Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 4 mesaj ] 
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hacegî Muhammed Imkenegî -Q-
MesajGönderilme zamanı: 21.01.09, 05:06 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
XOJAGIY MUHAMMAD EMKANAGIY
(Alloh sirrini muqaddas qilsin)

Tugilishi: Qashqadaryo (Emkanak), 918 h./1512 m.
Vafoti: Qashqadaryo (Kitob tumani, Emkanak kishlog‘i), 1008 h./1600 m


Shamoili: qoramag‘iz (bug‘doyrang), yuzi nurli, siyrak soqolli, dengizdek fayzga to‘la edi. Otasi Darvesh Muhammad hazratlarining bosh xalifasi bo‘lib, obid, zohid va karomatlari ko‘p edi. Sirrini yashirardi. Zohiriy va botiniy ilmlardan ta’limni Samarqand va Buxoroda oldi, tasavvufiy tarbiyani otasi Darvesh Muhammad hazratlaridan o‘rgandi. Otasining vafotidan keyin uningxalifasi sifatida xalkni irshod qila boshladi. O’sha davr hukmdorlaridan Abdullaxon bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Abdullaxon bir tush ko‘radi. Emishki, u hazrati payg‘ambar alayhissalomning huzuriga boradi, ostonada bir muhtaram zot ichkariga kirib-chiqar, tashqaridagilarning ahvolini payg‘ambarga yetkazar, u kishidan xabar keltirar edi. Bir muddat o‘tgach, bu zot hazrat payg‘ambar berib yuborgan bir qilichni olib chiqib Abdullaxonning beliga bog‘laydi. Xon uyg‘ongach, bu zotni izlashga tushadi va nihoyat qidirib topadi. U zot - Xojagiy Emkanagiy edi.

Rivoyat qilinishicha, Xojagiy Emkanagiyning odilona maslahatiga kirmagan so‘nggi shayboniy hukmdori Pirmuhammad Samarqand taxti uchun bo‘lgan bir urushda yengiladi va o‘ldiriladi. Bu rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, Xojagiy Emkanagiy o‘sha davrda boshqa mahalliy hukmdorlar bilan ham yaqin munosabatda bo‘lgan, ularni to‘g‘ri yo‘lga solib turgan.

_______________
Emkana qishlog‘i Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan. Bu yerdagi Xoja Emkanagiy hazratlarining maqbaralari mashhur ziyoratgohdir. Ba’zi mualliflar o‘tmish davr manbalariga tayanib, yanglish tarzda Xoja Emkanagiy hazratlarining tug‘ilgan va vafot etgan viloyatlarini Samarqand deb ko‘rsatishgan (Tarj.).

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hacegî Muhammed Imkenegî -Q-
MesajGönderilme zamanı: 21.01.09, 05:07 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Naql qilinishicha, uch nafar madrasa toliblari Xojagiy Emkanagiyni ziyorat qilish uchun yo‘lga otlanadilar. Shayxning karomotini sinamoq uchun uchalasi uch xil narsani shayx tomonidan ro‘yobga chiqarilishini niyat qiladilar. Xojagiy Emkanagiyning huzuriga kelganlarida, ulardan ikkitasining shar’iy istaklari amalga oshganini, lekin uchinchisi orzu qilgan noshar’iy talabning ro‘yobga chiqmaganini ko‘rishadi. Shunda Xojagiy Emkanagiy: «Darvishlar ma’naviy hol va karomatlarga diniy qonun-qoidalarga amal qilganliklari uchun erishganlar. Ulardan noshar’iy narsani talab qilmaslik kerak. Shariatga muvofiq bo‘lsa ham imtihon qilish maqsadida ularning huzuriga borish aslo to‘g‘ri emas», — deydi va bu bilan shariat qoidalariga qattiq rioya qilishini isbotlaydi.

Maxdumi A’zam Ahmad Kosoniyning suhbatlarida ham qatnashganligi naql etilgan Xojagiy Emkanagiy o‘z ilmiy majlislarini masjidda o‘tkazardi. Ayniqsa, hadis darslariga alohida e’tibor berardi. Mehmondo‘st, taqvodor zot edi. Insonlardan holini yashirar, Haqni, haqiqatni sog‘inar, doimiy ravishda nafsini nazorat qilar, ma’rifatulloh sirlarini kashf etishga harakat qilardi.

Ishi va hayoti juda tartibli, onadan tug‘ma darvesh edi. Yonidagilar uning soyasida fayzga g‘arq bo‘lishardi. Hijriy 1008 yili Emkanakda vafot etgan. Qabri shu qishloqda ulug‘ ziyoratgohga aylantirilgan.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hacegî Muhammed Imkenegî -Q-
MesajGönderilme zamanı: 21.01.09, 05:08 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Asli rumlik bo‘lgan Hoji Xayriddin Rumiy Xojagiy Emkanagiyni tushida ko‘rib, Rumdan Movarounnahrga keladi va Emkanagiyning suhbatlarida kamol topib, undan xalifalik izni olgach, yurtiga qaytadi va xalqini irshod qiladi.

Xojagiy Emkanagiy xalifasi Muhammad Boqiyga: «Hindistondan bir imom zuhur etajak va asrning ma’naviy peshvosi bo‘lajak. Haq taolo sen orqali unga o‘z eshiklarini ochajak. Darhol uning oldiga bor. Chunki ahlulloh uning kelishiga muntazirlar», — deydi. Muhammad Boqiy hamon Hindistonga yo‘l oladi. Haqiqatan, keyingi ming yillikda dinni yangilovchi (mujaddid) bo‘lgan Muhammad Foruq (Imom Rabboniy) unga murid bo‘ladi va islom tasavvuf olamida ulkan nufuzga ega bo‘ladi.

«Purkaram» deya sifatlangan Xojagiy Muhammad Emkanagiy o‘zidan keyin Xoja Muhammad Boqi (Boqibilloh), Xoja Abulqosim (yoki Muhammad Qosim) (o‘g‘li), Muhammad Sobir, Xoja Ahmad, Muhammad Sa’id, Hoji Abdulaziz, Hoji Xayriddin Rumiy, Mavlono So‘fiy Aliobodiy, Xoja Latif Kandibodomiy, Muhammad Fozil Badaxshiy, Ya’qub Sarfiy Kashmiriy kabi xalifalariga irshod berib, shayxlik qilishga ijozat berganlar. Emkanagiy hazratlaridan so‘ng sarhalqa silsilani Muhammad Boqibilloh hazratlari davom ettirganlar. Bu zot Imomi Rabboniyni yetishtirib, u kishiga irshod ijozati berganlar. Imomi Rabboniydan so‘ng ham bu «silsilai oliyai naqshbandiya» Allohga shukrki, o‘z egalari tomonidan bizning davrimizga qadar davom etib kelayotir. O’ylaymiz va ishonamizki, inshaalloh, bu silsilai sharif qiyomatga qadar davom etadi va insoni-yatni haqiqat yo‘liga, sunnat yo‘liga da’vat etishda davom etadi. Alloh bizlarni ham shu aziz va pok insonlar izidan borishga muvaffaq aylasin.

S.Sefullah, N.Hasan

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Hacegî Muhammed Imkenegî -Q-
MesajGönderilme zamanı: 22.01.09, 15:07 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
Alıntı:
Bu rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, Xojagiy Emkanagiy o‘sha davrda boshqa mahalliy hukmdorlar bilan ham yaqin munosabatda bo‘lgan, ularni to‘g‘ri yo‘lga solib turgan.


Bu rivayetlerden ma’lum olduğu gibi, Hacegî İmkenegî işaret edilen devirde başka mahallî hükümdarlar ile hem yakın münasebette olmuş, onları doğru yola yönlendirmiştir...

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 4 mesaj ] 

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 1 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye