Sufiforum.com

2009'da başlayan SUFİFORUM'da İslam; İslam Tasavvuf Geleneği ile ilgili her türlü güncel ya da 'eskimez' konular yer almaktadır. İçerik yenilemeleri tasavvuf.name sitesinden sürdürülmektedir. ALLAH YÂR OLSUN.

Giriş |  Kayıt




Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 4 mesaj ] 
Yazar Mesaj
 Mesaj Başlığı: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Muhammed Baba-yi Semmasî -Q-
MesajGönderilme zamanı: 15.01.09, 06:53 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
MUHAMMED BABA SEMMASÎ
(Allah sirrini muqaddas qilsin)

Tug‘ilishi: Buhara (Semmas),
Vafoti: Buxoro (Sammos), h. 736/m. 1335-36


Shamoili: bug‘doyrang, nuroniy, nazari ta’sirli, qat’iy fikrli, jo‘shqin hissiyotli edi. Otasi Sayyid Abdullohning tavsiyasi bilan Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviyga murid bo‘ladi, Anjir Fag‘naviy esa uni Xoja Ali Romitaniyga havola qiladi. Xoja Azizonga murid bo‘lgan Muhammad Bobo Sammosiy bir umr ustozining xizmatida bo‘lgan. Hatto piri Buxorodan Xorazmga hijrat qilganlarida birga ketganlar. Atrofdagilarga va o‘zlariga ko‘p foyda yetkarganlar. Muridlar orasida nomdor xalifa bo‘lganlar. Bog‘-rog‘lariga o‘zi qarardi. Juda sergak edi. Ba’zan xizmatlari asnosida hol g‘alaba qilar, qo‘lidan ish asboblari tushib ketardi. Ko‘pincha muridlarini o‘zi tanlardi.

Bir kuni Amir Kulol hazratlari maydonda kurash tushayotganida Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari u yerdan o‘tib qoladi va ilohiy nazar ila uni ma’naviy maydoniga chorlaydi. Shu ondan Amir Kulol kurashni tashlab, uning xizmatiga kiradi. Keyinchalik Bahouddin Naqshbandni yetishtiradigan darajadagi bir valiy zot bo‘ladi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Muhammad Boboyi Sammasi -Q-
MesajGönderilme zamanı: 15.01.09, 06:54 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari bir guruh muridlari bilan birgalikda Bahouddin Naqshband hazratlari tug‘iladigan manzil yonidan o‘tayotganda: «Bu tuproqdan tariqatda peshqadam bo‘ladigan va xizmat qiladigan orif bir erning bo‘yi (isi) kelmoqda» — deydilar. Bir kun yana u yerdan o‘tib ketayotganlarida: «Sizga oldingi safar bu yerdan o‘tayotib, xabar berganim irfon sohibining bo‘yi ortibdi. U orif zot tug‘ilgan bo‘lsa kerak» — deydilar. Buni qarangki, uch kun avval tug‘ilgan Bahouddinni yo‘rgakda hazrat huzuriga duolarini olish uchun keltiradilar. Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari Sayyid Amir Kulolga Bahouddinni ko‘rsatib: «Bu bizga mansubdir. Uni ma’naviy farzandlikka qabul qildik. Bir necha oylar oldin bo‘yini olganimiz bu zot kelajakda tariqatimizning peshvosi bo‘ladi. Bu Qasri (Ko‘shki) Hinduvon maskani bundan keyin Qasri Orifon, ya’ni Oriflar qasri bo‘ladi. Ey Amir Kulol! Bu yo‘rgak ichidagi o‘g‘lim Bahouddinni senga topshiraman. Uning zohiriy va botiniy tarbiyasi bilan sen shug‘ullanasan. Aslo bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ymagaysan! Sustkashlik qilsang seni kechirmayman», — deya qattiq tayinlaydilar.

Hazratning eng katta xalifasi bo‘lgan Sayyid Amir Kulol: «Hazratim, inshaalloh, amringizni bajarish uchun qo‘limdan kelgancha sa’yu harakat qilaman, — deb so‘z beradi va kelajakda va’dasini bajaradi.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Muhammad Boboyi Sammasi -Q-
MesajGönderilme zamanı: 15.01.09, 06:54 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Moderator
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 18.12.08, 22:21
Mesajlar: 105
Konum: Marğilan, Özbekistan
Muhammad Bahouddin aytadi: «Uylanish vaqti yetkanda, buvam meni Xoja Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari huzuriga yubordi. Huzuriga borishdan bir kun oldin kechasi qalbimda niyoz va tazarru paydo bo‘lib, Xoja hazratlarining jome’siga bordim. Ikki rak’at namoz o‘qigandan keyin: «Ey Rabbim, menga balolaringga sabr qilishga quvvat ber. Sening muhabbating tufayli ro‘para bo‘ladigan mashaqqatlarga, mehnatlarga sabru toqat ber», — deb duo qildim. Ertalab hazratning huzuriga chiqqanda, daf’atan: «Ey o‘g‘lim, duo qilganda: «Ey Rabbim, nimagaki sening rizoliging bo‘lsa, bu ojiz bandangga uni ado etishni nasib et», deb duo qilish kerak. Haq taolo hikmatiga ko‘ra agar do‘stiga balo yuborsa, unga sabru toqat quvvatini ham ehson qiladi... Aks holda, bandaning o‘zi xohlab, balo istashi gustoxlikdir», — deb meni ogohlantirdilar.

Xoja Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari to‘rtta olim, fozil buyuk xalifa yetishtirganlar: Xoja So‘fiy Suxoriy, Xoja Mahmud Sammosiy (o‘z o‘g‘illari), Mavlono Donishmand Ali, Xoja Sayyid Amir Kulol.

Xoja Bobo Sammosiy hazratlari foydasiz fikr va tuyg‘ulardan qalbni muhofaza qilish lozimligini doim ta’kidlar edilar. «Shamsi Haq» deb sifatlangan bul zoti sharif o‘zlaridan keyin tariqat ijozati — shayxlik qilishni Sayyid Amir Kulol hazratlariga topshirganlar. Sarhalqa silsilani shu zoti sharif davom ettirganlar.

_________________
Resim

İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur.
Hz.Ali r.a.


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
 Mesaj Başlığı: Re: Hacegân-Nakşbendi Şeyhleri / Muhammad Boboyi Sammasi -Q-
MesajGönderilme zamanı: 15.01.09, 12:04 #mesajın linki (?)
Çevrimdışı
Kullanıcı avatarı

Kayıt: 21.12.08, 12:25
Mesajlar: 641
AbdulAziz yazdı:
Muhammad Bahouddin aytadi: "...Ertalab hazratning huzuriga chiqqanda, daf’atan: «Ey o‘g‘lim, duo qilganda: «Ey Rabbim, nimagaki sening rizoliging bo‘lsa, bu ojiz bandangga uni ado etishni nasib et», deb duo qilish kerak. Haq taolo hikmatiga ko‘ra agar do‘stiga balo yuborsa, unga sabru toqat quvvatini ham ehson qiladi... Aks holda, bandaning o‘zi xohlab, balo istashi gustoxlikdir», — deb meni ogohlantirdilar.



Muhammed Bahauddin diyor: "... Sabahleyin hazretin huzuruna çıkınca, def’aten: «Ey oğlum, dua eyleyince: «Ey Rabbim, ne ki senin rızalığın olsa, bu aciz bendene onu eda etmeyi nasib et», deyip dua kılış gerek. Hakk teala hikmetine göre eğer dostuna bela yollarsa, ona sabır ve takat kuvvetini de ihsan eder... Aksi halde, bendenin özü arzulayıp, bela isteyişi küstahlıkdır», — diye beni âgâhlandırdılar.

_________________
"Bismillah dep beyan eyley hikmet aytıp
Taliblerge dürr ü gevher saçdım mena..."


Hazret-i Pîr-i Türkistan Hoca Ahmed Yesevî [ Qaddesallahu Teala Sırrahul-Azîz ]


Başa Dön
 Profil Özel mesaj gönder  
 
Eskiden itibaren mesajları göster:  Sırala  
Yeni başlık gönder Başlığa cevap ver  [ 4 mesaj ] 

Tüm zamanlar UTC + 2 saat


Kimler çevrimiçi

Bu forumu gezen kullanıcılar: Hiç bir kayıtlı kullanıcı yok ve 1 misafir


Bu foruma yeni başlıklar gönderemezsiniz
Bu forumdaki başlıklara cevap veremezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı düzenleyemezsiniz
Bu forumdaki mesajlarınızı silemezsiniz

Geçiş yap:  
cron
   Powered by phpBB © 2000, 2002, 2005, 2007 phpBB Group

Türkçe çeviri: phpBB Türkiye