiz faqirni qalb zikrining talqini bilan sharaflantirdi.

_______________
«Maqomoti Yusuf Hamadoniy»ning to‘rt nusxasi mavjud: 1. Said Nafisiy tomonidan yagona nusxaga asoslanib, «Risolai sohibiya» nomi bilan nashr etilgan (Abdulxoliq G’ijduvoniy. Risolai sohibiya. Farhangi Eronzamin, I. 1953. 78-101-6.) 2. Kamoliddin Haririyzodaning «Tibyonu vasoilil-haqoyiq fi bayoni salosil it-taroiq» asari ichida (Istanbul, Supaymoniya kutubxonasi, Ibrohim afandi bo‘limi, № 30.1. 379 a-389-b. Bu nusxa Nafisiy nashridan ancha mukammal). 3. Abdulxoliq G’ijduvoniy. Maqomoti Yusuf Hamadoniy. O’z RFAShI№ 2533,20-37-v. (Mahmud Hasaniy va Gulbahor Muzaffar qizi bu asardan ba’zi parchalarni e’lon qilishgan. Qarang: «Xojai Jaxon Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy» (Toshkent, 1994,18-22-6). 4. Mulla Abdulhakim tayyorlagan va Iraj Afshar tomonidan nashr etilgan forscha «Qandiya» asarida qisqacha naql etilgan (Tehron. 1955, 6-16-6.) Qo‘lingizdagi o‘zbekcha tarjima «Risolai sohibiya», «Tibyon» va O’zRFAShI nusxalarini qiyoslagan holda amalga oshirildi. O’zRFAShIdagi qo‘lyozma (bundan keyin bu nusxa «T.n.» (ya’ni, Toshkent nusxasi) qisqartmasi bilan beriladi) hijriy 1235 (mil. 1720) yil Rajab oyida ko‘chirilgan bo‘lib, nasta’liq xatida bitilgan. Qo‘lyozmadan bir necha risolalar o‘rin olgan. Ilk risolaning (1-19-v) Istanbullik Mavlono Afanli Rumiy Birkiy qalamiga mansubligi qayd etilgan. Bu esa qo‘lyozmaning Istanbuldagi «Tibyon» nusxasi bilan yaqindan o‘xshashligini ko‘rsatadi. Ushbu risolaga mavzularga qarab shartli ravishda sarlavhachalar qo‘ydik (Tarj.)

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:16 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Xuddi shu tarzda barcha insonlar - podshoh, vazir, olim, zohid, darvish, xullas, avomu xos hamma toifa bu ulug‘ xoja va olimi rabboniy Shayx Yusuf Hamadoniyga ergashishlari kerak. Chunki bu aziz shayx qat’iyan hazrati payg‘ambar alayhissalomning diniga qarshi chiqmaganlar. Sahoba, tobein, taba’a tobein va salafi solihinga ergashib yashaganlar, Hamadon shahrida ham, boshqa yashagan joylarida ham doimo ushbu muborak so‘zni takrorlar edilar: «To‘g‘ri yo‘l - Alloh rasuli hazrati Muhammad sallallohu alayhi vasallamning yo‘lidir. Chunki olamlar sarvari bunday marhamat qilganlar: «Ey Abu Hurayra, insonlarga mening sunnatimni o‘rgat va sen ham amal qil, toki qiyomat kunida porloq bir nurga ega bo‘lursan».

Hazrati payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamning ishorati shunday bo‘lgani bois, yo‘li pok bu buyuk shayx ham do‘stlarini va o‘ziga ergashganlarni, ya’ni Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Aliyyona, bu faqir Abdulxoliq ibn Abduljamil va xizmat qiluvchi boshqa darvishlarni ham nabaviy shariat shohko‘chasiga chaqirardilar. Nafsoniy orzularga bo‘yinsunishdan, bid’atdan, shariatga qarshi chiqishdan, botil va fitna ahlining yo‘lidan va muqallidlarning taqlidlaridan muhofaza etar, ogohlantirardilar. Bu azizlarning yo‘li barcha ofatlardan xolidir. Unda na ta’til (bo‘shliq) rangi, na tashbih hidi bor (Allohning sifatlarini inkor etmaydilar va Uni boshqa narsaga o‘xshatmaydilar). Aksincha, faqat xolis hidoyat va ma’rifat nuridan iboratdir.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:26 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
YUSUF HAMADONIYNING MUBORAK O’GITLARI

Shayximiz muborak so‘zlari bilan bunday deydilar: «Bu (tariqat) yo‘li hazrati Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhudan bizgacha yetib kelgan va qiyomatga qadar davom etajakdir. Shu bois barcha mo‘‘minlar va soliklar bu tanlangan yo‘lga ergashishi, bu xonadon bilan suhbat qurishi, ularning yo‘liga suluk etib, ular bilan birga bo‘lishdan va unsiyatdan uzoq qolmasligi kerak».

Shahzoda Qusam ibn Abbos (Shohi Zinda)ning maqomi (qabri)da aytdilarki: «Kimda kim bu yo‘l (tariqat)ga amal qilib, unga mahkam yopishsa, albatta hamma qorong‘uliklardan xotirjam bo‘lur va bid’at dengizining to‘lqinidan xalos bo‘lur».

So‘ngra menga dedilarki: «Ey Abdulxoliq! Bilginki, Haq yo‘lining yo‘lchiligi, ya’ni suluk ikki qismdir: suluki zohir va suluki botin. Birinchisi, suluki zohir bo‘lib, u har holu korda ilohiy amr va ta’qiqlarga rioyat etish, imkon doirasida diniy mezonlarni saqlash va nafs orzularidan qochishdir. O’z a’zolarini havoyu nafsdan saqlab, shariat hududida muhofaza qilishdir. Ikkinchi qism bo‘lgan suluki botin esa qalbni poklashga harakat qilish va nafsoniy yomon sifatlarni yo‘qotish uchun g‘ayrat sarflashdir. Botiniy tahorat - qalbning Haq zikri bilan go‘yo bo‘lishligi uchun zikrda behad jiddu jahd qilish. Bu zikr talqini dastlab hazrati Abu Bakr raziyallohu anhuning qalbiga, undan Salmon Forsiyga , undan Ja’fari Sodiqqa, undan Sulton Boyazid (Bastomiy)ga, undan Shayx Abul Hasan Xaraqoniyga, undan buyuk shayx Abu Ali Formadiy Tusiyga va undan esa bizga qadar yetib kelgan».

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:30 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Shunday degach, peshin namozining azoniga qadar muborak boshlarini quyi solib turdilar. Peshin namozini ado etgach, dedilar: «Ey darvishlar, aziz insonlar ko‘p, lekin bu silsiladagi ulug‘larning Haq taolo tomonidan tanlanishiga sabab, ushbu silsilada ular mukoshafa va mushohadada yuksak shaxsiyatlar edilar».

Keyin muborak yuzlarini bu faqirga burib, inju taratuvchi tabarruk so‘zlari bilan dedilar: «Ey Abdulxoliq, ulug‘ shayx Abu Ali Formadiy dunyodan oxiratga rihlat etgach* (hijriy 477/milodiy 1084 yil), shariat va tariqatda bir muammoga duch kelsam, uning ruhoniyatidan yordam so‘rardim va shu ondayoq shayx hazratlarining ruhoniyati u muammoni hal etardi. Bu yo‘lda buyuk xoja Abu Ali Formadiydan bizga qadar yetib kelgan irfon va ma’naviyatni tariqat soliklariga va Haq dargohining muhtojlariga yetkazyapman».

Keyin muborak yuzlarini yana menga qaratib, dedilar: «Ey Abdulxoliq, Xoja Abu Ali (Formadiy)ning to‘rtinchi xalifasi bo‘lganim kabi, sen ham bizning to‘rtinchi xalifamiz bo‘lgaysan». Qarasam, ko‘zlari yoshga to‘lib turibdi. Men so‘radim: «Sizdan keyin kim xalifa bo‘lg‘usi?» Shayx hazrat dedilar: «Bizdan keyin o‘rnimizga Xoja Abdulloh Barraqiy o‘tadi, keyin Xoja Hasan Andoqiy, undan keyin Xoja Ahmad Yassaviy. Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston diyoriga ketgach, sen xalifa bo‘lasan. Albatta, hazrati Muhammad alayhissalomning shariati yo‘lida bo‘l va shariat chegarasidan zarracha chiqma, kim dinga qarshi muxoliflik qilsa, unga mone’ bo‘l. Alloh taolo yaxshisini bilur».

____________________
* Toshkent nusxasida shu so‘zdan keyin: «o‘zlaridan keyin to‘rtta yaqin kishilarini xalifa qilib qoldirdilar: 1. Xoja Abdulloh Faromukiy Sheroziy, 2. Xoja Ishoq Faxr Nasrobodiy, 3. Xoja Hamiduddin Multoniy, 4. Va men — Xoja Yusuf ibn Ya’qub Hamadoniy. Xoja Ali Kalon Formadiy Tusiy vafotidan so‘ng Xoja Abdulloh Faromuqiy xalqni Haq yo‘liga da’vat qildilar. Bizlar uch kishi va qolgan yoronlar adab yuzasidan u kishiga mulozamat kilardik. Chunki peshqadam yor huzurida adab saqlash suluk zaruratlaridan edi. Xoja Abdullohning oxirat safari yaqinlashganda muridlarini Xoja Ishoq Nasrobodiyga topshirdilar. O’z navbatida, Xoja Isqoqqa ham oxirat safari yaqinlashganda yuqoridagi tartibga binoan muridlarini Xoja Hamiduddin Multoniyga qoldirdilar. Muridlarning barchasi Xoja Hamiduddin Multoniy xizmatiga hozir bo‘ldilar. U zot xalqni to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilib, qalb zikrini talqin qilardi, foydali vasiyatlari olamga yoyilgan edi. Xoja Ali Kalonning ruhoniyatlari u kishini Multon viloyatiga borishga amr qildi. Xoja Hamiduddin Hind diyoriga safar qildilar. Safardan so‘ng Xoja Ali Kalon Formadiy Tusiydan zohiru botin ilmida kamol topgan muxlis va muridlaridan Imom Muhammad G’azzoliy va uning birodari Ahmad G’azzoliy, Yunus Sijovandiy Tusiy, Sayyid Ahmad Baydostoniy, Xoja Sulaymon Forobiylarkim, kamina faqir (Yusuf Hamadoniy)ga ishorat qilib, Xoja Hamiduddin Multoniyning o‘rniga qoyimmaqom - xalifa bo‘lishni, ulug‘ shayx (Xoja Ali Formadiy) qabrida xalqni Xudoga itoat qilishga, hoyu xavas, bid’atlardan qaytarishga da’vat qildilar. Xoja Hamiduddin Multoniy safaridan keyin Xoja Ali Kalon Formadiy turbatida bo‘lgan edim».

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:31 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
SANJAR IBN MALIKSHOHNING MAKTUBI

Hijriy 504 yil Ramazon oyining o‘n birinchi kuni chorshanbada Sanjar ibn Malikshoh Samarqanddagi Qosim ibn Jo‘qiyga bir maktub yubordi. U maktubda shunday yozgan edi: «Shayx ul-mashoyix val-muslimin Ali ibn Muhammad, Qozi Alouddin ibn Umar, Xoja Imoduddin, Amir Abdulvahhob kabi Samarqand ulug‘larining bildirishlaricha, muhtaram Shayx Yusuf Hamadoniyning yoshi kamolga yetibdi. Uning huzuriga borish uchun bizning fursatimiz yo‘q. Zero, Sulaymonshoh buyuk bir lashkar bilan bu tarafga kelayotgan ekan. Shu bois mamlakatni tashlab, Samarqand viloyatiga borib kelolmaymiz. Darvishlarning takya xarajatlari uchun Qosim ibn Jo‘qiy ga halol yo‘ldan qo‘lga kiritilgan ellik ming dinor yuborildi. Siz bizning ishimiz uchun Fotiha o‘qisangiz. Sizlardan asosan maqsadimiz shuki, hazrati shayx (Hamadoniy)ning axloq va ahvoli xususida yozib, bizga jo‘nating. Chunki eshitishimizcha, hazrati shayxning yo‘li va atvori sahobalar (ularning barchasidan Alloh rozi bo‘lsin) yo‘lidek ekan. Albatta, bunga e’tibor berib, duogo‘yingizni ham bu davlatdan nasibador qilinglar».

Keyin hazrati shayx ul-islom azizlarning huzuriga, Xoja Abdulloh Barraqiyning uyiga bordilar. Xoja Hasan Andoqiyni, Xoja Ahmad Yassaviyni, Xoja Shoh G’atfariyni va bu faqir Abdulxoliqni yig‘dilar. Sulton Sanjar masalasini tushuntirdilar. So‘ng barcha Shayx Yusuf Hamadoniy huzuriga kirdilar. Sanjar ibn Malikshohning orzusini shayxga arz qildilar. Shayx uning ishi uchun Fotiha o‘qib, bunday dedilar: «Ey darvishlar, bizning xatodan boshqa amalimiz yo‘qki, uni Sanjarga yuborsak?». Shunda Xoja Aliyyona: «Hazrat, darvishlar sizning ruxsat berishingizni so‘ramoqdalar», — deganida, shayximiz: «Bizdan Alloh rasulining shariatiga muvofiq nima ko‘rgan bo‘lsangiz, shuni yozing!» — dedilar.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:32 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
SHAYXNING TAVALLUDI, AXLOQ VA SHAMOILI

504 yil Zulqa’da oyining yigirma sakkizinchi kuni seshanbada shayximizning umridan bir ming to‘qqiz oy va yigirma olti kun o‘tgan edi . Shayximiz dushanba kuni - Safar oyining ikkinchi kunida tavallud topganlar: Piyoda o‘ttiz ikki marta haj qilgan, hafs qiroati bilan ming marta Qur’onni xatm etgan edilar . Tafsir, hadis, fiqh, usul, furu’ va kalomga doir yetti yuzta kitobni yod olgan, ikki yuz o‘n uch nafar mashoyix bilan suhbat tutganlar. Ko‘p vaqtlar ro‘zador bo‘lardilar. Sakkiz ming butparastni musulmon qilishga muvaffaq bo‘lgan, tavba qildirib, to‘g‘ri yo‘lga solgan kishilarining sanog‘ini hech kim bilmasdi.

Muborak oyoqlaridan biri ikkinchisiga nisbatan bir oz kalta edi. Yuzlarida chechak (dog‘i obila) xastaligidan izlar qolgandi. Soqollari uzun va qizg‘ish edi. Jussalari ozg‘inroq edi. Kimni ko‘rsalar, «xoja» deb murojaat qilardilar. Safarga ko‘p chiqardilar. Liboslari jundan va yamoqli bo‘lardi. Arpa unidan tayyorlangan non, tariqli non, urug‘ yog‘i va qovun iste’mol qilardilar. Qirq kunda bir marta tovuq go‘shti, ba’zan tuya va qo‘y go‘shtlari ham yer edilar. Etikdo‘zlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanar, Haq taolo nima bersa, kambag‘al, yetim-esir, g‘arib, bemor va ayolmand (serfarzand), muhtoj, yo‘qsil oilalarga tarqatar edilar. Umrlarida biron marta tilanchilik qilmagan, muridlarini ham bundan qaytarardilar. Doimo Allohga suyanar, dunyoni obod qilishga urinmas, boshqalarni ham bu yo‘ldan man’ qilar edilar. Har yil qirq kun amri ma’ruf, nahyi munkar qilar, insonlarga yaxshilikni tavsiya etardilar. Podshoh va boylarning uylariga bormas edilar. Yetmish besh yil bo‘ydoq yashadilar .

Ko‘zlarining ustida bir nishona bor edi. Vafotlaridan keyin ixtilof chiqdi. Ba’zilar «o‘ng tarafida», ba’zilar «chap tarafida edi», dedilar. Muborak ko‘zlari qat’iyatli edi. Nomahram, bolalar va ayollarga tikilib qaramas edilar. Xizr alayhissalomning izni bilan Rajab oyining o‘ninchi kuni Samarqandga keldilar. Xushovoz, o‘rta bo‘yli, barmoqlari uzun edi. Turkiyni bilmas edilar. Ko‘pincha shippak va yamoq kiyim kiyardilar. Muridlaridan yamalgan kiyim kiyganlarni yoqtirar, ularga hurmat ko‘rsatardilar. Umrlarida biron marta oyoqlarini uzatmaganlar. Doimo Haq taolodan qo‘rqib yig‘lardilar. Shirinso‘z, tabassum bilan gapirardilar. Ochlikdan va riyozatdan bellari bukilgan edi. Baland ovoz bilan (jahriy) zikr qilmasdilar. Zero, ularning zamonida jahriy zikr yo‘q edi. Muridlari juda ko‘p edi. Shayxining shayxi bo‘lgan Abul Hasan Xaraqoniyni (425/1034 yil vafot etgan) ko‘rgan edilar. Hamadonning G’unayma mahallasida tug‘ilgan edilar. Ko‘p vaqt yayov yurardilar.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:33 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Payshanba, juma va bayram kunlarida oqshom chog‘i ulug‘ zotlarni ziyorat qilardilar. Boshqa shahardan kelgan musofirdan qaysi shahardan kelganligi, u yerda qanday so‘fiylar yashayotganligi va u joyda dafn etilgan oriflarning nomlarini so‘rab-surishtirar edilar. Nafasni tutib, qalbiy zikr qilganlari uchun a’zoyi badanlari doim terlardi. Kundalik o‘qiydigan avroddan tashqari, har farz namozidan keyin bir pora Qur’on tilovat qilardilar. Hozir ul zot dafn etilgan G’atfar tumani Xushvurud mahallasidagi uydan* Masjidi jome’ga borgunga qadar Qur’oni karimni xatm qilardilar. Masjiddan Xoja Hasan Andoqiy va Xoja Ahmad Yassaviyning uylariga qadar Baqara surasini o‘qir, masjidga qaytishda esa Oli imron surasini tilovat qilardilar. Shayximizning masjididan bu darvishlarning uylarigacha bo‘lgan masofa bir yuz yetti qadam edi. Namozning ikki rak’atida bir pora Qur’on o‘qirdilar.

Shayximiz yuzini ba’zan Hamadon tarafiga burib, ko‘p yig‘lardi. Haq taolodan solih bir o‘g‘il farzand so‘rar edi. Doimo Xoja Abdurrahmon Dehmard Aliyyonagiyning va’ziga borardi. Qish mavsumida sochlarini kam taroshlardi. Ul zot Salmoni Forsiyning asosi va sallasini saqlardilar. Yangi oy kirganda, Samarqand peshvolarini chaqirar, ular bilan shariat ilmidan bahs o‘tkazardi. Samarqand ulug‘lari ham uning suhbatidan bahramand bo‘lardilar. «Xojai zindadilon» («tirik qalblar xojasi») Xoja Xizr alayhissalom bilan suhbat qilardi. Yaxshi o‘q otar, mol-mulk sotib olmas, doim yonida Qur’on, joynamoz, taroq, misvok, xushbo‘ylik va sochiq olib yurardi. Ko‘z og‘rig‘i va yaralar uchun doriyu malham tayyorlar, badan harorati uchun suyuq doru berardi. Chata va To‘qmoq lashkarlari bostirib kelganida ularga qarshi jang qilardi. Doim tahoratli yurar, uzrsiz jum’a va jamoat bilan namoz qilishni tark etmas edi. Kimdan jafo va aziyat ko‘rgan bo‘lsa, unga yaxshilik bilan javob qaytarardi.

______________
* Manbalarda Yusuf Hamadoniyning qabri Turkmanistonning Marv shahrida ekanligi aytiladi. Darhaqiqat, bugungi kunda u yerda Hamadoniyning ziyoratgoh qabri mavjud. Abdulxoliq G’ijduvoniy ustozining qabrini Samarqanddagi G’atfar tumani, Xushvurud mahallasida deb ko‘rsatmoqda. Bu ma’lumotni va Hamadoniy hazratlarining dafn etilgan yerini to‘g‘ri aniqlash kelgusidagi tadqiqotlar mavzusidir (Tarj.).

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:34 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Taomini o‘zi pishirar, kiyimlarini o‘zi yuvar, yirtilsa ham o‘zi tikib-yamardi. Bozorda pishirilgan ovqatlardan yemasdi. Sallasini katta qilib bog‘lardi. Libosining yengi keng va kalta bo‘lardi. Kiyimlarini sovun bilan kamdan-kam yuvardi. Ovoz chiqarib kulmasdi. Birovning nasibasiga va luqmasiga ko‘z olaytirmas, to‘sqinlik qilmas edi. Muloyim so‘zlar, yurayotganda ohista qadam tashlardi. Salovotu istig‘forni ko‘p takrorlar, vitr, tahajjud va tasbeh namozlarini bir-biriga yaqin vaqtda ado etardi. Ko‘p duo qilar, suhbatdoshlariga ham ko‘p-ko‘p duo qilishni tavsiya etardi. Karomatu valiyligini namoyish qilmasdi. Mo‘‘minlardan birortasi ul zotni uyiga taklif qilsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar borardi. Hech kimni va hech narsani kamsitmas edi. Birovga aslo maqtanmasdi. Tez-tez qabr ziyoratlariga borar, qabristonni yalangoyoq kezar, qabr ahliga salom berar, oyat-hadislarda naql etilgan duolarni o‘qirdi. Ko‘pincha nonni sirkaga qo‘shib iste’mol qilardi. «Duoi Sayfiy», «Qasidai Burda», «Chihil ismi a’zam» va Qur’on oyatlarini ko‘p mutolaa etardi. Kechalari soqolini ko‘p tarardi. Ko‘p foydali ishlar buyurardi. Otga kam minar, ko‘proq eshak va tuyaga minardi. Bozorga kam borardi. Islomdagi ilk to‘rt xalifa - chahoryorlarning fazilatlarini ko‘p tilga olar, ularning manqabalarini hikoya qilib berardi. Halol yeb, halol mehnat qiluvchilarni do‘st tutardi. O’limni, qiyomatni, jon berishni, qabrdagi savol-javobni, qayta tirilishni, amal kitobining o‘qilishini, amallarning tarozida tortilishini va Sirot ko‘prigidan o‘tishni ko‘p eslar va yig‘lardi. Xalqni haloldan kiyishga va halol mehnat bilan kun kechirishga tashviq etardi. Mo‘‘minlar bilan birga bir idishdan ovqat yer, ovqatlanishdan avval va keyin qo‘llarini yuvar, taomni tuz bilan boshlar va yana tuz bilan tugatar edilar. Kalimai raddi kufrni doim takrorlab yurardi . Bamdod namozidan keyin doim «Yosin» surasini o‘qishni aslo tark qilmasdi. Jumodiy us-soniy oyining oxirgi kunlari bilan Rajab oyida ro‘za tutishni kanda qilmasdi. Mis, kumush va oltin idishlarda tahorat va g‘usl qilmas edi.

Firibgar, ayyor, fosiq, mutakabbir, laqma, hiylakor, zolim kishilarni va ota-onasini ranjituvchi, janjalkash, bid’atchi, fe’li buzuq, benamoz, behuda so‘zlovchi, maddoh, soxtakor, sudxo‘r, yolg‘onchi, ochko‘z, bozorda tentirovchi haromxo‘r, odamlarga yomon laqablar qo‘yuvchi, jamiyat ishlarida o‘z manfaatini ko‘zlovchi, makr, qattiq so‘zlilik va tovlamachilik bilan haqni nohaqqa chiqaruvchi, o‘zini xalq orasida mo‘‘min, zohid, dindor, sunnatga bog‘liq, darvish, olim, taqvodor, obid, amri ma’ruf va nahy munkar qiluvchi bir inson sifatida ko‘rsatuvchi riyokor, dunyoviy maqsadlar bilan o‘zini omma orasida yaxshi va zohiran shariatga rioya qiluvchi kishi qilib namoyish etuvchi kimsalarga suhbatlarida tavba qilishni tavsiya etardi. Tavba qilmasa, o‘ziga dushman tutar va o‘z majlisidan quvib yuborardi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:35 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Nonni suv bilan kam iste’mol qilardi, lekin ko‘proq quruq non yer edi. Gapirayotganda «men» demasdi. Agar ehtiyoj bo‘lsa, «bechora» derdi. Biron kishini «ko‘ppak, to‘ng‘iz, badbaxt, la’nati, benasib» singari so‘zlar bilan so‘kmasdi. «Issiq-sovuq» demasdi. Hammomga bormasdi. Hech kimni qarg‘amas, uchragan mo‘‘minga salom berar, har bir kirib kelgan kishi uchun oyoqqa turardi. Doim fikr surar, g‘amgin edi. Adad hisobini bilmasdi. Xati go‘zal edi. Mo‘ylovlarini qisqartirib yurar, muridlari ham shunday qilishardi. Tanholikni, xilvatu uzlatni ixtiyor etardi. Ko‘pincha yovg‘on (go‘shtsiz, yog‘siz tayyorlangan suyuq ovqat) yer edi. Doimiy ravishda mujohada va riyozatli edi. Xalqning taomini yemas, avom bilan suhbatlashishdan saqlanardi. Qora etik kiyar, sallasini donishmandlarga o‘xshab o‘rar va uchini ikki yelkasi orasiga tashlardi. Yaxshi ketmon chopardi. Ishsiz, tekinxo‘r va yeyaverib semirib ketgan odamlarni do‘st tutmasdi.

Tabobat ilmi bilan aloqador narsalardan so‘zlardi. Yo‘lda ketayotib, har tomonga alanglamasdi. Majlisda barchaga taalluqli so‘zlardan gapirardi. Masjidga, xonaqohga va uyiga o‘ng oyoq bilan kirib, chap oyoq bilan chiqardi. O’ng qo‘l bilan ovqatlanar, kam taom yer edi, boshyalang namoz o‘qimas va ovqatlanmas edi. Baland ovozda qiroat qilmasdi. Agar kunda yuz marta tahorati sinsa ham qayta tahorat qilardi. Masjid, sahro, mahalla, qishloq va tog‘larga ko‘p chiqar, u yerda yashovchi turk, tojik, arab, erkagu ayol, xoja, darvish, qul, savdogar, xo‘jayin, cho‘pon, tuyakash, tanish-notanish har xil toifadagi kishilarga Islomdagi farz, vojib, sunnat, mustahab, odob, harom, halol, muboh va makruh narsalar, hayz, nifos, istihoza, oldi-sotdi va hokazo muomalalardan so‘z yuritar, imkon va toqatlariga ko‘ra tushuntirar edi.

Kimdan bir yaxshilik ko‘rsa, uni bir necha barobar qilib qaytarardi. Yonida doimo xurmo, yirik mayiz va kulcha olib yurar, atrofidagilarga ulashardi. Shayxining huzurida gapirmas edi. Odamlarning ekinzorlaridan o‘tmasdi. Namozni cho‘zib yubormasdi. Uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘zi bajarar, tegirmonga o‘zi borardi. Bahorda ko‘p sayohat qilardi. Bamdod, ishroq, avvobin, tahajjud va istixora namozlarini tark etmas edi. Shahid bo‘lishni orzu qilardi. Sadaqa va zakot berar, e’tikofga kirar, qurbonlik qilar, qul ozod etardi. Haq taoloning tahdididan qo‘rqar, va’dasiga umidvor bo‘lardi. Ko‘ngildan sevuvchi va seviluvchi, sidqu safo ahliga mansub bir inson edi. Ixlosli, halim va saxovatli zot edi. Allohga doim shukr qilar, aslo shikoyat etmasdi. Haq qismatiga rozi, har lahza o‘limga tayyor edi. Atrofidagilarga mehru shafqatli, qariyalarni hurmat qilar, norasidalarni erkalatardi. Omonatga xiyonat etmas, qarindosh-urug‘larini tez-tez ziyorat qilar, har qanday xavf-xatardan Allohga sig‘inardi. Doimiy ravishda oxiratni talab qilar, Allohdan tavfiqu toat tilardi. Qo‘ni-qo‘shnichilik haqiga rioya qilardi. Yo‘llarni yulovchilarga aziyat yetkazuvchi narsalardan tozalab yurardi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:35 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Iymoniga sho‘bha yo‘q, «haqiqatan mo‘‘minman» der edi. Musulmon jamoalar bilan tortishmas, yaxshi-yomon har qanday insonning orqasida turib namoz o‘qir, qibla ahlidan birortasini «kofir» demasdi. Katta-kichikning janoza namozini o‘qirdi. «Yaxshi va yomon har qanday qadar Allohdan» derdi. Hukmdorga bo‘ysunardi. «Iymon Janobi Haqning lutfidir», — der edi. «Banda butun azamati va mukarramligiga qaramay baribir maxluqdir... Qur’on Allohning bandalariga aytgan so‘zidir, maxluq emasdir», der edi. «Qabr azobi, Munkar va Nakir (savol-javobi) haqdir. Tiriklarning duosidan o‘liklarga naf yetadi, — der edi. «Payg‘ambar alayhissalomning shafoati va me’roji haqdir. Amal kitobi o‘qish va sirot ko‘prigi haqdir. O’n sahoba (asharai mubashshara) jannatiydirlar. Kofir doim azobda . O’likning suyagidagi otash toshdagi otash kabidir», — deb aytardi. «Alloh taoloning diydorini ko‘rish haqdir. Payg‘ambarlarning martabasi avliyoning martabasidan balanddir. Avliyoning karomati haqdir. Payg‘ambarlarning aqli avliyoning aqlidan ustundir. Mo‘‘minlarning aqli kofirlarnikidan afzaldir. Haq taolo haqiqiy ma’noda biluvchi va qudrati bilan quvvatli», — derdi.

«Insonlar besh toifaga bo‘linadilar: mo‘‘min, kofir, munofiq, gunohkor va mushrik. Iymon haqiqiydir, majoziy emas», — der edi. «Dushmanlaringni xursand qilinglar», — der edilar. «Haqning tavfiqi bandaning fe’li va g‘ayratiga bog‘liqdir. Iymon ikki a’zodagi bir narsadir. Alloh taolo hech narsaga o‘xshamaydi, boshqa narsalar ham unga o‘xshamaydi. U muayyan bir makonda emas. Balki makonni Yaratuvchidir. Unga makon hojat emas. Kasb qilib kun kechirish farzdir. Solih amal iymondandir. Iymon toatdir, ammo har qanday toat iymon emas. Har qanday gunoh ish kufr bo‘lavermaydi. Payg‘ambarlar, valiylar, mo‘‘minlar, solih zotlar va gunohkorlarning iymoni bilan Jabroil alayhissalomning iymoni bir xil. Imomning nuqsi qavmga uradi. Iymon ortmaydi va kamaymaydi. Allohning sevikli bandalaridan bu mehnat va muhabbatlari tufayli ilohiy amrlar soqit bo‘lmaydi», — der edilar .

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 21 mesaj ]  Sayfaya git 1, 2, 3  Sonraki

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 4 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
cron
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye