- HACEGÂN NAQSHBANDIYYA MEŞAYIHLARI -
XOJA ORIF REVGARIY (Allah sirrini muqaddas qilsin)
Tug‘ilishi: Buxoro (Revgar), hijriy 560/milodiy 1165 Vafoti: (Revgar), hijriy 660/milodiy 1236-37
Shamoili: Xoja Muhammad Orif Revgariy o‘rta bo‘yli, oy yuzli, ko‘zlari katta-katta, qoshlari ingichka va hiloldek, qizg‘ish rang edi. Vujudidan xushbo‘y hid taralardi. Ulug‘ valiylardan bo‘lib, ilm, hilm, zuhd, taqvo, riyozat va ibodat ahli edi.
«Maqomoti Abdulxoliq G’ijduvoniy va Orifi Revgariy» asarida rivoyat qilinishicha, Revgariy bolaligidayoq Abdulxoliq G’ijduvoniyning xizmatini qila boshlagan. U tinimsiz riyozat chekar, hatto g‘aflat uyqusiga tolmaslik uchun ko‘ziga tuz separ ekan. Buni ko‘rgan Xizr alayhissalom uning kelajakda ma’rifat sohibi bo‘lib yetishishi uchun duo qilgan. Shu duo barakoti bilan Xoja Revgariy «orif» laqabiga musharraf bo‘lgan ekan.
«Risolai Sig‘noqiy» asarida bayon etilishicha, kunlardan bir kun Xoja Ahmad Yassaviy taom pishirayotib, muridi Xoja Dug‘iyni G’ijduvonga borib, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniydan qatiq olib kelishni buyuradi. Xoja Dug‘iy G’ijduvonga yetib bormasdanoq G’ijduvoniyning xalifasi Xoja Orif Revgariy Ahmad Yassaviy huzuriga qatiq olib keladi. Bundan xabar topgan Xoja Dug‘iy: «Orifning holi mendan ustun keldi», — deya Xoja Orifning kamolotini e’tirof etadi.
_________________

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur. Hz.Ali r.a.
|