Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 1 mesaj ] 
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Ebu Bekr Keffal Şaşî
MesajGönderilme zamanı: 28.05.09, 20:39 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
ABU BAKR QAFFOL ShOShIY VA UNING ILMIY-MA’NAVIY MYeROSI

2.1. Imom Qaffol Shoshiyning hayoti va faoliyati

Islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi «imom» darajasiga erishgan ko‘plab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy ham alohida o‘rin egallaydi. Zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug‘lagan bu zotning to‘liq ismi - Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «katta», «ulug‘» ma’nosini ifodalaydigan «Kabir» so‘zini qo‘shib yozaailar. Alloma mohir hunarmand bo‘lib, qulfsozliqda shuhrat qozonganligi bois «Qaffol»22*, ya’ni qulfchi, qulfsoz degan nom bilan e’zozlangan va bu so‘z uning taxallusiga aylanib ketgan. Bu hakda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy o‘zining «al-Ansob» asarida shunday yozadi: «Qaffol - qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy Shosh ahlidan bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U o‘z zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi Magribu Mashriqqa yoyilgan»227.

Shamsuddin Zahabiy esa uni nafaqat Movarounnahr, balki Xuroson olimi sifatida ham e’tirof etadi: «Alloma, lug‘at, usul, fiqhimomi Xuroson olimlaridan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Shoshiy Shofi’iy «Katta Qaffol» nomi bilan mashhur bo‘lgan. U zot Movarounnahrda o‘z davrining imomi bo‘lib, bir necha kitoblar musannifi bo‘lgan»22*.

Shayx Muhyiddin Navaviyning aytishlaricha, agar Qaffol Shoshiy deb zikr qilinsa, bundan maqsad - ana

50

o‘sha biz tanigan buyuk imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy tushuniladi. Agar Qaffol Marvaziy deb aytilsa, unda bu zotdan keyin yashab, faoliyat ko‘rsatgan «Kichik Qaffol» tushuniladi. Shoshiy («Katta Qaffol») atamasi tafsir, hadis, usul, kalom ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy («Kichik Qaffol») so‘zi esa fiqhga taalluqli asarlarda uchraydi229.

Tojuddin Subkiy esa vatandoshimizni quyidagicha ta’riflaydi: «U zamonasining ulug‘ imomlaridan biri, bir qancha ilmlarda keng qobiliyat va ochiqqo‘l egasi bo‘lgan buyuk insondir. Abu Bakr Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, usul, furu’, lug‘at va she’riyat ilmlarida hamda zuhd va taqvoda imom(peshvo)lardan biri bo‘lgan. U ko‘plab ilmlarni muhofaza qilgan, o‘zi keltirgan narsalarni tahqiqetib, ularni go‘zal tasarruf qiluvchi zamon shaxslaridan biri edi»230.

Abu Bakr Qaffol Shoshiyning Islom olamidagi obro‘-e’tibori va mavqei, ilmiy salohiyati haqida o‘rta asr arab mualliflari o‘z asarlarida alohida ta’kidlab o‘tishgan. Jumladan, Ibn Xallikon o‘zining «Vafoyot al-a’yon» kitobida «Abu Bakr Qaffol Shoshiy o‘z zamonasining imomi bo‘lgan. U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r bitish bo‘yicha Movarounnahrdagi shofi’iy mazhabiga mansub olimlar orasida tengi yo‘qbo‘lgan. U Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Sug‘ur (Shimoliy Suriya) safarida bo‘lgan, uning dong‘i bu o‘lkalarda ham keng tarqalgan», - deb qayd etgan2".

Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy o‘zining «al-Ansob» kitobidaToshkentnishundayta’riflaydi:«Sayxun daryosi ortidagi, turklar bilan chegaradosh shahar bo‘lib, u «Shosh» deb ataladi. Bu yerdan ko‘plab imomlar yetishib chiqqan». Sam’oniy shoshlik imomlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib, jumladan, Qaffol Shoshiy haqida shunday yozadi: «Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha zamonasida unga teng keladigan olim yo‘qedi... Qaffyul Shoshiy to‘g‘risida shunday naql mavjud bo‘lgan:

«Bu Abu Bakr qulfsoz faqih»,

Fiqh bilan qiyin qulflar(masalalar)ni ochuvchidir»t.

Ma’lumki, Qaffol Shoshiy 291/904 yilda Shoshda tug‘ilib, dastlabki bilimni o‘z yurtida, keyinchalik

51

Movarounnahrdagi mavjud ma’rifat o‘choqlarida oladi. Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezib, bu yerlarda o‘zidan sal oldinroq o‘tgan va bebaho diniy-ilmiy meros qoldirgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi yirik olimlarning asarlari bilan tanishadi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislarini eshitadi va o‘rganadi.

Shuningdek, Abu Bakr Qaffol Shoshiy Xurosonga borib, Muhammad ibn Ishoq ibn Xuzayma, Muhammad ibn Ishoq Sarroj, Umar ibn Muhammad ibn Buxayr Samarqandiydan, Iroqda buyuk mufassir Muhammad ibn Jarir Tabariy, Muso ibn Abdulhamid va Abdulloh ibn Muhammad Bag‘oviy, ibn Abu Dovud, ibn Sog‘iddan, Kufada esa Abdulloh ibn Zaydon, Ali ibn Abbos Muqoni’iydan, Shomda Abulhamiymdan, Jazirada (Arabiston yarim oroli) esa Abu Aruba Harroniy kabi katta olimlardan dars olgan va boshqa tabaqalardan hadislar eshitgan233.

Shamsuddin Zahabiy «Siyar a’lom an-nubalo» asarida keltirishicha, «Hokim aytadi: Movarounnahrda usul ilmi va hadis talabi ila eng ko‘p safar qilgan olim Qaffol Shoshiy edi»234.

O’z navbatida, Qaffol Shoshiydan ham ba’zi olimlar hadislar eshitishgan va o‘rganishgan. «Tadvin fi axbori Qazvin» («Qazvin xabarlari haqida bitiklar») nomli kitobda bu xususda ma’lumotlar berilgan. Hijriy 350 (mil. 962) yildan keyin Qaffol Shoshiy Qazvin shahriga keladi. Bu yerda Abu Mansur Qatton va shunga o‘xshash olimlar Qaffol Shoshiyning majlislarida hozir bo‘lishib, undan hadislar va ba’zi ma’lumotlarni yozib olishgan.

Turli manbalarda Qaffol Shoshiydan rivoyat qilingan hadislar mavjud: «Abu Hotam Muhammad ibn Abdulvohid Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol Shoshiydan, undan Abu Ali Hasan ibn Sohib Shoshiy, undan Yunus ibn Ibrohim Adaniy, undan Abdulhamid ibn Solih, undan Solih ibn Abduljabbor Hazramiy, undan Muhammad ibn Abdurahmon Baylamoniy, bu zot otalaridan, otalari esa Ibn Umardan, Ibn Umar Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishgan. Rasululloh (s.a.v.): «She’rni o‘rganinglar, chunki unda hikmat va masallar bordir», deb marhamat qildilar2^:.

Shuningdek, Abula’lo Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahim Muborakfuriy (1283—1353) «Tuhfat al-Ahvoziy»

52

(«Ahvoziy tuhfasi») asarida Abu Bakr Qaffol Shoshiydan quyidagi xabarni rivoyat qilgan: «Qozi Husayn va Abu Sa’id Mutavalliy: «Ba’zi kishilarning xayrlashayotganda salom berish odati bor. Bu salomning javobi mustahab bo‘lgan. Lekin vojib emas. Chunki uchrashganda ham, xayrlashganda ham salom beriladi. Abu Bakr Qaffol Shoshiy bu fikrni inkor etib, shunday degan: «xayrlashayotganda salom berish uchrashgandagi kabi sunnatdir. Xayrlashganda salomga alik olish uchrashgandagi kabi vojibdir». Bu sahihdir, to‘g‘ridir236.

Qaffol Shoshiy she’rlar bitganligi to‘g‘risida ham manbalarda ma’lumotlar bor. Bu borada Tojuddin Subkiyning «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» asarida Qaffol Shoshiyning she’rlaridan ham parchalar keltirilgan:

Bisotim keng ochiqdur mehmonlarimga, Taomim haloldur, kelgil yonimga. Armug‘on etamiz neki qo‘lda bor, Sirka va ko‘kat bor, boq dasturxonimga. Ko‘ngli keng odamlar bo‘lg‘usi mamnun, Baxilga mutlaqo beg‘arazdurman23''.

Arab tilining balog‘atida bitilgan ushbu she’riy misralarning mazmun-mohiyatini filologiya fanlari doktori A.Irisov shunday tarjima qilgan:

«Kimki uyimga mehmon bo‘lib keladigan bo‘lsa, dasturxonim doimo uning uchun yozilgan bo‘ladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa yesa, (bshsinki) undagi barcha nozu ne’mat peshona terim bilan topshgan, (ya’ni) halol bo‘ladi.

Bi> bor-budimizni mehmon oldiga qo‘yamiz. Bordi-yu (qo‘yishga) narsa topolmasak, u holda sabzavot bilan sirka qo‘yamiz. Shunda beg‘araz, ko‘ngli ochiq odam bo‘lsa, u bunga rozi bo‘lib ko‘nadi; bordi-yu baxil bo‘lsa, u holda uni men tuzata olmayman»sh.

Tojuddin Subkiyning «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» asarida Vizantiya imperatori bilan Arab xalifasi o‘rtasidagi diplomatik yozishmalar haqidagi tarixiy ma’lumotlar ham berilgan. Bu haqda Xoja Ahrorning shogirdi Shayx Abu Ahmad Muhammad Qoziy Shoshiy qalamiga mansub «Silsilat al-orifin» («Oriflar silsilasi») kitobida batafsil yozilgan:

«364 hijriy yilda vafot qilgan Abu Bakr Muhammad bin Ali Qaffol Shoshiy al-Kabir shofi’iy mazhabining

53

mashhur ulamolaridan bo‘lib, o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda Bag‘dodga kirib o‘gar edilar. Aksar ilmlarini shu shaharda olgan edilar. Bir galgi safarlarida Bag‘dodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada ekanligini ko‘radilar. Chunki, Rum podshohi Krysar arab tilida xalifaga bir ajoyib qasida yuborib, yo shu qasidaga munosib javob yozinglar, yo har yili o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar, deb talab kilgan edi. O’sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘kligi va talab qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganligidan, qasidaga javob yozishga majbur bo‘ldilar. Bag‘dodning jamiki ulamo va fozillari yig‘ildilar. Lekin ular o‘sha qasidaga mos keladigan javob yozishga ojiz bo‘lib turgan edilar. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag‘dodga kirib kelganlarida, turklar yurtidan Bag‘dodga bir zabardast olim kelibdi, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob qasidasi yozsalar, evaziga xohlagan narsalarini berishligini aytadi. Shayx rozi bo‘lib, shunday deydilar: «Men bu vazifani sizlar uchun ado etaman, lekin bir shartim bor. U ham bo‘lsa, oldin menga hazrati Usmon Mushaflarini berasizlar». Birmuncha taradduddan so‘ng bu talabga rozi bo‘ladilar va Mushafni shayxga beradilar»2-".

Ma’lumki, Qaffol Shoshiy islom dunyosining turli o‘lkalarga ilm-ma’rifat izlab, safar qilgan. O’z navbatida, u tez-tez hajga Makkaga borgan va qaytayotganida Bag‘dodda birmuncha vaqt istiqomat qilib, o‘z bilimlarini yanada oshirishga harakat qilib, u yerdagi yirik olimlar bilan ilmiy muloqotlar olib borgan. Bir gal Qaffol Shoshiy Bag‘dodda to‘xtaganida noxush voqea ustidan chiqib qoladi. Bu esa hijriy sananingto‘rtinchi asriga to‘g‘ri kelib, Vizantiya imperatorining qo‘mondoni Tag‘fur abbosiylar xalifaligiga tegishli Shomning Shimoliy qismi va Antokiyani bosib olib, xalifalik poytaxtiga ham xavf solgan edi.

Sharqshunos olim Bahriddin Mannonovning yozishicha,o‘z vaqtida, ya’ni IV asrda Rum imperiyasining ikkiga bo‘linib ketishi oqibatida uning sharqiy qismida qaror topgan mustaqil Vizantiya imperiyasi X asrga kelib, o‘z sarhadlarini qayta tiklash yo‘lida katta muvaffaqiyatlarga erishadi va uning ta’sir doirasi nafaqat Bolqon yarim oroli hamda

54

Sharqiy Yevropaning ma’lum qismi, balki Qora dengiz qirg‘oqlari, Kavkazning g‘arbiy qismi, Kichik Osiyoning sharqigacha bo‘lgan joylarda ham mustahkamlanadi. Bunday bir sharoitda Konstantinopol Arab xalifaligi tasarrufiga o‘tgan sarhadlarni qaytadan zabt etish, iloji boricha uni mahv qilish rejalarini amalga oshirishga kirishadi. Shu maqsadda olib borilgan janglarda Vizantiya qo‘shinlari bir necha bor g‘alabaga erishadilar... Ana shunday tarixiy vaziyatda Vizantiya imperiyasining Bag‘dod xalifaligi, umuman islomga qarshi xurujlari har taraflama avj olib ketadi. Shu jarayonning ko‘rinishlaridan biri sifatida Tag‘fur tomonidan Bag‘dod xalifasiga yuborilgan va bizgacha yetib kelgan she’riy maktub-ultimatum vujudga kelgan240.

O’sha davrda Vizantiya va Arab xalifaligida she’riyatga qiziqish yuksak darajada bo‘lgan. Davlatlar o‘zaro aloqalaridagi diplomatik yozishmalar she’rlar va qasidalarda o‘z aksini topgan.

Yuqorida aytganimizdek, Kdffol Shoshiy kdlamiga mansub she’rlar Tojuddin Subkiyning «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» asarida qayd etilgan. Marhum sharqshunos AIrisovning yozishicha, Vizantiya imperatori bilan Arab xalifasi o‘rtasidagi janjalli yozishmalarda Vizantiya imperatori Arab xalifaligiga do‘q va po‘pisa bilan murojaat qilib, bir vaqtlar uning yerlari bo‘lgan, hozir esa Bag‘dod xalifasi egallab turgan o‘lkalarni tinchlik bilan, osonlikcha ularga qaytarib berishni talab qiladi. Vizantiya hukmdorlari maktubni balandparvoz chiqishi uchun uni arab tilida she’r bilan bitadilar. She’r hoshimiylar xonadonidan bo‘lmish hukmron xalifaga deb atalgan. Maktubda shunday satrlar ham bor:

«Biz sherdek otilib chiqib, o‘z yerlarimizni egalladik. Damashq o‘lkasi esa ota-bobolarimiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega bo‘lamiz. Misrni ham qilichimiz tig‘i bilan egallaymiz. Hijoz, Bag‘dod, Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharqu G’arb hammasini egallaymiz», deb xalifa va uning sarkardalariga dag‘dag‘a soladi, ularni ayyorlik bilan qo‘rqitmoqchi va nihoyat, ularni osonlikcha qo‘lga kiritmoqchi bo‘ladi. Xuddi mana shu yuqealar bo‘lgan kezda Qaffol Shoshiy Bag‘dod shahrida bo‘ladi. U xalifalikda iktidori zo‘r olim, saroy a’yonlari o‘rtasida yaxshigina qonunshunos, zabardast shoir sifatida tanilgan edi241.

55

«Tabaqot ash-shofi’iya»da berilgan she’riy misralardan parchasi marhum Nodirxon ibn Alouddin tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan242:

«Damashqdur ota-bobomiz yurti, Uning zamshshga men sohibo‘zim. Misrni fathetgum shamshirim bilan, Cheksiz sahrolarda kular yulduzim. Undan so‘ng Makkaga qarab yo‘l olsam, Tundek bosib borar botir qo‘shinim. Quddusga yo‘l olib tolmasman yo‘lda, Uerda tiklag‘um muqaddas ustun...» deb maqtangan edi.

O’sha vaqtda Bag‘dodda ko‘zga ko‘ringan olim va shoirlar ko‘p bo‘lsa ham, hech kim Tag‘furning bu tahdid xatiga javob yozishga botina olmaydi. Xalifa tahdid xatiga javob yozishni Imom Qaffol Shoshiyga topshiradi. U dushman xatiga javoban shunday otashin misralarni bitgan:

Qudrat-la quvdik biz sizni Rum sari, Tuyaqush misoli qochdingiz nari. Qochdingiz qontalash kirpi singari, Bizlarni Muhammad boshlar ilgari! Payg‘ambar hurmati, qirmadik sizni, Biz^shrda bor edi shiddat va qudrat. Shom yerin fath etdik bo‘lib zarurat, Misrni, Qayravon va Andalusni ham. Boshingiz majaqlab, zo‘r keldik har vaqt, Bayt-lahm, xaroba shaharlar qator. Iskandariyada bo‘ldi zafar yor, Quddus, Urushsholimda galabamiz bor! Sizlarni yengoldik biz mardonavor, Ilm va irfonimiz qadimdin mashhur... Bemaza she’ringiz bo‘lmagay manzur, Bizniig ash’orimiz durdona maqbul, Bilguvchi odamga bag‘ishlar huzur...

Shubhasiz, Tag‘fur tahdid xati orqali musulmonlarning o‘sha vaqtdagi ma’naviy saviyasini bilmoqchi bo‘lgan. Imom Qaffol Shoshiyning she’riy maktubi esa unga munosib javob bo‘lib, sezilarli zarba bo‘lib tushgan. Hatto, Vizantiya

56

adiblari, kohinlari ham: «Musulmonlarning shunday shoirlari borligini bilmas ekanmiz», deb tan olishlari juda e’tiborlidir. Ba’zi rivoyatlarda, ayni shu qasida evaziga Imom Shoshiy Hazrati Usmon Mushafini olgan, deb aytiladi.

Rossiyalik sharqshunos prof. S.Prozorovning ta’kidlashicha, Vizantiya imperatori Nikifor Foki (963-969) nomidan musulmonlarga yuborilgan haqoratli she’riy maktubga Qaffol Shoshiyning qasidasi yuksak darajada yozilgani vizantiyalik adiblar tomonidan e’tirof etilgan. Keyinchalik asirga tushib qolgan Abdulmalik ibn Muhammad Shoshiy243 Konstantinopolda buning guvohi bo‘lgan244. Muhimi, Qaffol Shoshiyning Vizantiya hukmdoriga yozgan javob raddiyasi Arab xalifaligi boshiga tushgan xavf-xatarni bartaraf etilishiga sababchi bo‘lgan. Yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘sha paytda Arab xalifaligining poytaxti Bag‘dodda qanchadan-qancha mashhur va zabardast shoirlar bo‘lishiga qaramasdan, Xalifa Muti’lilloh (946— 974) tomonidan Vizantiya hukmdoriga raddiya yozishdek o‘ta muhim vazifani Qaffol Shoshiyga topshirilishi uning qanchalik zo‘r iste’dod sohibi, ayni paytda, kuchli diplomat ekanligini ko‘rsatadi.

Qaffol Shoshiyning ushbu diplomatik faoliyatiga rus sharqshunosi Nil Lmkoshin24,5 (1860—1922) ham yuksak baho bergan. U 1918 yilda Toshkentda tashkil etilgan Turkiston xalq (musulmon) universiteti ochilishida avvalo Qaffol Shoshiy nomini ehtirom bilan tilga olgan: «Bugun Yevropa fani Eski Toshkentda grajdanlik huquqiga ega bo‘lgan quvonchli bir kunda, Toshkent musulmonlarining ma’rifati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan fidoyi, kamtar shaxsning siymosi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Men shaharning Sebzor qismida shu nomdagi qabristonga dafn etilgan Imom Muhammad Qaffol Shoshiy yoki Hazrat Imomni esladim. Bu shaxs bilan toshkentlik musulmon faxrlanishlari kerak va bugun o‘zlarining birinchi ustozlarini yaxshi so‘zlar bilan xotirlashlari lozim»246.

Rus sharqshunosi Qaffol Shoshiyni birinchi ustoz sifatida universitet jamoasiga tanishtirar ekan, allomaning diplomatik faoliyatiga doir tarixiy ma’lumotlarni keltiradi: «Bundan 950 yil avval Toshkentda

57

Imom Muhammad Qaffol Shoshiy faqirona hayot kechirgan. Uning ikkita laqabidan biri - «Qaffol» deyilib, u qulfsoz bo‘lgan. Shoshiy nisbasi esa asli Toshkentdan ekanligini bildirgan. Bu adolatparvar inson butun umrini e’tiqod talab qilganidek, yashab o‘tkazgan: bir yil Toshkentdan tashqariga chiqmay, yurtdoshlariga ta’lim bergan bo‘lsa, keyingi yili ilm-ma’rifat yo‘lida safarga chiqqan va Hajga borgan. Allomaning hayoti va faoliyati shu tarzda o‘tgan»247. Bu haqda misrlik tarixchi Tojuddin Subkiy o‘zining «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» («Shofi’iyaning ulug‘ tabaqalari») kitobida «Qaffol Shoshiy usul, hadis ilmlari talabida eng ko‘p safar qilgan olimdir», deb ta’kidlagan24*.

N.L1koshin fikrlarini davom ettirsak, Qaffol Shoshiy ilmiy safarlaridan birida Bag‘dodga kelganida, xalifa juda mushkul ahvolda edi. Xalifa bilan urush olib borayotgan turk sultoni (Vizantiya imperatori — N.M.) unga shart qo‘ygan ekan: katta mikdordagi tovon(kontributsiya)ni to‘lab berishi yoki u bilan urushishi lozim edi. Agar bu shartlarga rozi bo‘lmasa, unga yuborilgan maktubni o‘qib, javob yuborishi kerak edi. Dastlabki ikki shartni bajarib bo‘lmasdi. Chunki o‘sha paytda Bag‘dod xalifasi ko‘p miqtsordagi pul va katta qo‘shinga ega emasdi. Xatga esa javob berish oson ko‘rinardi. Lekin xat bag‘dodlik ulamolarning birortasi ham o‘qiy olmaydigan, hech kimga ma’lum bo‘lmagan tilda yozilgan edi. Xuddi shu paytda Qaffol Shoshiy Bag‘doddagi karvonsaroylaridan birida to‘xtaganini va u ko‘pgina tillarni yaxshi bilishini xalifaga yetkazishadi. Shundan so‘ng, Qaffol Shoshiy bu ultimatum she’riy maktubga javob yozadi. Shoshlik alloma bu xizmati evaziga Bagdodda saqlanayotgan ko‘hna Mushafi Usmon qur’onini so‘raydi. Noiloj ahvoldagi xalifa bunga rozi bo‘ladi...»249. Rus sharqshunosi Qaffol Shoshiy Kur’onningbu nodir nusxasini Toshkentga qanday olib kelganini batafsil yozgan.

Toshkentdagi O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saklanayotgan nodir qo‘lyozma — Mushafi Usmonning tarixi va uni yurtimizga qanday kelganligi to‘g‘risida turli manbalardan olingan xabarlar, rivoyatlar marhum Shayx Ismoil Mahdum Sotti Oxun^d hazratlari yozgan risoladao‘zaksinitopgan. Endibu alohydabirmavzu. O’ylaymizki,

58

kelajakda olib boriladigan tadqiqotlarda bu masalaning muammolari ilmiy nuqtai nazardan ochib berilsa, ajab emas.

Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyatga doir ibrat olsa arzigulik xabarlar borki, har qanday kishi qalbida u zotga nisbatan faxr-g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ma’lumki, Bag‘dod xalifalaridan biri Shoshda ariqlar qazish uchun davlat g‘aznasidan mablag‘ ajratgan. Gap shundaki, Qaffol Shoshiy bunday xayrli ishga xalifaning e’tiborini qaratgan ekan. Biz Maxdumi A’zam avlodlari Sayyid Ma’sumxon o‘g‘li Xoja Muhammad Hakimxon qalamiga mansub «Intixob at-tavorix» qo‘lyozmasida ushbu fikrning isbotini topdik. Unda (sahifalariningraqami qo‘yilmagan) shunday jumlalar yozilgan:

«Xulafoi Abbosiyaning zamonida Hazrat Imom Abu Bakr Qaffol haj qilmoqqa borib, yahudiy jamoasini musulmonlar bilan urushlariga ro‘baro‘ bo‘lib, juhudlar g‘alaba qilib, ahli islomdan mazkur Hazrat Imom bilan o‘n ming kishini bandi qildilar. Musulmonlardan suol (savol) qildilarkim: «Ichlaringizda Tavrot kitobini ajam tiliga tarjima qiladurgan mullo kishi bormu?» — dedilar. Mazkur Hazrati Imomni ko‘rguzdilar.

Avvalam marotaba Hazrati Imom yahudiylarning podshohi birlan o‘n ming bandini ozod qilishni ahd va shart qilib, ajam tiliga Tavroti sharifningtarjimasini tamom qilib bergan. So‘ng shart va ahdga vafo qilib, o‘n ming bandini bo‘shatib, ozod qildilar.

O’n ming asir xalos bo‘lg‘oni bilan Hazrati Imom Bag‘dod xalifasininghuzuriga kelib ko‘p hurmatlig‘ bo‘lib, - mendan tilang deganida, bir noma tiladilarkim, Toshkent shahrining voliyi, ya’ni hokimining nomig‘akim, qadimgi podshohlardan qolgan arig‘lar botil bo‘lib, Toshkent shahrig‘a suv kelmog‘i mashaqqat bo‘libdur. Imkoni bo‘lsa, hokim viloyat buyrug‘ingiz bo‘yicha bosh bo‘lib, suvni joriy qilib bersa, — dedilar.

Noma yozib, bir yuzu oltmish ming tanga Abbosiy xazinasidan berdilarkim, suv uchun chiqib ishlaganlarga ovqat bo‘lsin deb. Hazrati Imom mazkur tanga bilan nomani kelturib, hokimi viloyatga berdilar.

Hokim ko‘p xaloyiqni olib chiqub, ko‘p kunlar arig‘ qazib, band bog‘lab, suvlarni joriy qildi. Xolo Toshkent suvi o‘shal Hazrati Imomning tavajjuhlari birlan bo‘lg‘on suvdir».

59

Shuningdek, Mavlono Muhammad Qozining "Silsilat al-orifin" asarida Abu Bakr Qaffol Shoshiy hayotlariga oid yana bir lavha keltirilgan:

"Ayturlarki, Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol G’azo shahriga borgan yillaridan birida bag‘dodliklar tarafida turib, rumliklar bilan urushganlar. Bu urushda bag‘dodliklar yengilib, ko‘plari, jumladan, Shayx hazratlari ham rumliklarga asir tushgan ekanlar. Asirlarni ko‘zdan kechirgan Rum sultoni Hazrati Shayxga qarab shunday debdi:

— Sen bag‘dodliklarga o‘xshamaysan. Rostini ayt qaerliksan?

Shayx hazratlari shunday javob beribdilar:

— Men Shoshdan bo‘laman. Rum sultoni aytdi:

— Sen mening xatimga ibriy tilida go‘zal javob yozgan kishi emasmisan?

Shayx hazratlari aytdilar:

— Xuddi shunday.

Rum sultoni Shayx hazratlariga qarab dedi:

— Tavrotni biz uchun arab tiliga o‘girib ber! Agar bu ishni bajarsang, seni va boshqa asirlarni ozod qilib, ko‘pgina in’om ham berurmen.

Shayx hazratlari aytdilar:

— Juda yaxshi. Faqat shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha nusxani menga keltirib ber, uni arab tiliga tarjima qilib beraman. Ammo hozir qo‘llaringizda bo‘lgan Tavrot tahrir qilingan nusxadir. Bu nusxani esa men arab tiliga tarjima qilmayman.

Rum sultoni bu gaplarni eshitib, darg‘azab bo‘ldi-da, shunday dedi:

— Agar tarjima qilmasang, seni va boshqa asirlarni ham halok qilgum.

Shayx aytdilar:

— Nima xohlasang qil, ammo men Tavrotni Haqdan nozil bo‘lgan nusxasinigina arab tiliga tarjima qilurmen.

Nihoyat, Rum sultoni ulamo va mamlakat oqsoqollari bilan kengashdi. Ular Shayx hazratlarining shartlarini bajarishga rozilik berdi, shunday dedilar:

— Mayli, sen aytgan nusxani yetkazurmiz, uni tarjima qilgil, ammo biz undagi Muhammadga bag‘ishlangan madhlarga kelganda, ulardan ko‘z yumib o‘tarmiz...

60

Alqissa, shayx hazratlari Olloh taolo inoyatlariga shukronalar aytib, Tavrotning nozil qilingan nusxasini tezlik bilan arab tiliga o‘girishga kirishdilar...

Tavrot arab tiliga o‘girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko‘p tuhfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qilibdi va o‘z mamlakatlariga jo‘natibdi"250.

Umuman olganda, Qaffol Shoshiy hayoti davomida musulmon dunyosi bo‘ylab safar qilgan, eng mashhur olimlarga shogird tushib, ulardan ilm o‘rgangan. Mashhur ulamolar bilan suhbatlashgan Qaffol Shoshiy diniy ilmlardan tashqari dunyoviy bilimlarni ham chuqur o‘rgangan. Shuning uchun ham xalq uni Hazrati Imom — Hastimom deb ulug‘lagan251.

Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari «Imom Qaffol o‘lkamizda diniy bilimlarni va arab tilining tarqalishida, musulmon qonunchiligining asosiy qonun-qoidalarini ko‘rsata bilishda muhim o‘rin tutadi», deb e’tirof etganlar252.

Tafsir, hadis, fiqq va adabiyotga doir ko‘plab manbalarda Imom Qaffol Shoshiyning asarlaridan iqtiboslar keltirilgan. Bu ilmiy e’tiroflar esa uning islom ilmlari bobida yetuk alloma ekanligini ko‘rsatadi. Hozirda Toshkentningxalqorasida «Hastimom» (Hazrati Imom) deb ataladigan tabarruk go‘sha ana shu zotga nisbatan chuqur extirom namunasidir.

2.2. Qaffol Shoshiyning ilmiy merosi

X asrda yashab, ijod etgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, fiqh, usulul fiqh (islom huquqshunosligi asoslari), she’riyat va tilshunoslik ilmlari bo‘yicha qomusiy olimlardan bo‘lganligi qator tarixiy manbalarda qayd etilgan. Abu Bakrning hayot-faoliyati aks etgan ma’lumotlar asosan o‘rta asr arab manbalari Ibn Xallikon (608/1211—681/1282)ning «Vafayot al-a’yon» («Mashhur kishilar vafoti sanalari»), Tojuddin Subkiy (1327—1370)ning «Tabaqot ash-shofi’iya» («Shofi’iylar darajalari»), Abu Zakariyo Navaviy (1233—1277)ning «Tahzib al-asmo va al-lug‘ot» («Ism va so‘zlarni isloh qilish»), Umar Rizo Qahholaning «Mu’jam al-muallifin» («Mualliflar qomusi»), Abu Sa’d Sam’oniy (506/1113—563/1167)ning

61

«Kitob al-ansob», Yoqut Hamaviy (575/1179-626/1228)ning «Mu’jam al-buldon» va yana boshqa shu kabi asarlarda keltirilgan. U (ma’lumot)lar bir-biridan qiziqligi va o‘zgachaligi bilan e’tiborlidir. Masalan, Qaffol haqida so‘z yuritar ekan, Ibn Xallikon olim tarjimai holining sarlavhasidayoquning ismi-sharifi va nisbalariga «imamu asrihi bila mudofaa»253, ya’ni bahsu munozaralarda «o‘z asrining himoyaga muhtoj bo‘lmagan va yengilmas yo‘lboshchisi» iborasini qo‘shib qo‘ygan254. Jumladan, Tojuddin Subkiy esa «u zamonasining ulug‘ imomlaridan biri, bir qancha ilmlarda keng qobiliyat va ochiqqo‘l egasi bo‘lgan buyuk zotdir»255 deb ta’riflagan.

Shoshlik alloma ilm-ma’rifat izlab, dunyo kezganligi qator manbalarda e’tirof etilgan. Jumladan, rossiyalik sharkshunos S.Prozorovningta’kidlashicha, Abu Bakr Qaffol Shoshiy ilm talabida islom dunyosining madaniy-ilmiy markazlariga tashrif buyurgan, Nishopur va Buxoroda birmuncha muddat yashab, taniqli olimlardan saboqolgan. U shofi’iylik mazhabining eng yirik namoyandalaridan bo‘lib, ayniqsa, fiqhilmining mashhur shayxi (uchitel shafiitov) sifatida e’tirof etilgan256.

Ma’lumki, usulul-fiqh ilmi (fani) bizningdiyorimizda milodiy X asrda ishlab chiqila boshlagan. Shofi’iy fiqhiy mazhab peshvolaridan bo‘lmish Qaffol Shoshiy ilk bor bu borada asar yozganligi ma’lum va mashhurdir. Usulul-fiqh, ya’ni fiqhiy masalalarni ishlab chiqishda dastlab Imom Shofi’iy257 o‘zi asar yozgan bo‘lsa-da, bu fanni mustahkam poydevorga qurib, uni taraqqiy ettirgan shaxs Qaffol Shoshiydir25*.

Qaffol Shoshiy mashhur olim va tarixchi Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir Tabariy (vaf. 923), Abu Bakr ibn Xuzayma (vaf. 933), Abu Bakr Muhammad Bog‘andiy, Abu Zayd Marvaziy va boshqalardan fiqh ilmini o‘rgangan. Bu fikrlarni arab manbalari ham tasdiqlaydi. Xususan, Shayx Abu Ishoq Sheroziy Qaffol Shoshiy fiqhni dastlab Ali ibn Surayj (vaf. 298/911)dan o‘rgangan, deydi. Ibn Saloh esa Qaffol Shoshiy ibn Surayj bilan uchrashmaganligini aytadi259. Imom Navaviy esa Abu Ishoqning fikrini quvvatlab, Ibn Surayj Qaffol Shoshiy vafotlaridan 3 yil oldin vafot etganligini ta’kidlagan260.

62

Yirik tarixchi Abu Sa’d Sam’oniy Abu Bakr Qaffol Shoshiy ilm talabida Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom, Sug‘ur (Shimoliy Suriya)ga safar qilganligini ta’kidlab, uning ustozlari sifatida Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq ibn Huzayma, Abulabbos Muhammad ibn Ishoq Sarroj, Abulqosim Abdulloh ibn Muhammad Bag‘aviy, Abu Aruba Husayn ibn Mo’shar Sullamiy, Abuljahm Ahmad ibn Husayn ibn Tilab Mashg‘aroiylarni ko‘rsatadi261.

O’rta asr arab mualliflarining aksariyati Abu Bakr Qaffol Shoshiy ustozlarining faqatgina nomlarini aytib o‘tgan bo‘lsalar, Navaviy uning qaysi ustozdan qaerda bilim olganligi haqida ma’lumot beradi: «Movarounnahrda o‘z asrining imomi-peshvosi, qonunshunoslik ilmining bilimdoni Muhammad ibn Ali ibn Ismoil dastlab fiqhni Ali ibn Surayj(vaf. 298/911)da o‘rgandi, so‘ng ilm talabida Xurosonga borib, Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq ibn Xuzayma (vaf. 322/933) va uning safdoshlaridan, Iroqda Muhammad ibn Jarir Tabariy (225/839-310/923), Muhammad ibn Muhammad Bog‘andiy (vaf. 315/927) va u ikkisining safdoshlaridan, Jazirada Abu Aruba Harroniydan, Shomda Abuljahm va uningsafdoshlaridan bilim oldi. Shuningdek, u Kufa va yana boshqa bir qancha joylarda bo‘ldi»262.

Qaffol Shoshiyning shogirdlariga asli jurjonlik, bolaligidan Buxoroda, keyin Nishopurda yashab, hadis to‘plagan, Buxoro va uning tevaragida hadis ahllariga rahnamolik qilgan, turli shaharlarda qozilik lavozimida faoliyat olib borgan, o‘zining «Shu’ab al-imon» («Imonning tarkibiy qismlari») asarida ustozi Qaffolni «o‘z asrining olimlari ichida undan bilimdonrog‘ini uchratmadim», deb sifatlagan Abu Abdulloh Halimiy (339/950—430/1012), ko‘pgina asarlari qatorida hadis ilmining peshvolaridan bo‘lmish Abu Dovud(202/817—275/888)ning «Musnad»iga sharh bitgan mashhur muhaddis Abu Sulaymon Bustiy (vaf. 388/ 998), «Nishopur voqealari» muallifi AbuAbdullohHokim Nisoburiy (vaf. 405/1014), «Ahli tasavvuf siyrati» muallifi Abu Abdurahmon Sulamiy (vaf. 412/1021), Ibn Mandah, faqihlardan Abu Abdurahmon Ibrisamiy, Abu Ishoq Shoshiy, Nosir ibn Husayn Marvaziy, Abu Nasr Umar ibn Qatodalarni misol qilish mumkin263.

63

Abu Bakr Qaffol Shoshiy dunyo kezib, bir necha olimlardan nafaqat ta’lim olgan, balki o‘zi ham ilm o‘rgatgan. Shuning uchun shoshlik alloma qomusiy ilmlar bilimdoni sifatida shuhrat qozongan. Ayni paytda, u o‘z davrining muhandisi bo‘lgan. Bu uning «Qaffol» (qulfsoz) nomidan ham ko‘rinib turibdi.

Endi allomaning ilmiy merosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, tadqiqot davomida uning qalamiga mansub 9 ta asarlari mavjud ekanligi aniqlandi. Shundan ikkitasi sharhbo‘lib, bittasi Imom Shofi’iyning mashhur «ar-Risola» asariga yozilgan. Ikkinchisi Abulabbos Ahmad ibn Yoqub ibn Qos Tabariy (vaf. 335)ning «at-Talhis fil-furu’» («Furu’dagi qisqartma») asariga yozgan sharhidir. Shoshlik allomaning asarlari to‘g‘risida o‘rta asr arab manbalarida alohida qayd etilgan. Jumladan, «Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiyning ko‘plab asarlari mavjudki, hech bir kishi hali shuncha asarlarni tasnif etmagan, — deb yozadi Shayx Ishoq Sheroziy. — Qaffol Shoshiy faqihlar ichida birinchi bo‘lib «al-Jadal al-hasan» («Yaxshi bahs-munozara») bo‘yicha asar yozgan. Shuningdek, uning «Kitob fi usul al-fiqh» («Fiqh asoslari bo‘yicha kitob»), «Sharhar-risola» («Risola sharhi») asarlari bor»2M.

Yuqorida aytganimizdek, fiqhilmini rivojlantirishda Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos Shofi’iy (767-820)ning xizmatlari katta. Uning «ar-Risola», «al-Umm» asarlari islom olamida mashhurdir265.

Hoji Xalifaning ta’kidlashicha, Imom Shofi’iyning «Risola ash-shofi’iy fil-fiqhi alo mazhabihi» («O’z mazhabi fiqhi haqida Shofi’iy risolasi») asari mashhur bo‘lib, uni Imom Shofi’iydan bir jamoa kishilar rivoyat qilishgan va bu asarni sharhlashda o‘zaro bahslashishgan. Bu kitobni Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh Shayboniy Nisoburiy (vaf. 388), Abulvalid Hasson ibn Muhammad Qurashiy Umaviy (vaf. 349) hamda Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Kabir Shoshiy (vaf. 365) va boshqalar sharhlagan266.

Shuningdek, shofi’iya olimlaridan Abulabbos Ahmad ibn Muhammad ibn Yoqub ibn Qos Tabariy Shofi’iy (vaf. 335) qalamiga mansub «at-Talhis fil-furu’» («Furu’dagi qisqartma») asar yozgan. Bu kitob hajmi kichikligi va vazni yengilligiga qaramay, usul va furu’larni jamlagan asardir. Uning bir qancha sharhlari bo‘lib, ular orasida Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy sharhi ham bor267.

64

Imom Navaviyningxabarberishicha, Qaffol Shoshiyning bir necha asarlari mavjud. U birinchi bo‘lib, jadal (bahs-munozara) bo‘yicha asar yozgan268.

S.Prozorov dialektika (jadal - bahs-munozara) bilan mutakallimlar, asosan mu’taziliylar va ash’ariylar shug‘ullangan, deb yozadi2m. Bu borada «Abjad al-ulum» («Ilmlar abjadi») kitobida ham ma’lumotlar berilgan: «Faqihlar ichida birinchi bo‘lib jadal ilmi bo‘yicha Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy Shofi’iy asar yozgan. Ba’zi ulamolarning fikricha, jadal ilmi katta ulamolarning inqiroziga sabab bo‘lgan. U fiqhdan uzoklashtiradi va umrni zoe qiladi. Jadal ilmi kishini odamlardan uzoklashtiradi, bir-biriga adovatli qilib qo‘yadi»270.

O’rta asr arab manbalarining aksariyatida jadal ilmiga afsuski, shunday munosabat bildirilgan. Lekin Qaffol Shoshiy bahs-munozara madaniyatining ham diniy, ham fiqhiy, ham ma’naviy jihatlarini yaqqol ko‘rsatib berganligi shubhasiz. Chunki asarning nomi «al-Jadal al-hasan» («Yaxshi bahs-munozara») deb nomlanishi bunga misol bo‘la oladi.

Imom Navaviy ham «Qaffol Shoshiy jadal ilmi bo‘yicha birinchi kitob ta’lif etgan zotdir. Shayx Abu Ishoq o‘z «Tabaqot»ida zikr qilishicha, biron bir kishi Qaffol Shoshiydek ko‘p kitob tasnif etgan emas. Bundan tashqari, u «Usul al-fiqh» kitobi va Imom Shofi’iyning «Risola»siga sharhyozgan», deb ta’kidlagan271.

S.Prozorov «Qaffol Shoshiy yoshligida mu’taziliy bo‘lib, keyin Ash’ariya ta’limotiga o‘tgan. Mutakallim Juvayniy (vaf. 1085)ningxabariga ko‘ra, Ash’ariy (vaf. 935) Qaffol Shoshiyga kalom ilmidan saboqbergan. Ayni paytda, Ash’ariy undan fiqh ilmini o‘rgangan», deb yozgan272.

Rus sharqshunosining ushbu fikrlari qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini o‘rta asr arab manbalari bo‘yicha tadqiq qildik. Bu o‘rinda ularda berilgan ma’lumotlarni aynan keltiramiz.

Tojuddin Subkiyning «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» asarida bu haqda quyidagilarni yozgan: «Hofiz Abulqosim ibn Asokir aytadi: «Menga ma’lum bo‘lishicha, u kishi (Qaffol Shoshiy) dastlab mu’taziliylikka moyil bo‘lgan, u haqda so‘z yuritgan, keyinchalik Ash’ariya ta’limotiga qaytgan. Qaffol Shoshiyning Ash’ariyaga qaytishi katta

65

foyda bo‘lib, bu sababli og‘ir qayg‘u va qalbdagi gina-adovatlar yechildi»273. O’sha paytda «mazhablar bu imomni (Qaffol Shoshiy) usulda mu’tazila qonun-qoidalariga binoan ish yuritgani haqida hikoya qiladi»274. Tojuddin Subkiy «bu haqda uzoq bahs-munozara bo‘lgan va u kishi (Qaffol Shoshiy) mu’taziliylardan bo‘lsa kerak, deb gumon qilingan»2", deb yozadi. Ayni paytda, Tojuddin Subkiy «u kishini mu’taziliy bo‘lsa kerak deb gumon qiluvchilar Abulhasan Safforning quyidagi naqliga suyanadilar»276, deb ta’kidlab, uning so‘zlarini aynan keltiradi: «Abulhasan Saffor aytadi: «Men Abu Sahl Su’lukiydan tafsir imomlaridan biri Imom Abu Bakr Qaffolning tafsirlari haqida so‘rashganida, u kishi bir tarafdan ulug‘lansa, bir tarafdan yomonlanishini (ya’ni mu’tazilaga yon bosgan) eshitdim»277. Abulhasan Sifor esa Abu Sahl Su’lukiyning fikrini rad etib shunday degan: «U kishi (Qaffol Shoshiy)ga o‘lim yetdi, kamolot faqat aziz zot Allohgadir. Olimning esa fazilatlari ko‘pligi bilan madh etilaveradi. Xatosi uchun uning yaxshiliklari bilan dafn qilinmaydi. Shoyadki, u kishi haq yo‘lni talab qilishda keng yo‘l tutganlari uchun mag‘firat qilingan bo‘lsalar. Allohdan boshqa quvvat yo‘q (Beayb parvardigor)!»27*.

Tojuddin Subkiy «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» asarida Abulqosim ibn Asokirning «Qaffol Shoshiy qiyosga aqlan amal qilishlik vojib bo‘ladi, deganlar. Shundan bilamizki, u kishi qiyos bo‘yicha ham ish yuritgan», so‘zlarini keltirgan. Jumladan, Abu Ishoq Isfaroyiniy va Abu Bakr Qaffol Shoshiylar ash’ariya aqidasiga binoan usul al-fiqhda «ne’mat berurchiga shukr qilishlik aklan vojib» masalasida shofi’iy faqihlari ichida fikrimizga qo‘shiladiganlar bizningdo‘stlarimizdir» deyishgan279.

Tojuddin Subkiy Abu Ishoq Isfaroyiniy va Qaffol Shoshiy nafaqat fiqh ilmida, balki kalom ilmi bo‘yicha ham bilimdon ekanligini ta’kidlab, shunday yozadi: «Ibn Surayj va undan boshqalar fiqhda yetuk bo‘lib, kalom ilmida yetuk emas edi. Ular mu’tazila kitoblarini mutolaa qilib, ularning iboralarini maqtashgan. Lekin bu iboralarning kalomdagi mazmun-mohiyatini to‘la tushunib yetishmagan»280. Tojuddin Subkiy bu o‘rinda Ibn Surayj, Abu Ali ibn Xayron, Istaxriy va boshqa faqixlarni nazarda tutib, ular

66

kalom ilmini yaxshi bilmas edi. Ammo kalom ilmida ustoz bo‘lgan Katta Qaffol to‘g‘risida Hokim shunday degan: «Movarounnahrda shofi’iylarning eng bilimdoni edi. Shunday ekan, u kishi to‘g‘risida uzrni qanday qilib chiroyli qilamiz?!» deb qayd etgan2111.

Ko‘rinib turibdiki, Qaffol Shoshiyni o‘z davrining olimlari ham buyuk alloma sifatida e’tirof etishgan. Ayni paytda, uning nomi zikr qilinganda mu’taziliy yoki boshqa ixtilofli fikrlardan uzoqbo‘lishgan.

«Sharh ar-risola» asarida Abu Muhammad Juvayniyning «do‘stlarimiz usul va kalomda «ne’mat beruvchiga shukr vojib bo‘ladi» degan masalada undan (Qaffol Shoshiy) uzr so‘radilar»21*2, — deydi. Uning fikrini Tojuddin Tojuddin Subkiy ham tasdiqlagan: «Qaffol kalom ilmini Ash’ariydan o‘rgangan. Ash’ariy esa undan fiqh ilmini o‘rgangan... Qaffol Shoshiy kalomni katta yoshga yetganida olgan, ya’ni o‘rgangan va Ash’ariy martabasiga ko‘tarilgan. Shuningdek, u Ash’ariydan ta’lim olar chog‘idayoq ulug‘ darajaga ko‘tarilgan edi»283.

Demak, tafsir, hadis, fiqh, usul al-fiqh, qiyos, kalom kabi bir necha ilmlarni mukammal egallagan alloma jadal, ya’ni bahs-munozara haqida asar yoza olar ekan. Ko‘plab ilmlarning bilimdoni, qomusiy olim Abu Bakr Qaffol Shoshiy shuning uchun ham faqihlar orasida birinchi bo‘lib jadal bo‘yicha asar bitgan. Afsuski, mamlakatimiz kitob xazinalarida uning bu go‘zal asari mavjud emas.

Abu Bakr Qaffol Shoshiyning yana bir asari «Adab al-qozi» (to‘liq nomi — «Adab al-qozi ala mazhabi ash-shofi’iya, ya’ni «Shofi’iy mazhabidagi qozining odobi») deb nomlanadi. Hoji Xalifaning ta’kidlashicha, xuddi shu nomda Abulabbos Ahmad ibn Qos Tabariy (vaf. 335), Abu Sa’id Hasan ibn Ahmad Istaxriy (vaf. 328)lar ham kitob tasnif etishgan. Lekin ular orasida Qaffol Shoshiyning kitobi mashhur bo‘lib ketgan284.

Hoji Xalifaning xabar berishicha, Abu Bakr Qaffol Shoshiy «Vuzu’i qozi ala mazhabi shofi’iy» (Shofi’iy mazhabidagi qoziningtahorati») degan nomda asar ham yozganj.

Tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim Sam’oniyning zikr qilishicha, Qaffol Shoshiy «Daloil an-nubuvvat» («Payg‘ambarlikdalillari»), «Mahosin ash-sharia» («Shariat go‘zalliklari») kitoblarini ham ta’lif etgan2*6. Imom

67

Navaviy esa «men Qaffol Shoshiyning yurak(qalb)dan yozilgan «Daloil an-nubuvvat» kitobi va «Mahosin ash-sharia» katta kitobini ko‘rganman»2*17 deb yozgan.

Ismoil ibn Muhammad ibn Isfahoniyning aynan shu nomdagi «Daloil an-nubuvvat» kitobida Abu Bakr Qaffol Shoshiydan bir hadis rivoyat qilingan: «Qaffol Shoshiy Aruvba Ishoq ibn Shohindan, undan Abdullohning o‘g‘li Xolid, undan Dovud ibn Handa, undan Umar va ibn Sa’id, Sa’id ibn Jubayrdan, bu esa ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagi voqeani rivoyat qilishgan:

«Azdishanua qabilasidan bo‘lgan Zamod ismli bir kishi aqpi zaiflarni muolaja qilar edi. U Makkaga keldi va uning ahlidan «Muhammad ismli shaxs shoir, majnun, kohin, sehrgar ekan» deb eshitdi. Shundan keyin Zamod «Allohga qasamki, shoyad, Allohu kishiga manim qo‘limdan shifo bersa», dedi.

Bas, u Rasululloh (s.a.v.)ga yo‘liqdi va:

— Ey, Muhammad! Men sizga yordam beraman. Alloh manim qo‘limda bu aqlsizlik kasalini muolaja qiladi, - dedi.

Shunda Rasululloh (s.a.v.):

— Allohga hamd bo‘lsin, uni maqtaymiz, undan yordam so‘raymiz, unga istig‘for aytamiz. Alloh kimni hidoyat qilsa, adashtirguvchi yo‘q. Kimni adashtirsa, hidoyat qilguvchi yo‘q. Va guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q. Albatta, Muhammad Allohning quli va rasulidir, - dedilar.

Zamod bu so‘zlarni yana qaytaring, dedi. Rasululloh unga yana takrorladilar.

— Kohinlar, sehrgarlar va shoirlarning so‘zlarini eshitganman-u, lekin siz aytgandagidek so‘zni eshitmaganman. Bu so‘zlaringiz dengiz tubigacha yetib bordi. Islomga kirishlikka sizga bay’at beraman, — dedi Zamod.

Rasululloh «qavmingga ham» dedilar. U kishi islomga kirishlik uchun o‘zi va qavmiga bay’at qildi»2"1. Hoji Xalifaning xabar berishicha, «Mahosin ash-sharia fi furui ash-shofi’iya» («Shofi’iya furu’larida shariat go‘zalliklari») asari muallifi Qaffol Shoshiy deb tanilgan Imom Abu Bakr Muhammad Alidir. Ushbu asar ajoyib masalalarni o‘z ichiga olgan. Lekin kitobning adadi juda kam. Uningbir nusxasi Qohiradagi «Foziliya» madrasasiga 3 jildda vaqf qilingan. Asar

68

degan misralar bilan boshlangan. Qaffol Shoshiyning unda zikr qilishicha, kitobni shariat dalillari haqida so‘raganlar uchun yozgan2*9.

Abdulkarim ibn Muhammad Rofi’iy Qazviniy esa bu borada quyidagi ma’lumotlarni keltirgan:

«Abu Bakr Qaffol Shoshiy buyuk imomlardan va shofi’iy mazhabi olimlaridan edi. Bu zot tafsir, hadis, usul va fiqh ilmlarida peshqadam edi va ko‘plab asarlar yozgan. U kishining «Mahosin ash-sharia» kitoblari bo‘lib, unda Rasululloh (s.a.v.) mo‘‘jizalarini badiiy uslubda jamlagan. Ushbu kitobda YuOOdan oshiqhadislar bor»290.

Shuningdek, uzoq yillar O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi (hozirda O’zbekiston musulmonlari idorasi) kutubxonasida faoliyat olib borgan marhum olim Nodirxon Maxdum Alouddin o‘g‘li «ba’zi mualliflar «Usuli Shoshiy» kitobini Qaffol Shoshiyning asari deb hisoblaidilar, ammo biz bu asar diniy arbob, Qaffol Shoshiy maqbarasiga dafn etilgan Nizomuddin Shoshiy asari deb hisoblaymiz. Asarda muallifning nomi yo‘qligi hozirgi zamon olimlarini noto‘g‘ri fikrga olib kelgan bo‘lsa kerak»291, — deb yozgan.

Abu Bakr Qaffol Shoshiyning shaxsiyati va ilmiy salohiyati nafaqat o‘rta asr Sharq mualliflari, balki g‘arb olimlari tomonidan ham e’tirof etiladi. Ayniqsa, nemis sharqshunosi K.Brokkelman292 va yirik rus olimi V.Bartol’d293 lar Qaffol Shoshiy ilmiy faoliyatiga yuksakbaho berishgan. Uning arab adabiyotida tutgan o‘rni haqida bayon qilishgan.

Xulosa qilib aytganda, Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy ham diniy, ham dunyoviy bilimlari hamda o‘zining ulkan ilmiy, ijodiy faoliyati bilan ilm-fanning qator sohalari rivojiga katta hissa qo‘shgan allomalardan sanaladi.

«Javomi’ al-kalim» asari haqida

Abu Bakr Qaffol Shoshiy ilmiy merosida «Javomi’ al-kalim» («Hikmatli iboralar to‘plami») asari yetakchi o‘rinni egallaydi. «Javomi’ al-kalim» kitobi Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy qalamiga mansub bo‘lib, unda Imom Buxoriy sharhi majmualaridagi Rasululloh (s.a.v.) kalimalaridan

69

to‘plangan»294. Ushbu asar qo‘lyozmasining foto nusxasi O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari 1970 yili Damashq shahridagi «Zohiriya» kutubxonasida saqlanadigan «Javomi’ al-kalim» asarining qo‘lyozmasi (32 sahifadan iborat) foto nusxasini olib kelganlar.

Qaffol Shoshiy «Javomi’ al-kalim» asarining ahamiyati to‘g‘risida qo‘lyozmaning muqaddima qismida shunday yozgan: «Darhaqiqat, payg‘ambar so‘zlari va shar’iy odoblarda ma’sushik bilan quvvatlangan, bayon va hikmat bilan ta’min etilgani (ya’ni payg‘ambar tomonidan kvlganligi va aytilganligi) tufashi oriflar qalblariga yorug‘lik va qo‘rqadiganlar dardlariga shifo bordir. Chunki, ul zot hidoyatga chaqiradi, ko‘r ko‘zlarni ochadi, (Hur’onni) o‘z havosi (xohishi) bshan so‘zlamaydi. Alloh unga (payg‘ambar) o‘zi tanlab olgan bandalari ichida barchasidan ko‘ra afzalroq salavot yuborsin!».

Shuningdek, asarning xususiyatini muallif quyidagicha ta’riflaydi: «Bu kitobimda Rasululloh (s.a.v.) hadislari ichida eshitganlarimdan mingta so‘z (kalima) to‘ggadim. Ularning tuzilishi murakkablikdan xoli, ma’nolari chigallikdan yiroq, payg‘ambar hidoyati bilan qo‘llab-quvvatlangan va tarbiyalanganligi sababli fasih/garning fasohatidan va balog‘at ahlining balog‘atidan ustundir. Men ularni o‘zlashtirish va eslab qolishni osonlashtirish maqsadida biri ikkinchisining ketidan keladigan, isnodlari olib tashlangan, so‘zlarning yaqinligiga ko‘ra boblarga bo‘lingan holda keltirdim. So‘ngra yana ikki yuz ibora qo‘shdim va ular bir ming ikki yuz ibora bo‘ldi».

«Javomi’ al-kalim» asarida Qaffol Shoshiy hadislarni quyidagi holatda keltirgan:

Amallar niyatlarga bogliqdir. S^A) (_](-«& *_M

Maaahatgo‘y omonatdordir. Su&$*> ^ ■'"'"■^

Karam sohibi bo‘lishlik taqvodir. <_£^-^' ?^£^

Q}>r’on dardlarga davodir. ye1^L ^D i'^'

Duo — u ibodatdir. ‘A^ya1\ ^d s1£.l11

Avval salom, keyin kalom. a^£31 <_1^z aXL Yaxshi savol ilmning yarmidir. e1*1\ ^ <ch»i <_11 $*L\ <>-1-».

Jamoat bilan bo‘lishlik rahmatdir. Yaa. ) *<-.\ ^\\

Firqalanish ayni azobdir. ts^I 45 \a!1

70

Ko‘rinib turibdiki, Qaffol Shoshiy to‘plagan hadislar qisqa, lo‘nda hamda ma’nolarga boydir. Muhimi, har qanday o‘quvchi uchun tushunarli shaklda berilgan. Ayni paytda, «Javomi’ al-kalim» ma’rifiy va didaktik ahamiyatga egaligi bilan boshqa hadis to‘plamlari ichida ajralib turadi. Shuningdek, Qaffol Shoshiy asarida berilgan hadislarda islom dini ahkomlaridan tashqari odob-axloq, ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiyaga doir hikmatli iboralar qayd etilgan. Undan xalqimiz orasida keng tarqalgan matal, maqollar, nodir va qimmatli aforizmlar ham o‘rin olgan. Bu esa hadislarning keng xalq ommasi uchun ravon va tushunarli bo‘lishi, tarqalishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Sahih hadis to‘plamlari ichidan hikmatli iboralarni saralab olish Qaffol Shoshiydan katta mehnat va mashaqqatni talab etgan. E’tirof etish kerakki, islom ilmlari bo‘yicha yetuk alloma o‘zining yana bir ilmiy salohiyatini namoyon etib, «Javomi’ al-kalim» asarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Fikrimizning isboti sifatida ushbu hadislardan ba’zilarining roviy va isnodlariga murojaat qilaylik:

«Amamar niyatlarga bog‘liqdir». Bizga Abdulloh ibn Zubayr Hamidiy Sufyondan xabar bergan. Unga Yahyo ibn Sa’id Ansoriy Muhammad ibn Ibrohim Taymiydan xabar bergan. U Alqama ibn Vaqqos Laysiy Umar ibn Xattob (raziallohu anhu) minbarda turib shunday deganlarini eshitganligini aytgan. Umar ibn Xattob minbardan turib, Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, barcha amallar niyatga bog‘liqdir. Har bir kishi o‘z niyatiga yetgusidir. Biror kishi Allohtaolo va Uning Rasuli (payg‘ambari) uchun hijrat qilsa, Alloh va uning Rasuli uchun hijrat qilganlik savobini topadi. Har kim dunyo uchun hijrat qilsa - dunyoga, ayol uchun hijrat qilsa - ayolga yetishgusidir. Bas, nimani niyat qilib hijrat qilsa, o‘shanga yetishgusidir» deganlarini aytdi29\

Ushbu hadis sahih bo‘lib, uni Imom Buxoriy Molikdan keltirgan. Bundan tashqari bu hadis bir necha hadis to‘plamlarida ham mavjud. Qaffol Shoshiy ushbu hadisdan bor-yo‘g‘i ikkita kalimani ajratib olgan va u omma orasida mashhur bo‘lib ketgan.

«Maslahatgo‘y omonatdordir». Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Tajibiy Abu Sa’id Ahmad ibn Donuqo Jamoldan, u Ibrohim ibn Mahdiydan, u Hasan ibn Muhammad Abu

71

Muhammad Balxiydan, u Ismoil ibn Muslimdan, u Hasandan, u esa Samura ibn Jundubdan Rasululloh (s.a.v.): «Maslahat beruvchi xiyonatchi emas, balki omonatdordir (ishonchga loyiqdur), zero, u xohlasa maslahat beradi, xohlasa sukut saqlaydi. Agar maslahat bersa, o‘zi o‘sha ahvolda nima qilsa, o‘shani maslahat beradi», dedilar.

Yana bir rivoyatda hadisning davomida shunday deyilgan:

«Shuning uchun (maslahat beruvchi birovning sirini saqlashga ishonchli bo‘lganligi uchun) u istasa, maslahat beradi (omonatni sir tutishga ko‘zi yetsa), xohlasa sukut saqlaydi (omonatni sir tutishga ko‘zi yetmasa)».

Majlislar omonat bilandir (ularda aytilgan so‘zlarning sir saqlanishiga bog‘liq).

Boshqa bir hadisda:

«Bir odam bir so‘zni aytib bo‘lganidan so‘ng (hadiksirab) u yoq-bu yoqqa qarab qo‘ysa, demak, uning so‘zi (eshituvchi uchun) omonatdir (sirdir)».

Islom dini ta’limotiga ko‘ra, bir odamning boshqa bir odamga ishonib berib qo‘ygan puli, moli va boshqa narsalari omonat bo‘lganidek, uning boshqalar eshitmasligini nazarda tutib aytgan gapi ham omonat, ya’ni sir hisoblanadi. Omonat so‘zga xiyonat qilib, birovning sirini fosh qilish ham molu dunyoga xiyonat qilingani kabi qoralanadi.

Ahmad Asbog‘ ibn Abdulaziz ibn Marvon Ximsiydan, u otasidan, otasi esa bobosidan, bobosi Abbon ibn Sulaymondan, u otasi Sulaymondan, u Qabbos ibn Ashim Laysiydan xabar berishlaricha, Rasulullohdedilar: «Va’da vafodir»2%.

Hadisning bosh qismi:

«Sizlardan birortangiz bolasiga va’da qilib uni bajarmaydigan bo‘lsa, va’da qilmasin!»

«Va’da qarzdir».

Islom kishilar orasida o‘zaro munosabatlarni shakllantirishda qarz berib turish va uni vaqtida qaytarish masalasiga katta ahamiyat bergan va qarzni qaytarish qanchalik muhim bo‘lsa, va’daga vafo qilmoqlik ham shunchalik muhimligini uqtirgan. Hatto, boshqa bir hadisda payg‘ambar alayhissalom va’daga vafo qilmaslik, unga xilof qilishlik munofiqlikning alomatlaridandir, deb ta’kidlaganlar.

Abu Muslim Ibrohim ibn Abdulloh ibn Muslim Abu Osimdan, u Ibn Jurayjdan, u Abdulkarimdan, u Usmon

72

ibn Affonningxizmatkoridan, u Abdullohibn Ma’qildan, u Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilishlaricha, Rasululloh «Pushaymonlik (nadomat chekish) tavbadir»2'", — dedilar.

Dinning asl maqsadi va asosiy vazifasi haqidagi payg‘ambarimiz (s.a.v)ning mashhur bo‘lgan hadislari aynan «Javomi’ al-kalim»da «Din ixlos(nasihat ma’nosida ham ishlatiladi)dir» tarzida berilgan. Ushbu hadis «Sahih Muslim»da quyidagicha keltirilgan: «Muhammad ibn Abbod Makkiy Sufyondan, u Suhayldan, u Ato ibn Yaziddan, u Tamim Doriydan xabar berishlaricha, payg‘ambar (s.a.v.) dedilarki:

— Din ixlosdir. So‘radik:

— Kimga? Rasululloh dedilar:

— Allohga, Uning Kitobiga, Elchisi(Rasuli)ga, musulmon rahbarlari va musulmon qavmlarga29*.

«Bemaza gap jas/yu k&tiradi». Bu hadis aslida quyidagicha: Muhammad ibn Solih ibn Zurayh Ismoil ibn Muso Fizoriydan, u Hushaymdan, U Mansurdan, u Hasandan, u Abu Bukradan xabar berishlaricha, Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Bemaza gap jafo keltiradi, jafo esa do‘zaxga olib boradi. Hayo imondandir, imon esa jannatga kiritadi»2'*'.

Xalqimiz orasida «Oltin olma, duo ol» degan naql mavjud. Qaffol Shoshiy o‘zining «Javomi’ al-kalim» asarida «Duo - u ibodatdir» degan hadisni keltiradi. Ushbu hadis deyarli barcha muhaddislarning to‘plamlarida uchraydi. Mazkur hadis «Sunani Termiziy»da quyidagicha berilgan: «Hannod Abu Muoviyadan, u A’mashdan, u Zarrdan, u Yasi’ San’ondan, u Nu’mon ibn Bashirdan rivoyat qilishlaricha, payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytishlaricha, «Sizlarning Rabbingiz menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman», degan. Rasulullohaytadilarki, «Duo - ibodatdir. Rabbingiz menga duo qiling. Duolaringizni ijobat qilaman» degan. Uni Mansur rivoyat qilgan»30".

Monografiyada «Javomi’ al-kalim»da berilgan 1000 dan oshiqhadislarni sharhlashning imkoni yo‘q. Muximi, Qaffol Shoshiyningushbu asari hadis ilmida katta ahamiyatga ega. Chunki unda berilgan hadislar keng xalq ommasi o‘rganishi uchun juda ravon va qulay yozilgan.

73

Qaffol Shoshiy «Javomi’ al-kalim» asarining muqaddimasida «hadis isnodlariga bir kitob bag‘ishladimki, ularni bilish uchun o‘sha kitobga murojaat qilinadi», deb yozadi. Demak, muallifning hadis ilmiga oid «Javomi’ al-kalim»dan boshqa yana bir asari mavjud ekanligi ma’lum bo‘ladi. Unda olim o‘zi to‘plagan 1200 sahih hadislarning roviy va isnodlarini to‘liq keltirgan.

Xulosa qilib aytganda, «Javomi’ al-kalim» tom ma’noda mo‘‘tabar asarlar sirasiga kiradi. Zero, unda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hikmatomuz ibratli so‘zlari, hadislari o‘z ifodasini topgan. «Javomi’ al-kalim», ya’ni «Hikmatli iboralar to‘plami» nomidan ham ma’lumki, undan dini, millatidan qat’i nazar har bir inson uchun kundalik turmush va ijtimoiy hayotda zarur bo‘lgan odob-axloq mezonlari, bebaho ko‘rsatmalar o‘rin olgan.

"* Yoqut Hamaviyning xabar berishicha, Qaffol Shoshiy mitti qulf va vazni bir doniq (o‘lchov birligi) kalit yasab, kishilarni hayratga solgan (Mu’jam al-buldon, 5-jild. -B. 116).

2-"al-Ansob. 10-jild. -B. 211.

"*Siyar a’lom an-nubalo. 16-jild. -B. 283.

-'"Tahzib al-asmo. 2-jild. -B. 556.

""Tabaqotash-shofi’iya al-kubro. 3-jild. -B. 152.

2M Ibn Xaplikon. Vafoyotal-a’yon. -Bayrut, 1998. -B. 48.

2,2 Qarang: al-Ansob. 7-jild. -B. 244—245; 10-jild. -B. 212.

211 Abdulkarim ibn Muhammad Rofi’iy Qazvinii. Tadvin fn a.xbori Qazvin. -Bayrut: Dor al-kutub al-nlmiya, 1987. 1-jild. -B. 457.

2,4Siyar a’lom an-nubalo. 16-jild. -B. 283.

2,'Siyar a’lom an-nubalo. 14-jild. -B. 431-432.

2,,'Abula’lo Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahim Muborakfuriy. Tuhfat al-Axvoziy. -Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya. 7-jild. -B. 403.

-'"Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro. 3-jild. -B. 155; Abu Abdulloh al-Hapimiy. Shu’ab al-imon. -Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1410 h. 7-jild. -B. 96 (She’r tarjimasi — N.M.).

1№ Qarang: Qaffol Shoshiy // Ma’naviyat yulduzlari. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. -B 84—86.

2,4 Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi / Arabchadan Abdulloh shayx Ismoil Maxdum o‘gli tarjimasi. -T.: Movarounnahr, 1995. -B. 59.

2411 Qarang: Mannonov B. Qaffol ash-Shoship va uning diplomatik faoliyati haqida // O’zbekiston tarixi. -2004. № 4. -B. 28-29.

241 Irisov A. Qaffol Shoshpy // Ma’naviyat yulduzlari. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. -B. 85—86.

74

242 Qarang: Nodirxon ibn Atouddin. Abu Bakr Qaffol Shoshiy va uning faoliyati // Sovst sharqi musulmonlari. -1971. -3-4. -B. 9-11.

241 Abdulmalik ibn Muhammad Shoshiy shoir bo‘lib, X asrda toshksntlik mashhur olim va shoir Qaffol Shoshny bilan bnrgalikda Toshkentdan islom mamlakatlariga safar qilgan // Nosprov A. Toshkand olnmlari va shoirlariga oid materiallar. O’zR FA ShI Qo‘lyozmalar fondi, № 13408, 620-sahifa.

244 Prozorov S. al-Kaffat // Islam na terrntorii bshshey Rossiyskoy imperii. Entsiklopsdicheskiy slovar. -M.: Vostochnaya lntsratura, 2000. Vgp. 2. -S. 46.

24'Lmkoshin Nil Sergeevich — asli harbiy bo‘lib iste’foga chiqqach, 1918—20-yillarda Toshkentdagi Turkiston xalq universitstida turk tillari va etnografiyasidan dars bergan. O’lkashunoslikka oid bir qancha asarlar yozgan.

24''Lmkoshin N. Pomyanite psrvouchitelya // Narodnmy universitet. -1918 goda, 14 maya. -№ 9. -S. 1.

247 O’sha manba.-S. 1.

24"Tojuddin Subkiy. Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro. Bayrut: Dor al-kubro. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1999. 3-j. -B. 152.

24ChLmkoshin N. Pomyanits pervouchitelya. -S. 1.

2,"Qarang: Valixo‘jaev B. Abu Bakr Qaffoli Shoshiy // Muloqot. № 3. 1997.-B. 29-32.

251 Qarang: Ibrohimov A. Pargarning tayanch nuqtasi // Istiqlol yillari: milliy-diniy qadrnyatlarning xalqqa qaytishi (O’zbskiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallarining baeni). -T.: 2001. -B. 93-98.

252 Boboxonov Sh. Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon. -T.: O’zbskiston Milliy entsiklopediyasi, 2001. -B. 265.

2U Ibn Xallikon. Vafayot ach-a’yon. -Bayrut. 1998. 4-jild. -B. 48.

-"4 Yaminov A. Qaffol Shoshiy o‘rta asr arab manbalarida // Sharqshunoslik. -2004. -№ 12. -B. 76-77.

2"Tojuddin Subkiy. Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro. 3-jild. -B. 152.

2:"T1rozorov S. at-Kaffat // Islam na territorii bmvshey Rossiyskoy imperii. Entsiklopedichsskiy slovar. -M.: Vostochnaya literatura, 2000. Vmp. 2. -S. 45.

-’7 Qarang: Abu Abdulloh ibn Idris Shofi’iy (767-820) -sunnnplnkdagi shofi’iya mazhabining asoschisn va imomi, ilohnyotchi faqihlardan biri. (Islom, spravochnik (ma’lumotnoma). M.A.Usmonov tahrirn ostida. -T.: 1986. -B. 283).

258 Abdulvahhob Xallof. Usulul fiqh. (Arabchadan Salohiddin Muhiddin tarjimasi.) -T.: 1997. -B. 3.

2"'Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro 3-jild. -B. 153.

2'"Tahzib al-asmo val-lugot. 2-jild. -B. 556.

2"';a-Ansob. 10-jild. -B. 211-212.

2y2Yaminov A. Qaffol Shoshiy o‘rta asr arab manbalarida. -B. 79; Yana qarang: Tahzib al-asmo val-lugot. -B. 2X2; Siyar a’lom an-nubalo. 16-jild. -B. 283-284.

2M Yaminov A. Qaffol Shoshiy o‘rta asr arab manbalarida. -B. 79-80.

2MTabaqot ash-shofi’iya al-kubro. 3-jild. -B. 152; Siyar a’lom an-nubalo. 16-jild. -B. 284.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 1 mesaj ] 

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 3 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
cron
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye