sufiforum.com
https://sufiforum.com/

Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Mahmud Encir-Fagnevi -Q-
https://sufiforum.com/viewtopic.php?f=167&t=518
1. sayfa (Toplam 1 sayfa)

Yazar:  AbdulAziz [ 09.01.09, 06:16 ]
Mesaj Başlığı:  Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Mahmud Encir-Fagnevi -Q-

XOJA MAHMUD ANJIR FAG’NAVIY
(Alloh sirrini muqaddas qilsin)

Tug‘ilishi: Buxoro (Vobkent tumani, Anjirfag‘niy qishlog‘i).
Vafoti: Buxoro (Anjirfag‘niy, hozirgi Anjirbog‘), h. 685/m. 1286.

Shamoili: O’rta bo‘yli, oq tanli, burni chiroyli, keng og‘izli, qora soqolli, ko‘rkam yuzli edi. Boshiga oq salla o‘rar, karomatlari juda ko‘p edi.

Buxorodan uch farsax (uch ming yoki besh ming metrlik eski o‘lchov birligi) masofa narida bo‘lgan Fag‘na qishlog‘ida tug‘ildi. Nasli sayyidzodalardan. Umr kechirish uchun duradgorlik va tijorat bilan shug‘ullanar edilar. Xoja Orif Revgariy hazratlariga xizmat qilib yetishgan, eng komil muridlaridan va eng ulug‘ xalifalaridan bo‘lgan. Hazratning xilvat, tariqat va hakikatda sirdoshi edi. Yakka shaxs uchun zikri xafiyni, jamoat uchun zikri jahriyni afzal ko‘rardi.

Vobkaniy (Vobkent) jome’ masjidida ko‘p yillar xalqni irshod qilish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Xojagon tariqatida jahriy zikrni boshlagan zotlardan edi. Zamonasining buyuk olimlaridan Hafizuddin hazratlari bir kuni Xoja Mahmuddan so‘raydi: «Tariqatingiz zikri xafiyga asoslangan bo‘lsa-da, zikri jahriya qilishingizning sababi nima?» Xoja Mahmud hazratlari: «G’ofillarning uyg‘onishlari, Allohning amrini tutishlari va zikrga rag‘bat ko‘rsatishlari uchundir. Shu tariqa ular Haq yo‘liga kiradilar, ixlos bilan tavba va intisob qiladilar, haqiqatga erishadilar. Zero, zikr butun xayrlarning va saodatlarning boshi, shuning uchun zikr ochiq bo‘lishi, xalq eshitishi va kelishi kerak», — deb buyurdilar. Hafizuddinning: «Til bilan qilingan zikrda haqiqiy bilan soxtasini qanday ajratish mumkin?» — degan savoliga Xoja Mahmud: «Jahriy zikrni dilni yolg‘ondan, g‘iybatdan, harom luqmadan, qalbni shubhadan, ko‘zni xiyonatdan va harom narsalarga boqishdan, ko‘ngilni riyo va manmanlikdan, botinni mosivodan tozalaganlar bajara oladilar» — deya javob beradilar.

Yazar:  AbdulAziz [ 09.01.09, 06:16 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Mehmet Encir Fagnevi -Q-

Fag‘naviy fikricha, oshkora yoki xufya zikrdan maqsad bir bo‘lib, hikmat, maslahat va holat zarurati har ikki nav zikrda ham mavjuddir. Biroq sayru suluk maxfiy zikrga asoslangan.

Faxriddin Ali Safiyning «Rashahot ayn ul-hayot», Badriddin Sarhindiyning «Hazarot ul-quds», Muhammad Tolibning «Matlab ut-tolibin», Majduddin Badaxshoniyning «Jomi’ us-salosil» asarlarida Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviyning katta bir oq qush shakliga kirib uchganligi va xalifasi Ali Romitaniy bilan suhbatlashganliga zikr etiladi.

Tariqat muhitida «G’ibtafarmoyi surayyo» sifati bilan tilga olinib kelgan Xoja Mahmud hazratlari o‘zlaridan keyin Husayn Amir Xurd Vobkaniy (vafoti hijriy 719/milodiy 1319 yil) va Xoja Ali Romitaniy hazratlariga shayxlik ijozati, irshod berganlar. Sarhalqa silsilani Xoja Ali Romitaniy davom ettirdilar.

Yazar:  yesevihan [ 09.01.09, 17:44 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Mahmud Encir-Fagnevi -Q-

AbdulAziz yazdı:

HOCA MAHMUD ENCİR FAGNEVÎ
(Allah sırrını muqaddes qılsın)

Doğumu:: Buhara (Vabkent tümeni, Encirfagnî kasabası).
Vefatı: Buhara (Encirfagnî, şimdi Encirbağ), h. 685/m. 1286.

Şemaili: Orta boylu, ak tenli, burnu düzgün, geniş ağızlı, kara sakallı, görkem yüzlü idi. Başına ak sarık vurur, kerametleri çok fazla idi.

Buhara'dan üç fersah (üç bin veya beş bin metrelik eski ölçü birimi) mesafe ötede olan Fagne kasabasında doğdu. Nesli seyyidzadelerdendir. Ömür geçiriş için dülgerlik ve ticaret ile meşgul idiler. Hoca Arif Rivgerî hazretlerine hizmet kılıp yetişmiş, en kamil müridlerinden ve en ulu halifelerinden oldu. Hazretin halvet, tariqat va hakikatda sırdaşı idi. Tek kişi için zikr-i hafiyi, cemaat için zikr-i cehrini efdal görürdü.

Vabkenî (Vabkent) cami mescidinde çok yıllar halqı irşad etme ile meşgul oldu. Hacegân tariqatında cehri zikri başlayan zatlardan idi. Zamanının büyük alimlerinden Hafizuddin hazretleri bir gün Hoca Mahmud'dan sordu: «Tariqatınız zikr-i hafiyi esas almış olsa-da, zikr-i cehri kılışınızın sebebi nedir?» Hoca Mahmud hazretleri: «Gafillerin uyanışları, Allah'ın emrini tutuşları ve zikre rağbet gösterişleri içindir. Şu tariqa onlar Haq yoluna giriyorlar, ihlas ile tevbe ve intisab kılıyorlar, haqiqate erişiyorlar. Zira, zikr bütün hayrların ve saadetlerin başı, şunun için zikr açık oluşu, halq işitişi ve gelişi gerek», — diye buyurdular. Hafizuddin'in: «Dil ile icra edilen zikrde haqiqi ile sahtesini nasıl ayırt etmek mümkün?» — dediği sorusuna Hoca Mahmud: «Cehri zikri dili yalandan, giybetden, haram lokmadan, qalbi şübheden, gözü hiyanetden ve haram şeylere bakıştan, gönlü riya ve ben-benlikden, batını masivadan tazeleyenler becerebilirler» — diye cevab verdiler.

AbdulAziz yazdı:
Fag‘naviy fikricha, oshkora yoki xufya zikrdan maqsad bir bo‘lib, hikmat, maslahat va holat zarurati har ikki nav zikrda ham mavjuddir. Biroq sayru suluk maxfiy zikrga asoslangan.

Faxriddin Ali Safiyning «Rashahot ayn ul-hayot», Badriddin Sarhindiyning «Hazarot ul-quds», Muhammad Tolibning «Matlab ut-tolibin», Majduddin Badaxshoniyning «Jomi’ us-salosil» asarlarida Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviyning katta bir oq qush shakliga kirib uchganligi va xalifasi Ali Romitaniy bilan suhbatlashganliga zikr etiladi.

Tariqat muhitida «G’ibtafarmoyi surayyo» sifati bilan tilga olinib kelgan Xoja Mahmud hazratlari o‘zlaridan keyin Husayn Amir Xurd Vobkaniy (vafoti hijriy 719/milodiy 1319 yil) va Xoja Ali Romitaniy hazratlariga shayxlik ijozati, irshod berganlar. Sarhalqa silsilani Xoja Ali Romitaniy davom ettirdilar.

Fagnevî fikrine göre, açıktan (aşikare) ya da gizli (hafi) zikirden maqsad bir olup, hikmet, maslahat ve halet zarureti her iki tür zikirde hem mevcuddur. Ancak seyr u süluk hafi zikiri esas almıştır.

Fahriddin Ali Safî'nin «Reşahat Aynu'l-Hayat», Bedriddin Serhindî'nin «Hazarât ul-quds», Muhammed Talib'in «Matlab ut-Tâlibin», Mecdüddin Bedahşanî'nin «Cami’ us-selasil» eserlerinde Hoca Mahmud Enjir Fagnevî'nin büyük bir Ak Kuş şekline girib uçmuşluğu ve halifesi Ali Ramitanî ile sohbetleştiği zikr edilmektedir.

Tariqat muhitindr «Gibtafermayi Süreyya» sıfatı ile dile alınıp gelen Hoca Mahmud hazretleri özlerinden sonra Huseyn Emir Hurd Vabkenî (vefatı hicri 719/miladî 1319. yıl) ve Hoca Ali Ramitenî hazretlerine şeyhlik icazeti, irşad vermiştir. Serhalqa silsileni Hoca Ali Ramitenî devam ettirdiler.

Yazar:  AbdulAziz [ 10.01.09, 06:47 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Mahmud Encir-Fagnevi -Q-

Duradgor - dulger

Yazar:  kurucu [ 10.01.09, 17:39 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Mahmud Encir-Fagnevi -Q-

Alıntı:

Zamanının büyük alimlerinden Hafizuddin hazretleri bir gün Hoca Mahmud Encirfagnevî'den sordu:

«Tariqatınız zikr-i hafiyi esas almış olsa-da, zikr-i cehri kılışınızın sebebi nedir?»

Hoca Mahmud Encirfagnevî hazretleri: «Gafillerin uyanışları, Allah'ın emrini tutuşları ve zikre rağbet gösterişleri içindir. Şu tariqa onlar Haq yoluna giriyorlar, ihlas ile tevbe ve intisab kılıyorlar, haqiqate erişiyorlar. Zira, zikr bütün hayrların ve saadetlerin başı, şunun için zikr açık oluşu, halq işitişi ve gelişi gerek», — diye buyurdular.

"Gafillerin uyanışları"na bugün de ihtiyaç yok mu?

1. sayfa (Toplam 1 sayfa) Tüm zamanlar UTC + 2 saat
Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group
http://www.phpbb.com/