sufiforum.com
https://sufiforum.com/

Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Arif Rivgerî -Q-
https://sufiforum.com/viewtopic.php?f=167&t=457
1. sayfa (Toplam 1 sayfa)

Yazar:  AbdulAziz [ 05.01.09, 06:50 ]
Mesaj Başlığı:  Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Arif Rivgerî -Q-

- HACEGÂN NAQSHBANDIYYA MEŞAYIHLARI -

XOJA ORIF REVGARIY
(Allah sirrini muqaddas qilsin)

Tug‘ilishi: Buxoro (Revgar), hijriy 560/milodiy 1165
Vafoti: (Revgar), hijriy 660/milodiy 1236-37


Shamoili: Xoja Muhammad Orif Revgariy o‘rta bo‘yli, oy yuzli, ko‘zlari katta-katta, qoshlari ingichka va hiloldek, qizg‘ish rang edi. Vujudidan xushbo‘y hid taralardi. Ulug‘ valiylardan bo‘lib, ilm, hilm, zuhd, taqvo, riyozat va ibodat ahli edi.

«Maqomoti Abdulxoliq G’ijduvoniy va Orifi Revgariy» asarida rivoyat qilinishicha, Revgariy bolaligidayoq Abdulxoliq G’ijduvoniyning xizmatini qila boshlagan. U tinimsiz riyozat chekar, hatto g‘aflat uyqusiga tolmaslik uchun ko‘ziga tuz separ ekan. Buni ko‘rgan Xizr alayhissalom uning kelajakda ma’rifat sohibi bo‘lib yetishishi uchun duo qilgan. Shu duo barakoti bilan Xoja Revgariy «orif» laqabiga musharraf bo‘lgan ekan.

«Risolai Sig‘noqiy» asarida bayon etilishicha, kunlardan bir kun Xoja Ahmad Yassaviy taom pishirayotib, muridi Xoja Dug‘iyni G’ijduvonga borib, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniydan qatiq olib kelishni buyuradi. Xoja Dug‘iy G’ijduvonga yetib bormasdanoq G’ijduvoniyning xalifasi Xoja Orif Revgariy Ahmad Yassaviy huzuriga qatiq olib keladi. Bundan xabar topgan Xoja Dug‘iy: «Orifning holi mendan ustun keldi», — deya Xoja Orifning kamolotini e’tirof etadi.

Yazar:  AbdulAziz [ 05.01.09, 06:50 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Arif Revgariy -Q-

Yana manqabalarda yozilishicha, Xoja Orif ustozi kabi muqaddas Ka’bani Buxoroga keltirish, devorga minish va hokazo kashfu karomatlar zohir etgan valiy zotdir. U Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlarining uzoq yillar xizmatida bo‘lgan eng fazilatli muridlaridan va buyuk xalifalaridan edi. Sayru sulukda ustozi (piri) joriy qilgan tariqatning asos va qoidalariga birma-bir amal qilib, fayzga erishdi.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning sunnatiga ergashishda juda talabchanligi bois, yuksak darajaga yetgan edi. Abdulxoliq G’ijduvoniy vafotidan keyin uning yo‘lini davom ettirishda samimiy ixlos va g‘ayrat ko‘rsatgan. Shuning uchun o‘zidan to‘rt avlod keyin keladigan Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari ular izidan borib, ruhoniyatlaridan fayz olib, dunyoga mashhur bo‘lganlar.

Xoja Orif Revgariyning bizgacha ma’lum bo‘lgan yagona asari «Orifnoma»dir. Hijriy 622 (milodiy 1225) yil qalamga olingan bu asarda ilk so‘fiylarning fikr-qarashlari bilan bir birga, ustozi Abdulxoliq G’ijduvoniy bilan bog‘liq manqabalar ham o‘rin olgan.

Yazar:  AbdulAziz [ 05.01.09, 06:51 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Arif Revgariy -Q-

Muhammad Tolibning «Matlab ut-tolibin» asarida Xoja Orifning «Tadbirga bog‘liq, taqdirga munkir kishi do‘zaxiy, ilohiy taqdirga taslim bo‘lgan kishi esa jannatiydir», degan so‘zlari qayd etilgan.

Buyuk avliyo va oriflardan bo‘lgan Xoja Orif Revgariy hazratlari umrining oxirida huzur-halovat bilan jahriy zikr qilishni bosh xalifasi Mahmud Anjir Fag‘naviy hazratlariga o‘rgatganlar. Bu oshkora zikr ta’limi zamon ehtiyojlaridan edi. Zikrdan g‘ofil bo‘lgan xalq zikri jahriyani eshitish bilan zavq va shavqqa to‘lar, jamoa bo‘lib qilingan zikrdan ma’naviy foyda va fayzlar olardi.

«Mohitobon», «peshvoyi orifon» sifatlari bilan sifatlangan hazrati Xojaning qabri shariflari Revgarda ziyoratgohdir. Xoja Orif hazratlaridan so‘ng xalifalari Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy (Alloh sirrini muqaddas qilsin) sarhalqa silsilani davom etirdilar.

S.Sayfullah, N.Hasan

Yazar:  yesevihan [ 05.01.09, 14:16 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Arif Revgariy -Q-

«Risolai Sig‘noqiy» asarida bayon etilishicha, kunlardan bir kun Xoja Ahmad Yassaviy taom pishirayotib, muridi Xoja Dug‘iyni G’ijduvonga borib, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniydan qatiq olib kelishni buyuradi. Xoja Dug‘iy G’ijduvonga yetib bormasdanoq G’ijduvoniyning xalifasi Xoja Orif Revgariy Ahmad Yassaviy huzuriga qatiq olib keladi. Bundan xabar topgan Xoja Dug‘iy: «Orifning holi mendan ustun keldi», — deya Xoja Orifning kamolotini e’tirof etadi.


«Risale-i Sıgnakî» eserinde beyan edildiği gibi, günlerden bir gün Hoca Ahmed Yesevî taam pişirtmekteydi, müridi Hoca Dugî'yi Gücduvan'a varıp, Hoca Abdulhalık Gücduvanî'den katık alıp gelişini buyuruyor. Hoca Dugî Gücduvan'a yetib varmadan önce Gücduvanî'ning- halifesi Hoca Arif Rivgerî Ahmed Yesevî huzuruna katık alıp geliyor. Bundan haberdar olan Hoca Dugî: «Arif'in hali benden üstün geldi», — diye Hoca Arif'in kemalâtını itiraf etti.

Yazar:  kurucu [ 05.01.09, 23:15 ]
Mesaj Başlığı:  Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Arif Rivgerî -Q-

Rivger kasabası Buhara'ya kilometre olarak ne kadar mesafede ve hangi tarafında?

Hatta mümkün ise Rivger; Ramitan ;Fagne; Emkineg, Çerh gibi evliyaullaha isim olmuş kasabaların haritası var ise eklense (Bugün isimleri değişmiş ise o isimleri de yanlarında parantez içi yazılsa) cok iyi olacak...

1. sayfa (Toplam 1 sayfa) Tüm zamanlar UTC + 2 saat
Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group
http://www.phpbb.com/