Alıntı:
21
Ul mohliqolarki, asil yurti Chigil*,
Tuproqmi asosi yoki nur, so‘yla-chi, gil?
Ko‘nglingni olib qo‘lga, qilar qasd jonga,
Voh, bu ne baloki, etdi holimni chigil.
________
* Chigil — qadimgi turkiy qabilalardan birining nomi. Chigil qizlari o‘z go‘zalliklari bilan mashhur bo‘lganlar.
22
Sunbul sochidan men begumon qo‘rqarman,
Xatgi xushu fe’li beomon — qo‘rqarman.
Xalq qo‘rqsa yomon ko‘zdan agar, men sho‘rlik
Yaxshi ko‘zidan yorning yomon qo‘rqarman.
23
Har sabzaki, suvning bo‘yidan joy olmish,
Ul tal’ati hur aksini yodga solmish.
Xorlik bila lolalar uza qo‘yma qadam,
Ul lola sanam vujudidan timsolmish.
24
Bandashta faqirlikni shior etmishsan,
Qam yorsizu mahramsizu zor etmishsan,
Bas, qaysi ibodatim uchun men birlan
Do‘stlik va yaqinlik ixtiyor etmishsan.
25
Sensan ikki olamni yaratgan Birubor,
Ko‘yingda o‘lib bandalaring xoku g‘ubor.
Sendan ulashish rizqini har jonzotning,
Sendan yaratish — xohi mo‘g‘ul, xohi totor...
26
Yor ishqini kim ko‘ksi aro jo qildi,
Har ikki jahon mulkini paydo qildi.
Kim vaslidan ogohlik topsa bir dam,
Gar o‘lsa-da, xun haqqini ado qildi...
21
O mehlikalar ki, asıl yurdu Çiğil*,
Toprak mı esası yahut nur mu, söyleyiver toprak
Gönlünü alıp ele, kılar kasd cana,
Vah, bu ne bela ki, etti halimi karışık...
________
* Çiğil — Kadimki Türkî kabilelerden birinin namı. Çiğil kızları öz güzellikleri ile meşhur olmuşlar.