Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 21 mesaj ]  Sayfaya git Önceki  1, 2, 3  Sonraki
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:36 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Sui xotima (iymonsiz ketish)dan qo‘rqardi. Tutgan yo‘li va tanlagan mezoni yuqorida zikr qilingan tarzda edi . Mazhabi (Imomi A’zam) Abu Hanifa va ashobi tutgan yo‘l edi. Faqirlik va yo‘qsillikni xush ko‘rardi. Ba’zi darvishlar choriq kiyardilar va hazrati shayx mash tortishni buyurardilar. Taomni yeyishdan avval «bismilloh», nihoyasida «alhamdulillah» der edi. «Hush dar dam» (Har bir nafasni idora etish, ongli tarzda chiqarish), «nazar bar qadam» (oyog‘ingiz ostiga va oldingizga qarang), «safar dar vatan» (vatanda safar qiling) va «xilvat dar anjuman» (xalq orasida Haq bilan birga bo‘ling)», — der edi. Zohirda va botinda mashoyix huzurida adab, ta’zim va ikrom bilan o‘tirardi. Suhbatdosh, hammaslak va xizmatdosh birodarlariga nisbatan qo‘li ochiq edi, ularni o‘zidan ustun ko‘rardi. Barcha maxluqotdan rozi edi. Hech kimga hasad qilmas, boylikdan qo‘rqardi. Gohida: «Ey azamatli podshohlar va nodonu g‘ofil, johillar, darvishlarning xilvatdagi ruhiy lazzatlaridan g‘ofilsizlar. Boshqalarni dil zikri bilan bahramand qiling. Nafsni tanishga va ko‘ngilga keladigan tushuncha (xavotir)larni bilishga harakat qiling», — der (va qo‘shimcha qilib: «Ey Abdulxoliq, xavotirni bilish ishi senga havola qilindi») , «Zohiringizni parokandaliklardan xalos eting, chunki zohiran parokanda kishining botini va ko‘ngli undan ham battar parokanda bo‘ladi», — der edi.

Kofirlar, nasroniy, otashparast va zardushtiylarning uylariga borar, ularga hazrati payg‘ambar alayhissalomning fazilatlarini tushuntirar, jannat va do‘zax haqida so‘zlar, ogohlantirar, islomni qabul qilishga da’vat etardi. Natijada, ular islomni qabul qilishardi. Keyin ular shayx uchun sovg‘a-salom in’om etishar, shayx hazrat ham ularga hadya bilan javob qaytarardilar. Ularga diniy amr va ta’qiqlarni o‘rgatar, muridlariga: «Ularni hurmat-izzat qiling!», — der edi. Muridlari bilan birga sayyohatga chiqishni yoqtirar, «Aqlga ergashing, nafsga muxoliflik qiling, aql va nafs bir joyda jam bo‘lmaydigan bir-biriga zid ikki narsadir. Toatga mag‘rurlanmang. Dunyoga berilmang va dunyoviy bezaklarga mayl etmang», — der edi. Doim shayxining orqasida turib namoz o‘qirdi-yu, yonida turmasdi. Avval o‘ng poyabzalini kiyib, to‘pig‘iga e’tibor berar, so‘ng chap oyoq kiyimini kiyar edi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:37 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Farz namozidan keyin o‘tirib «Oyatul kursiy», «Amanar rasulu», «Qulillahumma malikal mulk» oyatlarinio‘qir, so‘ng sunnat namozini ado etardi. Namozni o‘z vaqtida o‘qir, kechiktirmasdi. Qish kechalarida yostiq ishlatar, yozda esa bo‘yra ustida suyanib yotardi. «Ilohi, bizni nafsimiz bilan yolg‘iz tashlab qo‘yma, bizga rozi bo‘lganing narsalarni nasib ayla, oqibatimizni xayrli qil, inson shaklidagi shaytonlardan bizni uzoq tut!» — deb munojot qilardi. Muridlarining hurmatini joyiga qo‘yar, majlisga kelgan-kelmagan va bir-birini shikoyat qilganlarni bir-biri bilan yuzlashtirib, yarashtirib qo‘yar, bir kishining so‘ziga qarab, boshqasini ranjitmasdi. Mabodo birisi kelib: «Falon kishi sizni mensimay tilga oldi, haqorat qildi», — desa, «uning aytganiga roziman», — der edi.

Qozi, mufti, rais, imom, muazzin va qorovullarga qilgan xizmatlarining savobini tushuntirar, ularni ezgulikka tashviq etib: «Haq tomonida bo‘ling!»,—deya nasihat qilardi. Samarqand peshvolariga qal’a qurish lozimligini aytar edi. Agar kapcha - cho‘mich orqali qozonga chang-tuproq tushgan bo‘lsa, u taomdan yemas edi. Kasallarni ziyorat qilar, muhtojlarga qarz berar, lekin qaytib olmasdi. Shahzoda Qusam ibn Abbos (raziyallohu anhu)ning qabrini ziyorat etardi. Do‘stlaridan birortasi Chata, To‘qmoq va Urus qo‘shinlariga qarshi janglarda shahid bo‘lganini eshitsa, janoza namozini o‘qirdi. Biron narsa yoki biror kishini la’natlamas va Chingizni duoibad qilmasdi. Muridlarini go‘sht yeyish (g‘iybat) va ko‘p so‘zlashishdan man’ etardi. O’zi ham ko‘p gapirmasdi. Hujrasida bo‘yra, kigiz, ko‘za, ikki yostiq va qozondan boshqa narsa yo‘q edi. Boyni mol-davlati tufayli kambag‘aldan ustun ko‘rmasdi. Har doim faqir va boy sahobalarning ahvollaridan so‘z yuritar, muridlariga ham ularga ergashishni buyurardi.

Qon oldirar, nishtar urdirar, doru ichardi. (O’zi tashkil etgan) madrasada talabalarga dars berardi. Doimo tahoratli yurib, ovqatni ham tahoratli holda yerdi . Ishlarida shoshilmas, bapo va qiyinchiliklarga sabr qilar, har kimga sirrini oshkor etmas, o‘zining odatiy ishlarini tark etmas, bir ishga kuchi yetmasa, o‘zidan ranjib, istig‘for etardi. Har oqshom o‘tgan kunining hisob-kitobini qilardi. Rizq g‘amini yemasdi. Ko‘p namoz o‘qir, ro‘za tutar, muridlarini ins, jin va shayton kabi dushmanlardan ogohlantirib: «Bu dushmanlar doimo tahoratli yurish va zikr qilish bilan daf etiladi», — der edi. Shayxidan nima eshitgan va ko‘rgan bo‘lsa, shularni muridlariga tavsiya qilardi. To‘g‘ri kelgan joyga hojat qilmasdi. Giyoh o‘sgan joylarga bavl qilmas va tupurmas edi. «Haq» ismini ko‘p aytar, Alloh taoloni zikr qilmasdan taomga qo‘l uzatmas va: «Luqma yeyish bu — urug‘ sepishdir. Urug‘ni ongli va hushyor holatda ekish kerakki, quvvati taom bo‘lsin», — der edi.

Libosini peshobdan ehtiyot qilar edi. Biron kishiga va’da bergan bo‘lsa, so‘zining ustidan chiqardi. Musulmonlarga qo‘li va tili bilan ziyon yetkazmaslikka harakat qilardi. Muhtojlarga yordam berardi. Burniga xushbo‘y hid taralsa, salovot keltirar, «La ilaha illalloh al-Malik ul-Haqq ul-Mubin» va «Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil-azim va bihamdihi astag‘firulloha min kulli zanbin va atubu ilayh» duolarini, «Subhanalloh» kalimasini oxirigacha ko‘p o‘qirdi. Doimiy ravishda bosh og‘rig‘idan qiynalardi. Bir kun Xoja Hamiduddin Multoniyning maqomi (qabri)da: «Menga bu dard berilganiga qirq uch yil bo‘ldi. Sahobalardan ba’zilari ham doim bir dard bilan og‘rib yurar, ammo ular buni xalqdan yashirar edi», — dedilar. Beva, g‘arib, yetim va musofirlarning ahvolini so‘rab-surishtirar, ularni qo‘llab-quvvatlar edi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:37 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
SHAYXNING SAMARQANDGA KELISH SABABI

Hamadon shahridan hazrati shayx bilan birga (quyidagi) o‘n bir kishi kelgan edi: 1. Abu Muso Xodim. 2. Bu ojiz banda Abdulxoliq . 3. Imom Yah’yo G’atfariy. 4. Xoja Ishoq. 5. Xoja Ribot. 6. Xoja Zakariyoning akasining o‘g‘li. 7. Xoja Odam Shodvoriy. 8. Xoja Muhammad Hakim Sarpuliy Balxiy. 9. Xoja Muhammad Chilla . 10. Xoja Quraysh. 11. Bobo Sulaymon Orifi Turkiy.

Shayximiz Yusuf Hamadoniyning Samarqandga kelish sababi shunday edi: Xoja Hamiduddin Multoniy viloyatga ketadi, oradan olti yil o‘tadi. Xoja Xizr alayhissalom Malatyada edi. U yerda Imom Molik naslidan Abduljamil ismli bir yuz o‘n uch yoshli bir odam yashardi. Haq taolodan bir farzand tilardi. O’sha asnoda Malatya podshohiga qarshi dushman paydo bo‘lib, uni mamlakatidan quvib chiqarib, mol-mulkini egallab oladi. Malatya podshohi dashtu sahroda kezar, soqoli va qoshlarini taroshlagan edi. Tasodifan yo‘lda Abduljamilning uyiga ko‘zi tushadi. Bir necha kundan beri hech narsa yemagani uchun bu xonadon ahlidan yegulik so‘rash xayoliga keldi. Uyga yaqinlashganida do‘stlik bo‘yi dimog‘iga urildi. Keksa bir ota-xonga ko‘zi tushdi, unga salom bergach, rum tilida: «Bu viloyatning lashkaridanman. Bir necha kundan beri hech narsa yeganim yo‘q», — dedi. Xoja Abduljamil: «Uyga kiring», — dedi. Podshoh uyga kirgach, uni o‘tqazib, unga hurmat-ehtirom ko‘rsatdi. Suv keltirib: «Tahorat qiling», — dedi. Podshoh tahorat olgach, keksa Abduljamil «tahorat uchun shukr namozi o‘qing», — dedi. Podshoh namozni ado etgach, Abduljamil turli ne’matlarga go‘la bir dasturxon keltirib, podshohning oldiga yozdi. Podshoh istaganicha tanovul qildi.

Keyin uning kiyimlarini yuvdilar. Soch-soqolini tartibga keltirdilar va: «Istirohat qiling», — dedilar. Podshoh uyquga ketadi. Uyg‘ongach, yig‘lay boshladi. Ko‘p yig‘ladi. Xoja Abduljamil podshohning ko‘p yig‘laganini ko‘rib, buning sababini so‘radi. Podshoh: «Aytolmayman», — dedi. Xoja Abduljamil qasam ichdi va: «Ayt, uyalma», — dedi. Podshoh unga qarab: «Meni taniysizmi?» — dedi. Xoja: «Malatya podshohi bo‘lsang kerak», — dedi. Podshoh: «Ha», — dedi. Xoja Abduljamil: «Viloyatingni qaytarib olmoqchimisan?», — deb so‘radi. «Albatta, oilam, bola-chaqam nomahramlarning qo‘lida», — deydi podshoh. Xoja: «Agar viloyatingni qaytarib olsang, menga qizingni berasanmi?» — deb so‘raganida, podshoh bu taklif-shartni qabul qildi. Xoja dedi: «Sen padarimiz Imom Molik maqbarasiga borib, u yerda qirq kun chilla o‘tirishing kerak». Podshoh qabul qildi va Imom Molik maqbarasiga ravona bo‘ldi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:38 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Viloyatni qo‘lga kiritgan zolim hukmdor esa xalqqa zulm qilar, musulmonlarning mol-mulkini, bola-chaqalarini tortib olib, istaganicha tasarruf etardi. Shu bois xalq qiyin ahvolda qolgan edi. Eski podshohni esa izlab topolmasdilar. Xalqning oqsoqollari Xoja Abduljamilning huzuriga kelib, ahvolni tushuntirdilar. Xoja: «Men sizlarga avval aytgandim, podshohingiz bilan birga bo‘ling, u bilan birga jang qiling, degandim. Ammo tanballik qildingiz, endi qilgan xatoingizning jazosini tortyapsizlar», — deb koyidi. Shunda xalq peshvolari: «Bizga o‘sha podshohimiz kerak, ma’naviy himmat ko‘rsating, uni topib bering», — deya iltijo qildilar. Xoja: «Kechasi zirhlaringizni kiyib, qurollaning. Podshohga hujum uyushtiring, uni va odamlarini asir oling, men esa podshohingizni olib kelaman», — dedi. Xoja shunday degach, odamlarni jo‘natdi va Imom Molikni ziyorat qilishga yo‘l oldi. Ziyoratgohda podshohni ko‘rdi, u ancha ozib qolgan edi. Podshoh Xojani ko‘rib, o‘rnidan turdi, hurmat ko‘rsatdi va undan Malatya viloyatini qaytarib olishda yordam berishini so‘radi. Xoja: «Viloyatingni senga topshirdik, o‘rningdan tur va ulovingga min», — dedi. Rumning peshvolari uning (podshohning) istiqboliga chiqdilar va Xojaning aytganini qilib, podshohni kutishardi. Podshohning kelganini eshitib, darhol shahar tashqarisiga chiqishdi, uni taxtga o‘tqazishdi. Dushmanlarni og‘ir zanjirlarga solib olib kelishdi va hukmdorning buyrug‘i bilan qatl etishdi. Shahar ichiga kirgunga qadar tantana qilib, qizni Xojaga uzatish taraddudini ko‘rdilar. Podshoh Xojaga: «Qizimni qabul qiling!»,—dedi. Xoja podshoh qizini nikohladi va Rum diyoriga yo‘naldi. Haq taoloning taqdiri bilan u qiz Xoja Abduljamilga bir o‘g‘il tug‘ib berdi. Unga Xoja Abdulxoliq deb nom qo‘ydilar.

«Muhtaram otam ismimni Xoja Xizr alayhissalom tanlaganini aytardi. Yigirma ikki yoshga to‘lganimda Xoja Xizr alayhissalom meni hazrati shayx Yusuf Hamadoniyga olib bordi. Shayx Xizr alayhissalomning oldida menga qalb zikrini talqin etdilar. Keyin Xizr alayhissalom hazrati shayxga: «Siz Samarqand shahriga borishingiz kerak», — dedi. Shunday keyin Shayx Yusuf Hamadoniy ismlari yuqorida aytib o‘tilgan azizlar bilan birga Samarqandga keldilar. G’atfar tumanining Xushvurud mahallasida yashay boshladilar. Uch oy o‘tib, Xoja Hasan Andoqiy va Xoja Ahmad Yassaviylar shayxning suhbatiga kelib qo‘shildilar. Shayx ularga ham qalb zikrini talqin etdilar. To‘qqiz oydan keyin Xoja Abdulloh Barraqiy kelib, murid bo‘ldi. Bu azizlarning davrida Samarqand, hatto Amudaryo bo‘yidagi viloyatlardan tortib, Qora Xojagacha, Xorazm viloyatidan to Badaxshongacha bo‘lgan mintaqada bid’atchi va nafsu havosiga tobe’ bo‘lgan biron e’tiqodi buzuq kishi qolmadi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 31.12.08, 21:39 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
SHAYXNING VAFOT TARIXI

Hazrati shayx Yusuf Hamadoniy Muharram oyining yigirma sakkizinchi kuni payshanbada vafot etganlar. Tafsiloti shunday: Peshin namozini ado etgach, mehrobga suyanib, muridlariga: «Suv isiting!» — dedilar. Muridlar yig‘ladilar. Shayx hazratlari Abdulloh Barraqiy, Hasan Andoqiy, Ahmad Yassaviy va bu faqir Abdulxoliqqa hamda o‘sha yerda o‘tirgan qolgan do‘stlariga qarab shunday dedilar: «Biz o‘rnimizga vakil sifatida Xoja Abdulloh Barraqiyni ixtiyor etdik. Unga ergashingiz, muxolafat etmangiz. Irshod navbati sizga kelgach, go‘zal va saodatli hayot kechiringlar, muridlarga qalb zikri qilishlarini, baland ovoz bilan zikr etmaslikni tushuntiring. Sulton Sanjar ibn Malikshoh uchun yozilgan odob haqidagi xususlarni muridlaringizga ham anglating!»

Keyin muborak yuzlarini Xoja Ahmad Yassaviyga o‘girib: «Fotir, Yosin va Noziat suralarini tilovat qiling!» —dedilar. Xatm tugagach, do‘stlardan bir faryod ko‘tarildi. Shunda shayx hazratlari: «Haq taoloning shunday bandalari borki, ularning jon berishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi», — deb quyidagi baytni o‘qidilar:

Oshiqon chunon jon bidihand,
K-on jo malak ul-mavt nagunjad hargiz.

(ma’nosi: Sening diyoringda oshiqlar shunday jon berurlarki, U yerga o‘lim farishtasi aslo sig‘maydi)

Keyin ulug‘ shayxning yuzlarida bir o‘zgarish ro‘y berdi. Xoja Abdulloh Barraqiy muridlarga boqib: «Sizlar chiqingiz!», — dedi. Shayx: «Meni shu uyga dafn etingiz, janozamni Masjidi jome’da qiling, qizimni Sayyid Sharofuddinning o‘g‘liga nikohlang», — dedilar. Shayx hazratning rafiqasi u zotdan qirq kun avval vafot etgan edilar. Uni Chokardizaga dafn etishgandi. Keyin dedilar: «Meni Xoja Abdulloh Barraqiy g‘usl qildirsin, qabrga Hasan Andoqiy qo‘ysin». Shu onda Xizr, Ilyos, Abdol, G’avs va Qutb kirib keldilar. Bu eranlarning har biri hazrati shayx bilan vidolashdilar. Keyin Xoja Xizr alayhissalom qo‘lini uzatib, shayxga oppoq olma berdi. Shayximiz olmani hidlab, G’avsga berdilar, G’avs ham hidlagach, shayximiz: «Ey do‘stlar, janoza namoziga tayyorgarlik ko‘ringlar, Allohning bandalariga mehribon bo‘ling, G’avsni mening yonimga dafn eting!» — dedilar. Vasiyati tugagach, shayximizning jon qushi oxirat olamiga qanot qoqti. G’avs ham shayximizga muvofiq badanini bo‘shatdi, jon berdi. Peshqadam ulug‘lar o‘sha yerda edilar, shayxning vasiyatini ado etdilar, janoza namozini o‘qidilar, qabrga dafn etgach, «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz» (Baqara surasi 156-oyat), dedilar. G’avsni ham o‘sha uyga ko‘mdilar. U uyni ochib, suffa imorat qurdik.

Risale bitdi

Seyfiddin Seyfullah ve Nadirhan Hasan tercumalari

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamat-i Yusuf Hamadani
MesajGönderilme zamanı: 01.01.09, 15:20 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
AbdulAziz yazdı:
SANJAR IBN MALIKSHOHNING MAKTUBI

Hijriy 504 yil Ramazon oyining o‘n birinchi kuni chorshanbada Sanjar ibn Malikshoh Samarqanddagi Qosim ibn Jo‘qiyga bir maktub yubordi. U maktubda shunday yozgan edi: «Shayx ul-mashoyix val-muslimin Ali ibn Muhammad, Qozi Alouddin ibn Umar, Xoja Imoduddin, Amir Abdulvahhob kabi Samarqand ulug‘larining bildirishlaricha, muhtaram Shayx Yusuf Hamadoniyning yoshi kamolga yetibdi. Uning huzuriga borish uchun bizning fursatimiz yo‘q. Zero, Sulaymonshoh buyuk bir lashkar bilan bu tarafga kelayotgan ekan. Shu bois mamlakatni tashlab, Samarqand viloyatiga borib kelolmaymiz. Darvishlarning takya xarajatlari uchun Qosim ibn Jo‘qiy ga halol yo‘ldan qo‘lga kiritilgan ellik ming dinor yuborildi. Siz bizning ishimiz uchun Fotiha o‘qisangiz. Sizlardan asosan maqsadimiz shuki, hazrati shayx (Hamadoniy)ning axloq va ahvoli xususida yozib, bizga jo‘nating. Chunki eshitishimizcha, hazrati shayxning yo‘li va atvori sahobalar (ularning barchasidan Alloh rozi bo‘lsin) yo‘lidek ekan. Albatta, bunga e’tibor berib, duogo‘yingizni ham bu davlatdan nasibador qilinglar».

Keyin hazrati shayx ul-islom azizlarning huzuriga, Xoja Abdulloh Barraqiyning uyiga bordilar. Xoja Hasan Andoqiyni, Xoja Ahmad Yassaviyni, Xoja Shoh G’atfariyni va bu faqir Abdulxoliqni yig‘dilar. Sulton Sanjar masalasini tushuntirdilar. So‘ng barcha Shayx Yusuf Hamadoniy huzuriga kirdilar. Sanjar ibn Malikshohning orzusini shayxga arz qildilar. Shayx uning ishi uchun Fotiha o‘qib, bunday dedilar: «Ey darvishlar, bizning xatodan boshqa amalimiz yo‘qki, uni Sanjarga yuborsak?». Shunda Xoja Aliyyona: «Hazrat, darvishlar sizning ruxsat berishingizni so‘ramoqdalar», — deganida, shayximiz: «Bizdan Alloh rasulining shariatiga muvofiq nima ko‘rgan bo‘lsangiz, shuni yozing!» — dedilar.


Tarihi önemi olan şu 2 paragrafı Türkiye Türkçesine aktarmağa çalışayım:

MELİKŞAH OĞLU SENCER'İN MEKTUBU

504. Hicri yıl Ramazan ayının onbirinci Çarşamba gününde Sencer ibn Melikşah Semerkand'daki Kasım ibn Coki'ye bir mektub gönderdi.

O mektubda şöyle yazmış idi: «Şeyhul-meşayıh vel-müslimin Ali ibn Muhammad, Kadı Alauddin ibn Ömer, Hoca İmaduddin, Emir Abdulvehhab gibi Semerkand büyüklerinin bildirişleri gibi, muhterem Şeyh Yusuf Hemedani'nin yaşı kemale yetmiştir. Onun huzuruna varış için bizim fırsatımız yok. Zira, Süleymanşah büyük bir ordu ile bu tarafa gelmekte. Şu nedenden memleketi bırakıp, Semerkand vilayetine varıp gelemiyoruz. Dervişlerin tekke masrafları için Kasım ibn Coki'ye helal yoldan ele girdirilmiş elli bin dinar gönderildi. Siz bizim işimiz için Fatiha okusanız. Sizlerden esasen maksadımız şu ki, hazreti şeyh (Hemedanî)nin ahlâk ve ahvali hususunda yazıb, bize iletin. Çünkü işitişimize göre, hazreti şeyhin yolu ve tarzları sahabeler (onların hepsinden Allah razı olsun) yo‘lu gibi imiş. Elbette, buna i’tibar verib, duanızı isteyeni de bu nimetten nasibdar eyleyiniz».


Sonra hazreti şeyhul-islam azizlerin huzuruna, Hoca Abdullah Barrakî'nin evine vardılar. Hoca Hasan Endakî'yi, Hoca Ahmed Yessevî'yi, Hoca Şah Gatfarî'yi ve bu fakir Abdulhalik'i topladılar. Sultan Sencer meselesini açıkladılar. Sonra herkes Şeyh Yusuf Hemedanî huzurına girdiler. Sencer ibn Melikşah'ın arzusunu Şeyh'e arz eylediler. Şeyh O'nun işi için Fatiha okuyup, böyle dediler: «Ey dervişler, bizim hatadan başka amelimiz yok ki, O'nu Sencer'e göndersek?». Şurada Hoca Aliyyane: «Hazret, dervişler sizin ruhsat verişinizi arzulamaktalar», — dediğinde, Şeyhimiz: «Bizden Allah Rasulü'nün şeriatına muvafık (uygun) her ne görmüş olsanız, şunu yazın!» — dediler.

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamât-ı Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 01.01.09, 21:00 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
Yukarıda bahsedilen Sultan Sencer Malazgirt'in mubarek komutanı, Anadolu'nun fatihi Selçuklu Sultanı Alp Arslan'ın torunudur. Türbesi bugünkü Türkmenistan'ın Merv şehrindedir. Türk sultanlarının muzafferiyetinde şeksiz-şüphesiz etkisi olan "evliyaullaha muhabbet"lerinin ilk belgelerinden birisi işte şu mektubdur.

Türk'ü idare eden iradenin; saltanatın; hanedanın "evliyaullaha samimi bağlılık" izhar etmeleri tüm Selçuklu ve Osmanlı hanedanlarının manevi bir mirası olarak nesilden nesile aktarılarak Sultan Abdulhamid Han'a kadar ulaşmıştır.

Bugün içinde olduğu zilletten bir çıkış olacak ise tüm İslam ümmeti için işte tarihden alınacak ders budur: Evliyaullaha Mutabaat ...

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamât-ı Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 02:33 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Selamun aleykum!

Bu risalenin turkce tercumasi-da varmis. Onu naksbandi alimi Necdet Tosun cevirmis.

D-r Nacdat Tosun yayinlayan «Hayat ne?» («Rutbatul-hayot») Ahmed Yassavinin ustazi Hoca Yusuf Hemadoni» (Istanbul. 1998) kitobinda Yusuf Hamadani'nin «Rutbat ul-hayot», «Tarikat adabi» «Insan ve kainat hakkinda» risalelerinin turkce tercumalari ve Abdulhalik Gicduvanining «Makamât-ı Yusuf Hemedani» tercumasi varmis.

Yine Necdet Tosun'nin "Bahaeddin Naksbend: hayati, gorusleri, tarikati" (Istanbul 2002) kitabi var.

Yukarideki ozbekce tercuma 4 elyazma esasinda cevirilmistir.

Necdet Tosun'nin kitaplarini bulsa olurmu?

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamât-ı Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 10:24 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
AbdulAziz yazdı:
Selamun aleykum!

Bu risalenin turkce tercumasi-da varmis. Onu naksbandi alimi Necdet Tosun cevirmis.

Dr Nacdat Tosun yayinlayan «Hayat ne?» («Rutbatul-hayot») Ahmed Yassavinin ustazi Hoca Yusuf Hemadoni» (Istanbul. 1998) kitobinda Yusuf Hamadani'nin «Rutbat ul-hayot», «Tarikat adabi» «Insan ve kainat hakkinda» risalelerinin turkce tercumalari ve Abdulhalik Gicduvanining «Makamât-ı Yusuf Hemedani» tercumasi varmis.

Yine Necdet Tosun'nin "Bahaeddin Naksbend: hayati, gorusleri, tarikati" (Istanbul 2002) kitabi var.

Yukarideki ozbekce tercuma 4 elyazma esasinda cevirilmistir.

Necdet Tosun'nin kitaplarini bulsa olur mu?


Aleykum selam;

Doç Dr. Necdet TOSUN dostumuzdur. Kitapları da kütüphanemizde mevcuttur. Kitaplarından bazı alıntılar tasavvuf.info sitesinde Yusuf Hemedani hakkındaki sahifede verilmiştir.

Lakin sizin burada risalelerin Özbekçe neşrini nakletmeniz faydadan uzak değildir. Şundan ki Türkiye'de bazı kişiler tasavvufi konulara İslam adına karşı çıkarlar. Hatta tasavvufun İslam'da olmadığını 17. yüzyılda İmam-ı Rabbani ve oğulları tarafından Hindistan'daki yogilerden alındığını iddia edenler bile vardır.

Bu yüzden İmam-ı Rabbani öncesindeki Türkistan tasavvufunu tarihi belgelerden nakletmek önemli bir delil olarak kabul edilir.

Diğer bir konu Türkiye'de bazı "İslamci" kişiler de Türk tarihinde hükümdarların tasavvuf ehline hürmetini nakletmeye "milliyetcilik" deyip karşı çıkarlar. O yüzden Sultan Sencer'in Anadolu'da Türklerin yerleşmesine vesile olan Selçuklu hükümdarı Alp Arslan ile ilişkisinden habersiz olarak Özbek dilinden yapılan bu tür nakiller "milliyetçi bir kibirlenme" diye suçlanamaz.


En-Netice: Siz elinizde olan kaynaklardan Türkistan tasavvufu hakkındaki nakillerinize devam edin...

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Makamât-ı Yusuf Hemedani -Q-
MesajGönderilme zamanı: 02.01.09, 17:46 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
Bu durumlar Türkiye'de İslam adına ne gibi düşünceler var size de fikir vermektedir herhalde...

Bu da ayrı bir faydadır.

Türkistan tasavvufunun o büyük isimleri -Hemedani; Gücdüvanî; Şah-ı Nakşbend; Ahrar Veli- Türkiye'de bilinse bile (bu kişilerin tarikatlerine müntesib olanların çoğu dahi) bu kişilerin Türkistan'daki faaliyetlerinden haberdar olmak bir tarafa; ne zman nerede yaşadıkalrından da habersizdir.


Bu yüzden bu pirlerimizin türbelerini ve eserlerini şu forumdan göstermekle büyük bir hizmet yerine getiriliyor....

Allah razı olsun ; aziz pirlerimizin himmeti de sizle beraber...

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 21 mesaj ]  Sayfaya git Önceki  1, 2, 3  Sonraki

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 1 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
cron
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye