Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 9 mesaj ] 
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Adâb-ı Tarikat / Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 02:41 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
HOCA YUSUF HEMEDANÎ

ADÂB-I TARIQAT

(Komil) bir shayx bilan bevosita suhbatdan mahrum bo‘lgan murid (Haq yo‘l tolibi) har kuni avliyoulloh toifasi (Xudoning do‘stlari) so‘zlaridan sakkiz varaq (o‘n olti bet) mutolaa etishi kerak. Bu so‘zlar ta’sirida muridning ko‘ngli jonlanadi.

Shunga binoan murid (solik) o‘z yo‘li (suluki)ni va yo‘nalishini quyidagi to‘rt asosga ko‘ra belgilashi, bino qilishi lozim:

Birinchi asos nafs riyozatidirki, tafsiloti uzun bo‘lsa ham qisqacha ta’riflab o‘tamiz: inson shahvat, ya’ni dunyoviy orzu-istagi o‘lchovida emas, balki hojat doirasida yeyishi, ichishi, kiyinishi kerak. Agar bir kecha-kunduzda bir marta taom yeyish kifoya qilsa, ikki marta yeyishi kerak emas. Agar bir marta ozgina yeyish kifoya qilsa, to‘yib yemasligi lozim. Modomiki, ochlik og‘ir bir mashaqqat ekan, murid hayotini ochlik asosiga qurishi kerak emas. U holdan toyishi va nobud bo‘lishi mumkin. To nafs mashaqqatlarga moslashmasa, shayton undan yiroqlashmaydi. Dunyo xayoli ko‘z o‘ngidan ketmasa va shahvati o‘lmasa, maqsadga (Haq rizosiga) erisholmaydi. To uzoq muddat ochlikni o‘ziga odat va kasb qilib olmasa, albatta bu asror va ma’naviy hollar qo‘lga kiritilmaydi.

_______________
* Yusuf Hamadoniy. Risola (dar odobi tariqat). Istanbul, Millat kutubxonasi, № 1028, 13a -146.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adab-i tarikat. Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 02:46 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Riyozatning yana bir ko‘rinishi uzlat bo‘lib, uning ham bir qancha shartlari mavjud. Albatta, bu shartlarni ushbu mo‘‘jaz risolamizda birma-bir sharhlay olmaymiz. Xilvat va uzlat tariqatning muborak bir asoslaridan bo‘lib, uning natijalaridan biri ko‘ngil va zehnning muhofaza etilishidir. Ya’ni, ko‘ngilni (har turli illatlardan) avaylab-asrash va zehnni sog‘lom aql-idrokda tutish faqatgina xilvat bilangina amalga oshadi.

Riyozatning boshqa bir turi esa kam uxlashdir. Ko‘p uyqu umrni zoe’ etadi, badanni bo‘shashtiradi, ish unumi va ishtiyoqini yo‘qotadi. Imom G’azzoliy bu haqda yozadilar: «Kishi bir kunda sakkiz soatdan ortiq uxlamasligi kerak. Aks holda inson umrining uchdan birini yo‘qotgan bo‘ladi». Aziz umrning uchdan birini zoe’ qilish hollari hayotimizda ko‘p uchraydi. Yeyish va uxlash o‘z shartiga muvofiq bo‘lsa, ziyoni kam bo‘ladi. Ularning shartu darajalari ko‘pdir. Birinchisi, murid qorni ochib, ehtiyoj sezganida, tahoratli holda va yaqinlari bilan birgalikda ovqatlanishi kerak. Og‘ziga luqmani kichikroq olishi, ocharchilikda qolgandek (shosha-pisha) ovqatlanmasligi lozim. Albatta, sunnatga muvofiq avvalo qo‘l-og‘zini chayqashi, birovning luqmasini yemasligi, «bismilloh» deb yeyishi va ne’mat shukronasini bajo keltirishi kerak.

Uyquga kelsak, tahoratli holda yotishi lozim, qorni to‘q uxlamasligi, payg‘ambarimiz va sahobalardan naql etilgan duolarni o‘qib, salovot aytib, Allohni zikr qilgan holda uyquga ketiladi. Uyg‘onib o‘rnidan turganida, birinchi, Xudoni zikr qilishi, ikkinchi, tahorat olishi, uchinchi, namozga g‘ayrat ko‘rsatishi, kun chiqqunga qadar uxlab qolmasligi kerak.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adab-i tarikat. Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 02:48 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Ikkinchi asos — luqmaning va xirqaning halol bo‘lishi. Chunki harom luqma tufayli qalbda nur hosil bo‘lmaydi. Harom libos bilan esa ibodat zavqini totib bo‘lmaydi.

Shayx Junayd Bag‘dodiy (Alloh sirrini muqaddas qilsin) hazratlari bu haqda: «Yeyish-ichish va turar joy pok bo‘lsa, boshqa barcha ishlar tuzaladi», deydilar. Bunday deyishlariga sabab, Haq yo‘lining muridi va oxirat safarining soliki ko‘p dunyoviy ishlardan forig‘ bo‘lib, oz narsa bilan kifoyalanadi. Har bir inson quyidagi uch narsani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi zarur: xirqa, luqma va maskan. Bularning uchalasi ham pok va halol bo‘lgan taqdirda, kishining barcha ishlari rivoj topadi. Harom va ma’siyatlardan ehtiyot bo‘lish va parhez qilish vojibdir. Haromxo‘r va fosiqlardan yiroqlashish lozim. To‘g‘ri yo‘lga kirmagan, sening yo‘lingda bo‘lmagan kishilar suhbatidan uzoqlashishing kerak. Solikni fosiq-fojirlarning suhbatidek boshqa biror narsa yo‘ldan adashtirmaydi. Bu ma’no zohir, mushohada qilingan va aniqdir. Din va shariat yo‘lida yurmagan kishi bir kunda minglab g‘ayriodatiy holatlar sodir etsa ham u shaytonga ergashgan hisoblanadi. Sunnatga xilof narsaga e’tiqod qo‘ygan odam dunyoning ilmini yod olgan bo‘lishiga qaramay, u yo‘lto‘sar qaroqchi hisoblanadi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adab-i tarikat. Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 02:50 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Uchinchi asos mujohada bo‘lib, u shayton, dunyo va yomonlikka buyuruvchi nafs singari botiniy dushmanlarga qarshi mujohada qilmoq - kurashmoqdir. Shuni bilginki, nafs, shayton va dunyo - din yo‘lidan ozdirish uchun bandaning iroda va ixtiyor yo‘liga g‘ov bo‘lib o‘tirib olishgan. Shayton vasvasa qilib, gunoh ishlar qilishga da’vat etadi, nafs hiyla-nayrang orqali fisqu fasodga chaqiradi. Dunyo esa ko‘z oldingda o‘ziga oro berib, jilvalanadi, o‘ziga xizmat qilishga chorlaydi. Mujohada sening ixtiyor va irodang o‘rin olgan ko‘ngil darvozasiga o‘tirib, muroqabaga da’vat qiladi. Qalbga kelgan fikr-xotiralar agar gunoh bo‘lsa, shaytondan kelayotganini anglab, uni daf qilishga mashg‘ul bo‘ladi, ya’ni, sadoqat va huzur bilan Allohning dargohiga iltijo qiladi. Banda Alloh taoloning dargohidan madad so‘rashni o‘ziga qalqon qilib, shaytonga qarshi turadi. Shu yo‘l bilan inson gunoh qilishdan saqlanadi va shayton daf bo‘ladi. Agar qalbga kelayotgan fikr nafsoniy rohat va istaklardan iborat shahvoniy xotira bo‘lsa, Alloh taoloning huzuriga sig‘inib, och qolish, kechasi ibodat qilish, xayrli bir safarga yayov chiqish yoki xalq orasida o‘zini malomat qiluvchi, ommaning nafratiga sazovor etuvchi bir ish sodir etadiki, bu orqali nafsiga or, nafrat va malomat keltiradi. Zero, dushmanni bir marta yengib, qurolini qo‘lidan tortib oldingmi, endi u bilan kurashish oson kechadi.

Oriflar sultoni Boyazid Bastomiy hazratlaridan: «Alloh taolo bu yo‘lda boshingizga solgan eng katta balo qanday edi?», — deb so‘rashdi. «Aytsam, eshitishga toqat qilolmaysizlar», — deya javob berdi u. «Hech bo‘lmasa, eng kichik balo qanday edi?»—deb takror so‘raldi. U yana: «Eshitishga toqat qilolmaysizlar», — dedi. Yana: «Sizning o‘zingizga yetkazgan eng kichik balo nima edi?» — deb so‘raganlarida, nihoyat: «Nafsimni bo‘ysundirishga harakat qildim, bo‘ysunmadi. Men esa bir yil mobaynida uning aytganlarini qilmay qo‘ydim», —dedi. Demak, ulug‘ mashoyixlar ayttanlarki, «Agar bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarni o‘z nafsingga shafe’ keltirsang-u, o‘zingdan astoydil biron-bir harakat bo‘lmasa, hech foydasi yo‘q. Bilginki, nafsingni och-nahor va yalang‘och tashlab qo‘ysang, barcha xohishlaring amalga oshaveradi».

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adab-i tarikat. Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 02:51 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Xullas, shariat yo‘lida yurishning usuli - shaytonga muxolifat aylash bilan birga, ko‘p toat va go‘zal ibodat qilishdir. Oxirat yo‘li shaytonga qarshi kurashish orqali oydinlashadi. Qurb — Allohga yaqinlik maqomiga erishish, karomat — Haqning ikromiga noil bo‘lish, ma’rifat — Uning sifatlari va zotining haqiqatlariga yetish, jamolu jalolini mushohada etish, sirlari va nurlarining tajallisini kashf etish - bularning barchasi nafsga muxolifat qilish orqali ro‘yobga chiqadi. Xulosa qilib aytganda, dunyo - oxiratning pardasi, shayton- shariatning pardasi, insonning borlig‘i esa haqiqatning pardasidir. Inson dunyoni tark etishga harakat qilsa, ya’ni dunyoviy orzu-havaslarni ko‘nglidan chiqarishga intilsa, unga albatta oxiratning jamoli ko‘rinadi. Nafsni sindirish, tizginlash uchun kurashsa, uning istaklariga muxolifatda bo‘lsa, albatta, Zuljalol (Alloh)ning zoti va sifatlarini mushohada etish namoyon bo‘ladi. Shayton vasvasasidan hazar qilib, o‘zlarini ma’siyatdan va Allohga muxolifatda bo‘lishdan saqlanganliklari uchun mazhab arboblari, ulamolar va o‘tmish solih zotlarga minglab haqiqat eshiklari va ma’noyu sharhlar keng ochilgan. Din usuli va furu’i (qoidalari)da insonlar shunday buyuklar soyasida: «Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan — kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir» (Ankabut surasi, 69-oyat) ma’rifatiga noil bo‘lishgan.

Inson qalbida yuzaga kelgan fikr-tushunchalar to‘rt xil bo‘ladi: shaytoniy vasvasa, nafs hiylasi, dunyo sevgisi bilan taskin topish va Alloh taoloning amri bilan farishtadan keladigan ilhom. Bu tuyg‘ularni faqatgina qalb nuri orqali bilish va ular orasidagi tafovutni farqlash mumkin. Ko‘ngil nuri esa faqat Allohni zikr qilish bilangina hosil bo‘ladi. Chunonchi, Alloh taolo buyuradi: «Ular Alloh zikr qilinganida dillari qo‘rquvga tushadigan, o‘zlariga yetgan balolarga sabr-toqat qiladigan... zotlardir» (Haj surasi, 35-oyat).

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adab-i tarikat. Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 02:54 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
To‘rtinchi asos - zikr. Shuni bilginki, ibodat, taqvo, riyozat va mujohada singari bir qancha yo‘llar bo‘lsa-da, ammo Janobi Haqni zikr qilmaguncha haqiqat yo‘li ochilmaydi. Xoja Abu Ali Daqqoq: «Zikr valiylikning bilaguzugidir» demish. Shu bois zikr maqomiga erishganlar uchun valiylik darajasi ehson etildi, zikrdan yiroqlashganlarni esa valiylikdan mahrum qildilar. Haqiqiy zikr qalb bilan bo‘ladi. Qalb zikriga muyassar bo‘lgan solik farz va sunnatlardan tashqari qolgan vaqtini zikrdan boshqa narsa bilan o‘tkazmasligi kerak. Alloh taoloni ko‘plab ismlari bilan zikr qilish mumkin bo‘lsa-da, ismlarining sultoni «Alloh»dir. Bunday keyin esa Haqning quyidagi to‘rt sara ismlari bor: «Subhanalloh», «Alhamdulillah», «La ilaha ilalloh» va «Allohu akbar». «Subhanalloh» Alloh taoloni tasbeh etish — poklash, «Alhamdulillah» tahmid — Unga hamd aytish, «La ilaha illalloh» tavhid — Uning yagonaligini e’tirof etish, «Allohu akbar» esa takbir — Uni ulug‘lashdir. Bu kalimalardan qaysi birini tanlab zikr qilinsa ham a’lodir. Ammo soliklarning ko‘pi «La ilaha illalloh»ni ixtiyor etishgan. Chunki kishini mosivo — dunyoviy aloqa va to‘siqlardan xalos aylab, haqiqat va tariqatlarga yetkazadigan, o‘rtadan pardani ko‘taradigan kalima ham shu. Shunday ekan, solik bir kecha-kunduzda bir necha muayyan soatda uyda tanho o‘tirib, tahoratli holda, pokiza libos kiyib, ta’zim va hurmat bilan qiblaga yuzlanib, ko‘zlarini yumadi va «La ilaha illalloh»ni madd (cho‘ziq unli harf)larini cho‘zib o‘qiydi, botinini nazorat ostiga oladi. Ko‘ngilga keladigan Haqdan tashqari har qanday o‘tkinchi fikr, xayol va hoyu havaslarni mana shu kalima (zikr usuli) bilan yiroqlashtiradi. Natijada, u qalbda Alloh mushohada etiladi. Bu kalimani doimiy takrorlash bilan uning haqiqati shu qadar ayon bo‘ladiki, bu haqda Qur’oni karimda aytiladi: «Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar» (Oli Imron surasi, 191-oyat). Ushbu oyatda buyurilganidek, doimiy zikr tufayli solik o‘ngidan parda, zulmat va xayollar ko‘tariladi, Allohning lutf buluti uni qamrab oladi, fazilat yomg‘iri yog‘a boshlaydi, latofat va saodat shamoli esadi. Ana shunda ba’zi sirlar namoyon bo‘ladi, ba’zi latoif sadolari eshitiladi. So‘z bilan tushuntirib, izohlab bo‘lmaydigan ba’zi ilohiy lazzatlarning mazasi totiladi. Aytganlaridek, bayt:

Ishqing tufayli paydo bo‘lgan ul dardni,
His qilish mumkin-u, hech anglatib bo‘lmas...


Risale bitdi

Seyfiddin Seyfullah ve Nadirhan Hasan tercumalari

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adab-ı Tarikat / Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 17:42 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
AbdulAziz yazdı:
HOCA YUSUF HEMEDANÎ

ADÂB-I TARIQAT

(Komil) bir shayx bilan bevosita suhbatdan mahrum bo‘lgan murid (Haq yo‘l tolibi) har kuni avliyoulloh toifasi (Xudoning do‘stlari) so‘zlaridan sakkiz varaq (o‘n olti bet) mutolaa etishi kerak. Bu so‘zlar ta’sirida muridning ko‘ngli jonlanadi.
---
* Yusuf Hamadoniy. Risola (dar odobi tariqat). Istanbul, Millat kutubxonasi, № 1028, 13a -146.




"Kâmil bir şeyh ile vasıtasız sohbetten mahrum olan mürid (Hakk yol talibi) her gün evliyaullah taifesi (Allah dostları) sözlerinden sekiz yaprak (16 sahife) okuması gerek. Bu szöler tesiri ile müridin gönlü canlanıyor..."

Yusuf Hemedanî; Risale (der Adâb-ı Tarikat)...


Pir'imiz Yusuf Hemedani'nin şu talimatını ilk okuduğum günden bu yana uymağa gayret ederim.
Düşünün bir Hz. Pir Yusuf Hemedani'nin yaşadığı 11. yüzyılda kitaba ulaşmak ne kadar zor idi; ve bu zorluğa rağmen Hz. Pir ne güzel özetlemiş konuyu...

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adâb-ı Tarikat / Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 03.01.09, 09:51 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 14.12.08, 12:14
Mesajlar: 1108
Forum üyeleri olarak Yusuf Hemedani Hz.nin şu öğüdünü yerine getirme sözü ( hergün bir ehlullah (ALLAH dostu) kitabından en az 16 sayfa okuma sözü ) verelim mi?

Hangi kitablar okunmalı denirse:

Miftahul-Kulûb
Müzekkin-Nüfus
Mektubat-ı Rabbani
Reşehât
Marifetname
Kitabun-Netice
Divan-ı Hikmet
Mesnevi-i Şerif
Fethur-Rabbani
Fütuhul-Gayb


İlk aklıma geliveren kitaplar...

Şu foruma gelip sadece ana sayfadan konulara bakanların bile herhalde evlerinde şu kitapların birisi vardır ... (Yok ise olmalı !...)

_________________
" Hayrlar feth olsun ; şerler def olsun !..."


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Adâb-ı Tarikat / Hoca Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 05.01.09, 14:44 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
Oriflar sultoni Boyazid Bastomiy hazratlaridan: «Alloh taolo bu yo‘lda boshingizga solgan eng katta balo qanday edi?», — deb so‘rashdi. «Aytsam, eshitishga toqat qilolmaysizlar», — deya javob berdi u. «Hech bo‘lmasa, eng kichik balo qanday edi?»—deb takror so‘raldi. U yana: «Eshitishga toqat qilolmaysizlar», — dedi. Yana: «Sizning o‘zingizga yetkazgan eng kichik balo nima edi?» — deb so‘raganlarida, nihoyat: «Nafsimni bo‘ysundirishga harakat qildim, bo‘ysunmadi. Men esa bir yil mobaynida uning aytganlarini qilmay qo‘ydim», —dedi.

Arifler sultanı Bayezid Bistamî hazretlerinden: «Allah Teala bu yolda başınıza gelen en büyük bela nasıl idi?», — diye soruldu. «Söylesem, işitmeğe takat kılamazsınız», — diye cevab verdi O. «Hiç olmazsa, en küçük bela nasıl idi?»—deyip tekrar soruldu. O yine: «İşitmeğe takat kılamazsınız», — dedi. Yine: «Sizin özünüze yetişen en küçük bela ne idi?» — deyip sorduklarında, nihayet: «Nefsimi boyun eğdirmeğe hareket eyledim, boyun eğmedi. Ben ise bir yıl boyunca onun dediklerini yapmayıp koydum», —dedi.

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 9 mesaj ] 

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 0 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
cron
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye